Йилларда франция


 yildagi Berlin inqirozi va Germaniyaning parchalanishi



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/82
Sana30.08.2021
Hajmi2,42 Mb.
#160089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
eng yangi tarix

 
1948 yildagi Berlin inqirozi va Germaniyaning parchalanishi. 
 
1947  yilning  boshidayoq  Germaniyaning  taraqqiyot  yo‘llari  to‘g‘risidagi  ittifoqchilar 
o‘rtasidagi siyosiy muzokora boshiberk ko‘chaga kirib qolgani yaqqol bo‘lib qolgan edi. TIVKning 
Moskvadagi 1947 yil mart-aprelida bo‘lib o‘tgan sessiyasida Sovet delegatsiyasi tayyor mahsulotni 
reparatsiya  (tovon)  hisobiga  undirishni  yana  talab  qila  boshladi.  Uning  raqiblari  tovon-undirishni 
bas  qilish  va  nemislarga  iqtisodiy  tizimni  tiklashga  imkon  berishni  talab  qilishdi.  bahs-munozara 
biror aniq natijaga olib kelmadi. Barcha Germaniya yerlari vakillarining tiklash chora-tadbirlarining 
yagona  strategiyasini  ishlab  chiqishga  qaratilgan  yig‘ilishini  o‘tkazishga  bo‘lgan  urinishlar  ham 
zoye  ketdi.  TIVKning  navbatdagi  1947  yil  dekabrida  Londonda  bo‘lib  o‘tgan  sessiyasi  ham 
mutlaqo  natijasi  bo‘ldi.  Unda  hattoki  keyingi  sessiyani  qachon  va  qayerda  o‘tkazish  kelishib 
olinmadi.  
 
Germaniya  masalasining  keskinlashishi  SSSRning  tovon  undirishiga  qattiq  turib  olishidan 
tashqari AQShning tashqi siyosati o‘zgarishi bilan ham bog‘liq edi. “Trumen doktrinasi”ning qabul 
qilinishi  va  ikkala  “buyuk  davlatlar”  o‘rtasida  ochiqchasiga  qarama-qarshilik  boshlanishi  eng 


 
29 
avvalo  yevropa  mamlakatlari  taqdiriga  ta’sir  ko‘rsatdi.  AQSH  Yevropaga  harbiy  blok  strategiyasi 
nuqtai  nazaridan  qaray  boshladi.  Bu  yo‘nalishdagi  ilk  qadam  “Yevropaning  tiklanishi  va 
rivojlanishi”  (Marshall  rejasi)  dasturining  ishlab  chiqilishi  bo‘ldi.  1947  yilning  iyunida  qabul 
qilingan  va  1947  yil  iyulida  Parij  konferensiyasida  ko‘rilgan  bu  xujjat  1948  yil  aprelda  AQShda 
qonun  kuchga  kirdi.  avvaliga  na  Germaniya  (butunlay),  na  uning  g‘arbiy  mintaqalari  iqtisodiy 
yordam dasturi qatnashishchi sifatida qaralmadi. Vaziyat 1948 yilda o‘zgardi.  
 
1948  yil  yanvarida  Bizoniya  vazirlar  majlisida  bu  yerlarda  iqtisodiy  islohotni  tayyorlash 
bo‘yicha  bir  qator  chora-tadbirlarni  amalga  oshirish  to‘g‘risida  qaror  qabul  qilindi.  Oliy  sud  va 
Markaziy  Bank  tashkil  qilindi.  Iqtisodiy  kengash  va  direktoratga  birlashtirilgan  markaziy 
boshqarmalarning  vazifalari  kengaytirildi.  Fransiya  hukumati  bilan  kelishuvga  erishildi.  Tovon 
to‘lovlar evaziga Fransiyaga Saar viloyatining garovga berilishidan so‘ng Fransiya o‘z okkupatsion 
zonasining  AQSH  va  Angliya  okkupatsion  zonasiga  qo‘shib  olinishiga  rozi  bo‘ldi.  1948  yil 
fevralida Trizoniya tashkil etildi. Saar viloyati ega 1955 yildagi referendum natijalariga ko‘ra 1957 
yilda GFR tarkibiga kiritilishiga qadar Fransiya ixtiyorida qoldi.  
 
1948  yilning  fevral-iyun  oylarida  Germaniya  masalasi  bo‘yicha  London  konferensiyasi 
bo‘lib  o‘tdiki,  unda  ilk  bor  sovet  delegatsiyasi  ishtirok  etmadi,  ammo  Belgiya,  Gollandiya  va 
Lyuksemburg  vakillari  qatnashgan  edilar.  Konferensiya  yangi  Germaniya  davlatining 
konstitutsiyasini  ishlab  chiqish  uchun  ta’sis  yig‘ilishini  chaqirishga  qaror  qildi.  O‘sha  davrda 
AQSH  ma’muriyati  Marshall  rejasini  Germaniyaning  g‘arbiy  okkupatsion  zonalariga  joriy  etish 
to‘g‘risida  qaror  qabul  qildi.  Bu  masalaga  oid  shartnomada  ta’kidlanishicha  G‘arbiy  Germaniya 
iqtisodiyotining tiklanishi individual erkinlik, erkin idoralar, “sog‘lom iqtisodiy muhit”, mustahkam 
xorijiy aloqalar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash tamoyillariga asoslangan Yevropa rivojlanish 
rejasining  asosiy  qismi  edi.  Iqtisodiy  islohot  ustidan  AQShning  maxsus  organlarining  nazorat 
qilishi, nemis bozorida bojxona cheklashlarini bekor qilish, monopoliyaga barham berish siyosatini 
davom  ettirish  ta’minlandi.  Marshall  rejasi  amalga  oshirila  boshlaganining  birinchi  yilidayoq 
G‘arbiy  Germaniya  AQShdan  2,422  mlrd  dollar  (bu  ko‘rsatkich  Fransiya  va  Buyuk  Britaniya 
birgalikda olgan mablag‘iga teng bo‘lib, Italiya olgan mablag‘dan qariyb 3,5 baravar ko‘p) mablag‘ 
oldi.  Ammo  Germaniyada  ishlab  chiqarilgan  mahsulotning  bir  qismi  qarz  hisobiga  AQShga 
jo‘natila  boshlaganligi  sababli,  oqibatda  Germaniya  hisobiga  AQSH  yordamida  eng  katta  qismi 
emas balki, 10%i (6,7 mlrd.dollar) to‘g‘ri keldi.  
 
Germaniyada  iqtisodiy  islohotni  amalga  oshirishning  asosiy  muammosi  “qattiq  valyuta”ni 
yaratish,  giperinflyatsiyaning  halokatli  oqibatlarini  bartaraf  etishdan  iborat  bo‘ldi.  Iqtisodiy 
kengashda  1947  yildan  beri  markazlashgan  rejaviy  xo‘jalik  va  monetor  siyosat  tarafdorlari 
o‘rtasidagi qizg‘in bahs-munozaralar davom etmoqda edi. Lyudvig Erxard rahbarligidagi bir guruh 
mutaxassislar  qadrsizlangan  pulning  katta  hajmidan  qutulishga  qaratilgan  moliyaviy  islohot 
loyihasini tayyorladi. Erxardni o‘zining fikricha bunday islohotni amalga oshirish ishlab chiqarishni 
faol rag‘batlantirish va iste’molchilarning eng nochor qatlamini himoya qilish, iste’molchi bozorini 
barqarorlashtirish  va  iste’molchi  va  ishlab  chiqarishni  yo‘naltirishga  qaratilgan  bir  qator 
qo‘shimcha  chora-tadbirlar  bilan  birga  yo‘lga  qo‘yilishi  kerak  edi.  Avvaliga  AQShning  ushbu 
islohotni  barcha  1948  yilga  kelib  4  ta  okkupatsiya  zonalarining  hammasida  o‘tkazish  haqiqatdan 
uzoq edi va ko‘zda tutilgan ishlar faqat Trizoniya doirasida tayyorlana boshlandi.  
 
G‘arbiy zonalarda pul islohoti 1948 yil 20 iyunda boshlandi. Almashishning rasmiy nisbati 
10  reyxsmarkaga  1  yangi  nemis  markasi  qilib  belgilandi  (bundan  tashqari  har  bir  fuqaro  1:1  kurs 
bo‘yicha  40  markani  almashtira  olishi  mumkin  edi.  Avvaliga  almashtirilgan  pulning  faqatgina 
5%ini  qo‘lga  olish  mumkin  edi.  Daromadlarning  qonuniyligi  aniqlangach  soliq  hukumati 
tomonidan  yana  20%,  keyinchalik,  10%  berilardi.  qolgan  65%  bekor  qilinardi.  Almashinuv 
kursining  so‘ngi  kvotasiga  ko‘ra  6,5,  nemis  markasiga  100  reyxsmarka  to‘g‘ri  keldi.  Pensiya 
(nafaqa), oylik maosh, ijtimoiy yordamlar 1:1 nisbatda qayta hisoblandi. Davlatning barcha oldingi 
qarzlari  bekor  qilindi.  Shunday  qilib,  katta  pul  hajmi  qisqartirildi.  “Ishonchli  pullar”ning  paydo 
bo‘lishi “qora bozor”ga barham berdi va barter ayirboshlashlar tizimini izdan chiqardi.  
 
Islohot  boshlanishidan  ikki  kun  o‘tgach  markazlashgan  rejalashtirishni  bekor  qiluvchi  va 
narxlarni  erkinlashtiruvchi  qonun  xujjatlari  kuchga  kiritildi.  Ammo  shu  bilan  bir  vaqtda  transport 
va  pochta  xizmati,  asosiy  oziq-ovqat  mahsulotlari,  uy-joy  narxlari  ustidan  cheklovchi  nazorat 
saqlab  qolindi.  Haqiqiy  ishlab  chiqarish  IZDERJKAsi  va  “haqqoniy  daromad”ni  hisobga  oluvchi 


 
30 
“maqbul  narxlar”  ro‘yxatlari  muntazam  nashr  etilardi.  Aholini  eng  zarur  mollar  bilan  arzon 
narxlarda  ta’minlashga qaratilgan  maxsus  “har bir kishi uchun”  dasturi qabul qilingan edi.  Erxard 
monopoliyaning  eng  ashaddiy  shakllariga  yo‘l  qo‘ymaslik  siyosatini  saqlab  qolish,  “davlat 
tadbirkorligi”  (jamiyat  uchun  zarur  bo‘lgan  xizmat  ko‘rsatish  va  ishlab  chiqarishda,  transport, 
energetika,  axborot  infratuzilmasini  rivojlantirishda  davlatning  bevosita  aralashuvi)  tizimini 
rivojlantirishni talab qilishda davom etdi.  
 
Bunday  iqtisodiy  mexanizmni  Erxard  jamiyat  va  shaxs  manfaatlarini  birday  qondiruvchi 
“sotsial bozor xo‘jaligi” deb baholadi.  
 
1948  yildagi  muvaffaqiyatli  iqtisodiy  islohot  Germaniyada  siyosiy  vaziyatning 
keskinlashuvi  bilan  birga  o‘tdi.  G‘arbiy  zonalarda  pullarni  almashtirishga  tayyorgarlik 
ketayotganligi  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarga  qaramasdan  (G‘arb  gubernatorlari  ko‘zda  tutilgan 
islohot  to‘g‘risida  sovet  tomoniga  islohot  amalga  oshirila  boshlashidan  ikki  kun  qolganda  xabar 
berishgandi, ammo operativ  ma’lumotlar butun tayyorgarlik  jarayonini kuzatishga  imkon  berardi) 
GSHM  Sharqiy  Germaniyada  iste’mol  bozorini  izdan  chiqaruvchi  katta  hajmdagi  qiymatini 
yo‘qotgan  eski  markalarining  paydo  bo‘lishini  oldini  olishga  qaratilgan  hech  qanday  chora 
ko‘rmadi. Albatta, 1946 yil 30 iyunda yopilgan zonalararo chegara bunga to‘sqinlik qilishi mumkin 
edi,  ammo  to‘rtta  sektorga  bo‘lingan  Berlin  bundan  mustasno  edi.  24  iyunda  Sovet  qo‘shinlari 
G‘arbiy  Berlinni  qurshab  olib  uni  g‘arbiy  zonalardan  uzib  qo‘yishdi.  Bu  harakat  ko‘proq  siyosiy 
xarakterga  ega  edi.  Shunday  qilib,  G‘arbdan  katta  pul  hajmi  oqib  kelishi  xavfi  bartaraf  qilindi. 
G‘arbiy  Berlinning  muhosara  qilinishi  esa  G‘arb  mamlakatlariga  tazyiq  o‘tkazish  vositasi  edi. 
Ammo harakat kutilganidan teskari natijaga olib keldi.  
 
G‘arbiy  Berlin  aholisini  qutqarish  uchun  AQSH  havo  ko‘prigini  barpo  etdi.  Keyingi  324 
kun  davomida  har  bir  necha  daqiqada  transport  samolyotlari  Tenpelxou  aerodromining  qo‘nish 
polosasiga  qo‘nib  turardi.  Har  kuni  shaharga  13000  tonna  oziq-ovqat  kelib  turardiki,  bu  oldingi 
oylardagi  mahsulotlarga  nisbatan  3  marta  ko‘p  edi.  Javob  chorasi  sifatida  G‘arb  tomoni  sovet 
zonasiga  mahsulot  kiritishga  nisbatan  embargo  joriy  qilishdi.  Keskin  muzokoralardan  so‘ng  1948 
yil  30  avgustda  Berlinda  g‘arbiy  markani  bekor  qilish  to‘g‘risida  ikki  tomonlama  kelishuvga 
kelindi.  Ammo uni  amalga oshirish texnik sabablarga ko‘ra  uzoq cho‘zildi  va G‘arbiy Germaniya 
davlatchiligi rasmiylasha borgani sayin amri mahol bo‘lib qoldi.  
 
Berlin  muammosi  eng  qizg‘in  pallaga  kirganda  1948  yil  15-22  iyulda  Ryudesxaymda 
G‘arbiy  yerlarning  vazir-prezidentlari  yig‘ilishi  bo‘lib,  unda  Berlin  ober-burgomistri  Ernst-Reyter 
tezda  G‘arbiy  Germaniya  davlati  -  “yadro”ni  tuzib  unga  G‘arbiy  Berlinni  qo‘shishga  da’vat  etdi. 
Yig‘ilish  qatnashchilari  1948  yil  1  sentabrda  ta’sis  majlisini  chaqirish  to‘g‘risidagi  qarorni 
tasdiqlashdi.  Ammo  keyinchalik,  ayirmachilik  to‘g‘risidagi  bahs-munozaralardan  qutulish  uchun 
“ta’sis  majlisi”  va  “konstitutsiya”  atamalari  olib  tashlandi.  Yer  landtaglari  vakillari  tarkibidan 
parlament  kengashi  tuzildiki  u  Germaniya  birlashishiga  qadar  vaqtincha  konstitutsiya  vazifasini 
bajaruvchi Asosiy qonunni ishlab chiqish vakolatiga ega bo‘ldi.  
 
1949 yil aprelda Parlament kengashiga uchta hukmron davlat tomonidan ishlab chiqilgan va 
AQSH,  Buyuk  Britaniya,  Fransiyaning  G‘arbiy  Germaniya  tashqi  siyosati,  tashqi  savdosi  va 
xorijdagi  mablag‘lari  ustidan  nazorat  qilishini  va  ularning  konstitutsiyaviy  nazoratini 
mustahkamlovchi “Okkupatsion statut” topshirildi. 1949 yil 8 mayda parlament kengashi 12 mayda 
harbiy  gubernatorlar  tomonidan  ma’qullangan  (tasodifan  o‘sha  kunda  Berlin  “muhosarasi”  va 
g‘arbiy  “kontrmuhosara”ni  to‘xtatish  to‘g‘risidagi  ittifoqchilar  shartnomasi  kuchga  kirgandi) 
Germaniya Federativ Respublikasining  asosiy qonunini  va  bu kun GFR  tashkil etilgan kun  bo‘ldi. 
20 iyunda Germaniyada harbiy gubernatorlar institutining Bosh komissarlar institutiga aylantirilishi 
g‘arbiy Germaniyani cheklangan suverenitet bilan ta’minladi.  
 
Bir  vaqtda  Sharqiy  Germaniya  davlatchiligi  ham  shakllana  bordi.  1947  yildayoq  sovet 
zonasida Nemis Xalq Kongressi (NXK) faoliyat ko‘rsata boshlagan edi. Uning 1947 yil dekabrida 
bo‘lib  o‘tgan  birinchi  sessiyasi  davomida  yagona  Germaniya  uchun  keng  ommaviy  harakatni 
shakllantirish  masalasi  qo‘yilgan  edi.  1948  yildagi  ikkinchi  NXK  barcha  nemis  yerlarida 
Germaniyaning  yagonaligi  to‘g‘risidagi  referendum  o‘tkazish  tashabbusi  bilan  chiqdi.  Ammo  bir 
vaqtda  Nemis  Xalq  Kengashi  ham  tashkil  qilindiki  u  sharqiy  Germaniya  davlati  konstitutsiyasi 
loyihasini  tuzish  vakolatiga  ega  bo‘ldi.  Bu  loyiha  GYASP  vakillari  tomonidan  ishlab  chiqildi  va 
1949  yil  19  martdagi  NXK  yig‘ilishida  qabul  qilindi.  1949  yilning  29-30  mayida  bo‘lib  o‘tgan 


 
31 
uchinchi  NXK  Germaniya  Demokratik  Respublikasi  konstitutsiyasini  tasdiqladi  va  demokratik 
Germaniya partiyalararo milliy frontini  yetakchi siyosiy kuch deb e’lon qildi. 1949 yil 7 oktabrida 
muvaqqat  xalq  palatasi  tashkil  qilindi  va  bu  kun  GDR  tashkil  etilgan  kun  bo‘ldi.  Germaniyaning 
parchalanishi yakunlandi. 1949 yil may-iyunida Parijda bo‘lib o‘tgan TIVK bu jarayonga to‘sqinlik 
qilmadi. Germaniya muammosi urushdan keyingi davr tarixidagi eng murakkab masalalardan biriga 
aylandi.  
 
 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish