210
demokratik partiyasi quyidagi talablarni ilgari surdi: yaxlit mamlakat doirasida Eron
Ozarbayjoniga madaniy hayot va mahalliy boshqaruv sohasida muxtoriyat berish; ozarbayjon tilini
muxtoriyat hududida rasmiy til deb tan ohsh; o'z parlamentiga ega bo`lish. Bu talablar shoh
hukumatining boshqa millat vakillariga nisbatan o'tkazayotgan shovinistik siyosati oqibati edi.
1945-yilning oxirida Eron Ozarbayjoni parlamentiga (majlis) saylov o'tkazildi. Parlament 9-
dekabrda Ozarbayjon Muxtor Respublikasi tuzilganligini e'lon qildi. Saylovdan so'ng tuzilgan
hukumat markaziy hokimiyatni tan olishini hamda uning muxtoriyat manfaatlariga zid bo'lmagan
barcha ko'rsatmalarini bajarishini ma'lum qildi. Maktablarda ta'lim ozarbayjon tilida olib borila
boshlandi. Ozarbayjon davlat universiteti ochildi.
1945-yilning oxirida Shimoliy Kurdistonda (Eron Kurdistonida) ham muxtoriyat uchun
kurash boshlandi. Tez orada muxtor Kurd Xalq Respublikasi tuzildi. Bu kurashga Kurdiston
demokratik partiyasi rahbarlik qildi. Biroq bu harakatlar aslida SSSR tomonidan rag'batlantirilgan
va qo'llab-quwatlangan edi. Bu esa o'zga davlatlar ichki ishlariga bevosita aralashish edi. Ayni
paytda SSSR Tude (Eron kommunistik partiyasi)ni qo'llab-quwatladi. Eron hukumati, tabiiyki,
Eron Ozarbayjoni va Shimoliy Kurdistondagi voqealarni separatchilik harakati, deb baholadi.
Buyuk Britaniya hukumati esa SSSRning Eron ichki ishlariga aralashuviga qattiq qarshilik
ko'rsatdi. Chunonchi, Eronga qo'shimcha harbiy kuchlar jo'natdi. SSSR manevr qilishga majbur
bo'ldi. 1946-yil 4-aprelda Eron bilan aralash sovet — eron neft kompaniyasi tuzish haqidagi
shartnoma evaziga o'z qo'shinini Shimoliy Erondan olib chiqib ketishga majbur bo'ldi. 1946-
yilning oxiriga kelib Eron hukumati bu shartnomani bekor qildi va mamlakat shimolini to'la o'z
nazoratiga bo'ysundirdi. Ozarbayjon va Kurd muxtor respublikalarini tugatdi. SSSR bu voqealarga
aralashmadi. Chunki bunday aralashuv Buyuk Britaniya va AQSHning birgalikdagi aks
aralashuviga duch kelishi mumkin edi.
Ayni paytda Eronda ingliz - amerika ta'siri kuchayib bordi. 1947-yilda Eron armiyasida
AQSH mutaxassislarining rahbarlik lavozimini egallashlari mumkinligini ham ko'zda tutuvchi
Erondagi Amerika harbiy missiyasining faoliyati haqida eron — amerika shartnomasining
imzolanishi Eronda AQSH mavqeyini yanada mustahkamladi. 1950-yilda bu masala yangi
shartnoma bilan mustahkamlandi. Ayni paytda ingliz — amerika qarama-qarshiligi kuchaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: