Йилларда франция



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/82
Sana30.08.2021
Hajmi2,42 Mb.
#160089
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   82
Bog'liq
eng yangi tarix

 2. Eron nefti uchun kurash 
 Ingliz — eron neft kompaniyasi (IENK) Buyuk Britaniya uchun katta ahamiyatga ega edi. Bu 
kompaniya 1933-yilda tashkil  etilgan.  Kompaniya  daromadining asosiy qismini  Buyuk Britaniya 
olardi.  
   Ikkinchi jahon urushidan so'ng  ham u bu kompaniyani saqlab qolishga zo'r berib urindi. Shu 
maqsadda  Buyuk  Britaniya    1949-yilda  «Qo'shimcha  shartnoma»  deb  ataluvchi  shartnoma  ishlab 
chiqdi.  Unda  kompaniya    daromadidan  Eronga  beriladigan  ajratma    miqdorini  qisman  oshirish 
ko'zda tutilgan edi. Eron xalqi qarshi chiqdi. Eron nefti uchun kurash  
    Buyuk  Britaniya    shu  yoi  bilan  IENKda  o'z  xo'jayinligini    saqlab    qolmoqchi  bo'ldi.  Biroq  
Eron  hukumati  uni  rad  etdi.  1951-yilning    15-    martida  esa  mamlakat  parlamenti  IENKni 
milliylashtirish to'g'risida qaror  qabul qildi. 29-aprelda  bosh  vazir  lavozimiga tayinlangan,  Milliy 
front  (Eronning  chet  davlatlarga  iqtisodiy  va    siyosiy  jihatdan    qaramligiga  qarshi    kurashuvchi  
kuchlar) rahbari M.  Mossodiq bu qarorni bevosita amalga  oshirishga kirishdi. 
    Buyuk  Britaniya  va  AQSH  har  xil  yo'llar  bilan  bunga  to'sqinlik  qildilar.    Ular  bu  masalani 
xalqaro Gaaga sudida  liai  etmoqchi  bo'ldilar. Biroq Eron  hukumati  bu sud  vakolatini tan olmadi. 
Buyuk  Britaniya  endi  BMT  Xavfsizlik    Kengashiga  murojaat  qildi.  Xavfsizlik  Kengashi  Eron 
neftini  xalqaro  kompaniya    ixtiyoriga  berish  to'g'risida  qaror  qabul  qildi.    Biroq  Mossodiq  bu  
qarorni rad etdi. U Eron nefti Eronning milliy boyligi ekanligini, uni milliylashtirish Eronning ichki 
ishi ekanligini ta'kidladi.  
   Bunga javoban Buyuk Britaniya Eronga nisbatan iqtisodiy qamal tashkil  etdi. Eron hukumati 
esa Buyuk Britaniya bilan diplomatik munosabatlarini  uzdi. Shoh boshchiligidagi ichki g'arbparast 
kuchlar Buyuk Britaniya va  AQSH ning qo'llab-quvvatlashiga tayanib, 1953-yilning 19-avgustida 
davlat    to'ntarishi  o'tkazdilar.  Unga  gкnerai  Zohidiy    rahbarlik  qildi.  Shoh  uni    bosh  vazir  etib 
tayinladi.  Barcha  siyosiy  partiyalar,  tashkilotlar,  Mossodiq    siyosatini  qo'llab-quwatlagan  vaqtli 


 
211 
matbuot  nashrlari  tor-mor  etildi.  Shu   tariqa  Eron  shohi  Muhammad  Rizo  Pahlaviy  o'z  mavqeyini 
mustahkamlab  oldi. 
    Yangi    hukumat    1954-yilda  Xalqaro  neft  konsorsiumi  bilan  shartnoma    imzoladi.    (Unda 
AQSH va Buyuk Britaniya neft kompaniyalari  yetakchi  mavqega  ega  edi.)  Shartnomaga  ko'ra, 
Eron nefti 25 yil muddat bilan  (1979-yilgacha)  shu konsorsium ixtiyoriga berildi. Konsorsiumning  
neft    qazib  chiqarishi  yildan  yilga    o'sib  bordi.    Xususan,  1950-yilda  u  32    ming    tonnani  tashkil 
etgan boisa,  1961 -yilga kelganda  bu  ko'rsatkich 57  ming  tonnani tashkil etdi. 
    Ayni  paytda,  Eron  ham  neft  eksportidan  katta  daromad  topa  boshladi.    70-yillar  o'rtalariga 
kelganda    bu  daromad  20  mlrd  dollardan    oshdi.  Eron  1955-yilda  Bag'dod  paktiga  (1959-yildan 
SENTO)  a'zo  boidi.  «Eyzenxauer    doktrinasi»ni  qo`llab-quvvatladi.  1959-yilda  AQSH  bilan 
shartnoma tuzib,  unga deyarli  qaram boiib qoldi. Budjetning 40 foizi harbiy maqsadlarga  ketdi. 
            1955-yildagi  qonun  bilan  Eronda  1000  dan  ortiq  turli  firmalar  ish  ko'rar  edi.  Import 
eksportdan  5  baravar  ortdi.  Eron  mahalliy  sanoati  sindi.  Ko'plab  korxonalar  yopildi.  Eron 
AQSHdan  g'alla  sotib  oldi.  Eron  shohi  mamlakat  taraqqiyotini  jadal  sur'atlarda  tezlatishga,  og'ir 
iqtisodiy  ahvoldan  qutulishga  va  mamlakat    hayotida  g'arbga  munosabatlarni  qaror  toptirishga, 
to'xtovsiz davom etayotgan norozilik toiqinlarini bostirishga harakat qildi.  
Shu  maqsadda,  1963-yilning  23- yanvarida quyidagi  6 qonun  loyihasi yuzasidan  referendum 
o'tkazildi: 1.  Yer islohoti. 2. O'rmonlarni milliylashtirish. 3. Yer islohotini moliyalashtirish uchun 
 davlat  zavod  va  fabrikalarini  sotish.  4.    Ishchilarning  korxona  foydasidan  ulush  olishi.  5.  
Parlamentga  saylov  to'g'risidagi  qonunga o'zgartirish  kiritish. 6.  Savodsizlikka qarshi kurashish 
uchun «maorif 
 korpusi»  tuzish.      Shoh  bu  islohotlar  ahamiyatini  inqilobga  tenglashtirdi  va  uni  «oq  inqilob» 
deb  atadi.    Sanoat    ishlab  chiqarishining  yillik  o'rtacha  o'sish  sur'ati  10—15  foizni  tashkil  etdi.  
Islohot natijasida Eron  agrar davlatdan agrar-industrial davlatga aylandi.  Ayollarga  erkaklar bilan  
teng saylov huquqi berildi. Hayotga Yevropacha tus berila boshladi.  Mamlakat G'arb dunyosining 
bir qismiga aylandi. Biroq islohot xalqning turmush darajasini yaxshilamadi. Chunki Eron jamiyati 
agrar islohotga tayyor emas edi. Buning 
 ustiga, islohot juda tez sur'atlar bilan o'tkazila boshladi. Aholining ongi esa buni o'ziga singdira 
olmadi.  Chunki  iqtisodiy  islohot  dastlab  aholi  turmush  darajasini  pasaytirib  yuborishi  tabiiydir. 
Bundan  tashqari,    islohot  aholining  ma'lum  tabaqasini  haddan  tashqari  boyitib  yubordi.  O'n 
millionlab  odamlar  esa  tobora    kambag'allashdi.  Jamiyatdagi  bu  o'zgarishlar  aholi  ko'z  o'ngida 
islom  an'analaridan,  asrlar  osha  davom  etib  kelayotgan  turmush  tarzidan  voz  kechishdek 
gavdalandi.  Xalq  noroziligi  kuchaydi.  Xalqqa  qarshi  maxfiy  politsiya  (SAVAK)  tashkil  etildi. 
Uning  yerto'lalarida  380  mingdan  ortiq  eronliklar  yo'q    qilindi.  Bu  hodisa  G'arbcha  tamoyillar 
asosida o'tkazilayotgan islohotlarga boshdanoq qarshi bo'lgan ruhoniylarga qoi keldi. 
   Diniy  mutaassiblik  aholi  ongini  chulg'ab  olgan  jamiyatda  ruhoniylarning  mavjud  hukmron 
doiralarga    qarshi  turishi  ular  uchun  juda  katta  xavf  tug'dirar  edi.  Shoh  hukumati  muxolifat 
kuchlarga qarshi repressiyani kuchaytirdi. Bu  hol shohga qarshi kurash harakatini vujudga keltirdi. 
Harakatni  islomning    shia  oqimi    ruhoniylari  boshqardi.  Ularning  rahnamosi  Eronning  oliy  diniy  
arbobi Oyatullo Ruhullo Musovi Xumayniy edi (1898—1989).  U ham shoh  repressiyasiga duchor 
etilgan edi (1964-yil). Inqilob arafasida Parij shahrida yashardi. 
    Eron aholisining juda katta qismi shohga  qarshi kurashga qo'shildi. Armiyaning katta qismi 
shohni  qo'llab-quwatlamay  qo'ydi.  Natijada  1979-yilning  16-yanvarida  shoh  mamlakatdan  chiqib 
ketishga  majbur  bo'ldi.  11-fevral  kuni  esa  umumiy  qurolli  Eron  inqilobi  qo'zg'olon  boshlandi,  
armiya  ham  qo'zg'olonchilar    tomoniga  o'tdi.  Shu    tariqa  Eronda  inqilob  g'alaba  qildi.  Bu  inqilob 
Islom  inqilobi  edi.  15-fevral    kuni  Oyatullo  Xumayniy  Tehronga  qaytib  keldi.  U  «Islom  
inqilobining  rahnamosi» deb e'ion qilindi. Mamlakat ruhoniylari yangi hukumat tuzdilar.     1979-
yilning  1-aprelida  davlatning  rasmiy  nomi  o'zgardi.  Endi,  u  Eron    Islom  Respublikasi  deb 
ataladigan bo'ldi. 
    Ayni  paytda  yangi  konstitutsiya  ham  qabul  qilindi.  Konstitutsiya  Oyatullo    Xumayniyni 
umrbod  mamlakatning  oliy  siyosiy  va  diniy  rahbari  deb  e'lon    qildi.  Hatto    mamlakat  prezidenti  
ham  unga  bo'ysunar  edi.  1979-yilda    Tehronda  AQSH  diplomatlari  garovga  olindi  va  1981-yil 
yanvarida Eron 


 
212 
 — AQSH bitimidan keyin ozod qilindi. 1980-yilda mamlakat prezidenti va  parlamenti (majlis) 
saylandi. Diniy bo'lmagan hamda milliy partiyalar  faoliyati taqiqlandi. 
    Garchand Eron ham ko'p  millatli davlat bo'lsa-da, Oliy rahbariyat barcha   musulmonlarning 
tengligini  ro'kach  qilib,  mamlakatda  milliy  masala  tan    olinmasligini  ta'kidladi.  Shu  tariqa  yangi 
rahbariyat ichki siyosatda jamiyat  va davlat hayotini to'la islomlashtirish siyosatini yurita boshladi.  
    Ichki    muxolifatni    tugatish  maqsadida  Xumayniy    «Islom  madaniy    inqilobi»ni  e'ion  qildi.  
Bu  hol  hukmron  doiralar  o'rtasida  ham  kelishmovchilik  keltirib  chiqardi.    Mamlakatning  birinchi  
Prezidenti  Banisadr  Xumayniy  atrofidagilarning  ekstremistik  harakatlariga  qarshi  chiqdi.    Oxir 
oqibatda u mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo'ldi.  

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish