3. Eron inqilobdan so'ng Oyatullo Xumayniy o'z hokimiyatini mustahkamlash uchun uning rejimiga qarshi
chiqqanlarni qatag'on qilishni uyushtirdi. Natijada 1982—1984- yillar davomida 70 mingdan ortiq
kishi o'idirildi. Iroq jahon jamoatchiligi talabi Eron rahbariyatini o'z ichki siyosatini
yumshatishga majbur etdi. 1989-yilda (Xumayniy vafotidan so'ng) mamlakat prezidentligiga
saylangan Ali Akbar Xoshimiy Rafsanjoniy (1934-yilda tug'ilgan) iqtisodiy islohot o'tkaza
boshladi. Ayni paytda ijtimoiy hayotni liberallashtirish yo'lini tutdi.
Biroq bu yo'l katta qiyinchiliklarga duch keldi. Bu, bir tomondan, 1980— 1988-yillarda
davom etgan Eron — Iroq urushi oqibatida ko'rilgan katta iqtisodiy yo'qotish (350 mlrd dollar
zarar ko'rildi, 700 ming eronlik o'idi) bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan, AQSHning Eronni
xalqaro terrorizm markazlaridan biri deb e'lon qilishi bilan bog'liq edi. AQSH Eron bilan savdo
aloqalarini to'xtatib qo'ydi. Boshqa G'arb davlatlari esa Eronga ilg'or texnologiya kiritishni taqiqlab
qo'yishdi. Aholining ishlab chiqarish sur'atiga nisbatan tez ko'payishi, jahon bozorida neft
narxining pasayishi, ayni paytda, Eronda neft ishlab chiqarishning 2 baravar kamayishi
vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Shunday sharoitda, 1997-yil avgustida Muhammad Xotamiy
mamlakat prezidentligiga saylandi. U shia ruhoniylarining yangi avlodiga mansub edi. U tashqi
siyosatda AQSH va G'arbning boshqa davlatlari bilan munosabatlarni yumshatishga intildi.
Rossiya bilan munosabatlarni yanada rivojlantira boshladi. Rossiya Eronga kimyo sanoatini
rivojlantirishda, atom elektr stansiyasi qurishda hamda armiyani zamonaviy qurollar bilan qayta
qurollantirishda yordam bermoqda. Ayni paytda O'rta Osiyo Respublikalari bilan ham savdo-
iqtisodiy aloqalar rivojlanmoqda. 1996-yilda Mashhad (Eron) — Saraxs (Turkmaniston) ternir
yo'li qurilishini tugallashga muvaffaq bo'lindi. Buning natijasida O'rta Osiyo respublikalari Fors
ko'rfaziga chiqish imkoniga ega bo'ldilar.
Eron rahbariyati Afg'onistondagi voqealarga faol aralashib keldi. Uning bu aralashuvi
Afg'onistondagi muxolifatchi kuchlardan biri — Shimoliy Alyans (Ittifoqi)ni qo'llab-quwatlashdan
iborat bo'ldi. 2001-yilda bo'lib o'tgan prezidentlik saylovida yana Muhammad Xotamiy g'alaba
qozondi.
Eronda jamiyat hayotini liberallashtirish siyosati davom etdi. 2005-yilgi saylovlarda Mahmud
Ahmadiy Najot mamlakat prezidenti lavozimiga keldi.