Йилларда франция



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/82
Sana30.08.2021
Hajmi2,42 Mb.
#160089
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82
Bog'liq
eng yangi tarix

 
4. Tashqi siyosat   
Hindiston tashqi siyosatida muhim muammolardan biri  Pokiston  bilan munosabatlardir.  1947-
yildan  beri  Kashmir  masalasida  ikki  mamlakat  janjal  qilib  keladi.  Deyarli  har  10  yilda  qurolli 
to'qnashuvlar  bo'lib  turadi.  Hindiston  tashqi  siyosatida  tinch-totuv  yashashning  o'zi  tashabbuskor 
bo`lgan  besh  tamoyiliga  (panchachila  —  1955-yilgi  Bandung  konferensiyasida  Osiyo  xalqlari 
o'rtasida xalqaro munosabatlarga asos qilib olingan) amal qiladi. (qarang:  Xitoy  mavzusi). J. Neru 
SEATO va SENTO  bloklarining tuzilishini qoraladi.  U bir qancha mahalliy janjallarni tinchitishda 
o'z hissasini qo'shdi. 
   Sovet davlati Hindistonga 60 dan ortiq  sanoat  korxonalarini qurishda  yordam  berdi. Harbiy 
texnika bilan ta'minladi. 
  Qo'shilmaslik  harakatining  rahbarlaridan  biri  va    «olti  mamlakat  guruhi»  a'zosi  bo'lmish 
Hindiston qurollanish poygasini to'xtatishga, qurolsizlanishga, yadro  urushi xavfini yo'q  qilishga,  
kosmosni  harbiylashtirishga  yo'l qo'ymaslikka,  yangi  xalqaro iqtisodiy tartib o'rnatishga  qaratilgan 
muhim takliflar bilan bir necha bor xalqaro maydonga chiqdi. 
   Hindiston  Hind  okeanini  tinchlik  zonasiga  aylantirish  yo'lidagi  kurashga  salmoqli  hissa 
qo'shdi.  AQSHning    Diyego-Garsiya  harbiy  oroliga  bazasini  joylashtirishiga  qarshi  chiqdi.  Yangi  
mustamlakachilikka,  irqiy  kamsitish  va  aparteidga  qarshi  faol  kurashib  keldi.  Hindiston  Janubiy 
Osiyo  mahalliy  hamkorligi  uyushmasi  (SAARK)  faoliyatida  ishtirok  etmoqda.  Shri  Lanka  va 
Janubiy Osiyodagi ahvolni yaxshilashga muhim hissa qo'shmoqda. 
 
 5. Hindiston — O'zbekiston munosabatiari 
O'zbekiston  bilan  Hindiston  o'rtasidagi  aloqalar  mustaqillikdan  oldin  ham  ancha  rivojlangan 
edi.  O'zbekiston  mustaqilligidan  keyin  bu  aloqalar  yangi  bosqichga  ko'tarildi.  Ikki  mamlakat 
o'rtasidagi munosabatlarning rivojlanishida  O'zbekiston Prezidenti  Islom Karimovning mustaqillik 
arafasidagi    Hindistonga  tashrifi  katta  ahamiyatga  ega  bo'ldi.  Sho'rolar  zamonidagi  mavjud 
tamoyillarni buzib,  Hindiston bilan mustaqil hamkorlikni kengaytirishga birinchi bo'lib  kirishdi. 
   Natijada  Hindiston  bilan  O'zbekiston  o'rtasida  birinchi  marta teng  huquqli  mamlakatlar  kabi 
iqtisodiy,    savdo,  ilmiy-texnikaviy,  madaniyat,  sog'liqni  saqlash,  fan,  texnika,  turizm,  sport  va 
ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to'g'risida bitimlar tuzildi. 
   Hindiston  yordami  bilan    Toshkent,  Buxoro  va  Samarqandda  zamonaviy    mehmonxonalar 
qurildi. Respublikamizga uskunalar va boshqa xil tovarlar xarid qilish uchun 1993-yilda Hindiston 
10 ming dollar mablag' ajratdi. 
   1993-yil  may  oyida  Hindiston  Bosh  vaziri  Narasimxa  Rao  O'zbekistonga  rasmiy  tashrif 
buyurdi.  Oziq-ovqat,  yengil  sanoat,  zargarlik  buyumlari  ishlab  chiqarish,  havo  yoilarini  ochish, 
yangi  zamonaviy  mehmonxonalar  qurish  bilan  shug'ullanuvchi  hind  —  o'zbek  qo'shma 
korxonalarini  ochish  haqida  10  ta  bitim  tuzildi.  Undan  tashqari  hind  firmalari  respublikamizdagi 
sheriklari    bilan  jami  100  min  dollarlik  mahsulot  yetkazib  berish  bo'yicha  15  ta  savdo 
shartnomasiga imzo chekishdi. 
   O'zbekistonda  dori-darmon    ishlab  chiqarishda  hindlar    katta  yordam  ko'rsatmoqda.   Buning 
uchun  Surxondaryoda    maxsus    qo'shma    korxona  tashkil  etildi.  O'zbekiston  FAning  yigirmadan 
ortiq ilmiy-tadqiqot instituti Hindistondagi sheriklari bilan hamkorlik qilmoqda. 
   «O'zbeksanoat»  davlat  assotsiatsiyasi  Hindistonning  «Xabar  grup»  firmasi  bilan  yiliga  4000 
tonna    ip-kalava  ishlab  chiqaradigan    korxona  qurdi.  Hindistonning  «Modi»,  «Rotan»,  «Shri 
eksport» va boshqa firmalari O'zbekistonda katta obro'  qozondi. 
   2005-yil  aprel  oyida  Islom  Karimov  rasmiy  tashrif  bilan  Hindistonda  bo'ldi.  2004-yilda 
Hindiston  bilan  O'zbekiston  o'rtasida  tovar  ayirboshlash  150  min  dollarga  yetdi.  1993-yildan  beri 
800  ga  yaqin  o'zbek  mutaxassislari  axborot  texnologiyalari,  bank  ishi,  kichik  biznes  yo'nalishlari 
bo'yicha  Hindistonda  ta'lim  olishdi.  Ikki  mamlakat  o'rtasidagi  iqtisodiy  va  madaniy  aloqalarni 
rivojlantirish uchun 45 ta shartnoma imzolangan. 


 
209 
   Shunday qilib, Hindiston — hozirgi kunda metall quyish, to'qimachilik, mashinasozlik,  tog'-
kon    ishlari,    neftni  qayta  ishlash,  elektronika,  kimyo  sanoati  tez  rivojlanayotgan    mamlakat.  U 
2004-yilda 12,5 mlrd  dollarlik axborot texnologiyalarini xorijga eksport qildi. 
   Yalpi  ichki  mahsulotning  30  foizi  qishloq  xo'jaligiga  to'g'ri  keladi.    Hindiston  g'alla  bilan 
o'zini  o'zi  to'la  ta'minlaydi.  Sholi  yetishtirishda  dunyoda  ikkinchi  o'rinda  turadi.  Turli  texnik 
ekinlarini katta miqdorda yetishtiradi. Lekin  mamlakat janubida  millionlab odamlar qashshoqlikda 
yashaydi. Eng muhim muammo — inflatsiyaning kuchayishi va tashqi qarzning o'sishidir. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish