Йилларда франция



Download 2,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/82
Sana30.08.2021
Hajmi2,42 Mb.
#160089
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   82
Bog'liq
eng yangi tarix

 80-yillarda Italiya.  
Italiyaning  80-yillardagi  ijtimoiy-siyosiy  hayotida  siyosiy  jihatdan  barqarorlikning  saqlanib 
qolganligi  bilan  izohlanadi.  Mamlakat  parlamentida  “mustahkam  ko‘pchilik”ning  yo‘qligi, 
parlament  va  hukumatlarni  boshqarishda  koalitsiyalar  amaliyotidan  foydalanishga  sabab  bo‘ldi. 
Parlamentni tarqatib yuborish, yangi tarkibni tuzish bo‘yicha navbatdagi saylovlar 70-yillardagidek 
muddatidan  oldin  o‘tkazilar  edi.  Ko‘pgina  qonunlar  qog‘ozdagina  mavjud  bo‘lib,  ular  bajarilmas 
edi.  Mamlakatda  partiyalarning  imkoniyatlariga  ishonmaslik,  hafsalasi  pir  bo‘lish  holatlari 
kuchaydi.  Giyohvandlar  va  mafiyaning  qurbonlari  soni  yanada  ortdi.  Terrorizm  va  korrupsiya 
Italiya siyosiy hayotining ajralmas aylanib qoldi.  
 
1980  yilda  beshta  siyosiy  partiya:  xristian  demokratlar,  sotsialistlar,  sotsial-demokratlar, 
liberal va respublikachilar vakillaridan iborat koalitsion hukumat tashkil topdi. Xristian demokratlar 
bu  safar  ham  hukumat  boshqaruvini  o‘z  qo‘llarida  saqlab  qoldi.  Shu  bilan  bir  qatorda  XDPning 
ichida  bir-biriga qarama-qarshi  oqimlar  faoliyat ko‘rsatdi. XDPning  yetakchisi I.de Mita  A. Moro 
siyosatiga  qaytishni  taklif  qildi.  Bu  esa  XDPning  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  va  so‘l  tomonga 
og‘ib ketishini anglatar edi. A.Fanfani boshchiligidagi o‘ng qanot vakillari esa bu taklifni qo‘llab-
quvvatlamadi.  
Shu  davrga  kelib,  Italiya  siyosiy  hayotida  uchinchi  o‘rinni  egallab  turgan  Italiya  sotsialistik 
partiyasining boshqaruv tizimida bir qancha o‘zgarishlar yuz berdi. 1976 yilda Bensdetto (Bettino) 
Kraksi  ISPning  siyosiy  kotibi  lavozimini  egalladi.  U  o‘z  oldiga  ISPni  hukumat  tepasiga  olib 
chiqishi  va  mamlakat  tarixida  sotsialistlardan  chiqqan  birinchi  premyer  ministr  bo‘lish  maqsadini 
qo‘ydi.  Kraksi  o‘zining  “Sotsializm  injili”  nomli  risolasida  sotsialistlarning  kommunistlar  bilan 
hamkorlik  qilinishining  plyuralizm  sharoitida  xususiy  sektorning  iqtisodiy  jihatdan  katta 
potensialga ega ekanligi haqidagi tezisni qo‘llab-quvvatladi.  
1983 yilda sotsialistlar hukumat tarkibidan chiqib ketdi. Premyer ministr Fanfani, parlamentdan 
ishonch votumini ololmaganligi sababli, iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi. Italiya prezidenti Pertini 
tomonidan  parlament  tarqatib  yuborildi  va  muddatidan  oldin  parlament  saylovlari  o‘tkazish 
belgilandi.  Saylov  natijalariga  ko‘ra  XDP  5%  ga  yaqin  saylovchilar  ovozidan  mahrum  bo‘lgan 
bo‘lsa,  ISP  esa  o‘z  mavqeini  yanada  mustahkamlab  oldi.  XDP  Premyer-ministrlik  lavozimini 
boshqa partiya vakillariga bo‘shatib berishga majbur bo‘ldi.  
Besh partiyali  hukumatni Italiya tarixida birinchi  marta sotsialistlar  vakili B.Kraksi egalladi. U 
jamoatchilik  orasida  qat’iy  va  bir  so‘zli  bo‘lib,  1983-1987  yllar  mobaynida  hukumatni  boshqardi. 
Yangi hukumatning strategik dasturi, 1980-1983 yillarda yuz bergan navbatdagi davriy inqirozdan 
neoliberalizmga xos bozor metodlarini neokonservativ tadbirkor doiralarning manfaatlarini himoya 
qilish  uchun  qo‘llashni  ko‘zda  tutgan  edi.  Mamlakat  infrastrukturasining  deyarli  katta  qismini 
tashkil etgan davlat sektorining istiqboli masalasi muhim ahamiyat kasb etdi. Chunon o‘sha vaqtda 
kon  sanoatining  3G‘4  qismi,  shu  jumladan,  cho‘yan  va  po‘lat  ishlab  chiqarish  sanoatning 
elektromexanik  sanoatning  2G‘3  qismi  davlat  sektoriga  tegishli  edi.  Davlat  sektoriga  nisbatan 
yuzaga  kelgan  yangicha  yondashishga  ko‘ra,  davlat  sektorining  ma’lum  bir  qismini  privatizatsiya 
qilish  va  ziyon  keltirayotgan  davlat korxonalarini tugatishdan dolzarb  masalalarni  amalga oshirish 
rejasi  ishlab  chiqildi.  Hukumat  qishloq  xo‘jaligi  va  ishlab  chiqarish  sanoatiga  qarashli,  lekin 
nostrategik  hisoblangan  korxonalarni  xususiy  sektorga  berishni  mo‘ljalladi.  Shuning  bilan  bir 
vaqtda  davlat  sektoriga  qarashli  hisoblangan  strategik  jihatdan  tayanch  sohalarda  texnologik 
rekonstruksiyani  amalga  oshirish  va  naukoyemkiye  ishlab  chiqarishni  kengaytirish  va  tirish 
rejalashtirib  qo‘yildi.  Bundan  tashqari,  tashqi  savdo  defitsiti  tufayli  nomuvozanatlashgan  to‘lov 
balansini  barqarorlashtirish  vazifasi  kunning  eng  muhim  masalalaridan  hisoblanar  edi.  Kraksi 
hukumati  ilgari  surgan  siyosatning  asosida,  oddiy-mehnatkash  xalq  yanada  zug‘um  o‘tkazish 
hisobiga  “qat’iy  iqtisodiyot”  siyosatini  amalga  oshirishga  imkoniyat  tug‘ildi.  Buning  uchun  ish 
haqidagi  “o‘zgaruvchan”  (sirg‘ampa  -  )  shkalaning  ta’sir  kuchi  cheklab  qo‘yildi  va  sog‘liqni 
saqlash  ijtimoiy  ta’minot,  ta’lim  sohalaridagi  davlat  xarajatlari  qisqartirildi.  Shu  bilan  bir  qatorda 
Kraksi hukumati katolik cherkovning maktab va oila qonunchiligiga ta’sirini biroz bo‘lsada cheklab 
qo‘ydi,  mafiya  va  terrorizm  bilan  qat’iyroq  kurash  olib  borishga  harakat  qildi:  politsiya  va  sud 
organlarining  vakolatlarini  yanada  kengaytiradigan  (umumiy  yalpi  tintuv  o‘tkazish,  ibtidoiy 
(suddan oldingi) qamoqning muhlatini oshirish va boshqa) favqulodda tadbirlar ishlab chiqildi.  


 
159 
 
80-yillarning  birinchi  kelganda  Italiyada  o‘ng  tomonga  konservativ  burilish  yuz  berdi.  Bu 
siyosiy  jarayon  boshqa  davlatlardagi  bilan  qiyoslaganda  o‘ng  kuchlarning  o‘ta  faolligi  sharoitida 
amalga  oshdi.  Masalan,  1980-1982  yillarda  butun  mamlakat  bo‘ylab  42  mln  kishi  namoyishlarda 
ishtirok  etdi.  Bu  ko‘rsatkich  AQSH,  Buyuk  Britaniya,  Fransiya,  GFR  va  Yaponiya  davlatlardagi 
bilan birga qo‘shib hisoblaganda ham  ikki barobar ko‘p edi. AQSH qanotli raketalarining Sitsiliya 
hududiga  joylashtirilishi  tufayli  mamlakat  ichkarisida  urushga  qarshi  bo‘lgan  harakatlar  kuchayib 
ketdi.  Atrof-muhitni  himoya  qilishni  muhim  vazifa  deb  hisoblaydigan  “yashillar”  harakati  yuzaga 
keldi.  Sotsialistlar  bilan  xristian  demokratlar  o‘rtasidagi  raqobat  natijasida  hukumat  doimiy 
inqirozlar  girdobi  ostida  qoldi.  Shu  bilan  bir  qatorda  Italiyadagi  konservativ  burilish  boshqa 
davlatlardagiga  nisbatan  xususiylashtirish  salmog‘ining  kichikligi  va  davlat  sektorining  hukmron 
mavqeini saqlab qolganligi bilan ajralib turadi.  
 
80-90  yillar  arafasida  Italiya  iqtisodiy  sohada  rivojlangan  industrial  davlatlardan  biriga 
aylandi  va  kapitalistik  dunyoda  YAIM  (yalpi  ichki  mahsulot)  ko‘rsatkichlariga  ko‘ra  5  o‘rinni 
egalladi. Mashinasozlik (turli xil  stanoklar ishlab  chiqarish bo‘yicha kapitalistik dunyoda 4-o‘rinni 
egallaydi) va avtomobil ishlab chiqarish sanoatlari yuqori texnologiyali FIAT konserni bu sohaning 
yetakchisi bo‘lib qolmoqda. Italiya iqtisodiyotida xorijiy sarmoyalarning mablag‘lari hisobiga 1200 
dan  ortiq  turli  xil  korxonalar  faoliyat  ko‘rsatmoqda.  Shu  bilan  bir  qatorda  Italiya  sarmoya 
kiritiladigan  davlat  bo‘lishi  bilan  bir  vaqtda,  ustga  sarmoya  chiqarish  imkoniyatiga  egadir. 
Kuyidagi  faoliyatlar  bu  sohadagi  eng  yirik  qadamlar  hisoblanadi,  chunonchi,  oligarx  Bermuskot 
tomonidan  Ispaniya  televidiniyasidagi  beshinchi  kanalning  sotib  olinishi;  FIAT  konsernining 
Fransiya  va  Angliyadagi  avtomobil  firmalari  aksiyalariga  bo‘lishi;  “Olivett”ning  elektronika 
sohasida  yetakchilik  qilayotgan  guruhlar  safiga  kirib  borishi  va  boshqa  misol  bo‘la  oladi.  Italiya 
eksportining  asosini  qishloq  xo‘jalik  texnikasi,  ximikatlar,  mebel  va  qurilish  materiallari, 
tikuvchilik mahsulotlari, oyoq kiyimlari, elektrotexnika va tibbiyot apparaturasi, transport vositalari 
va  sanoat  asbob-uskunalari,  mevalar,  vino,  vinochilik  mahsulotlari  tashkil  etadi.  Turizm 
industriyasining  tezkor  o‘sishi  binokorlikning  taraqqiy  etishi  va  oziq-ovqat  sanoatining 
rivojlanishiga  turtki  bo‘lish  bilan  bir  qatorda,  bu  istiqbolli  sohada  aholini  ish  o‘rinlari  bilan 
ta’minlash  imkonini  tug‘dirmoqda.  YAIMda  turizmning  ulushi  va  turizm  sohasidagi  valyuta 
daromadlarining ko‘rsatkichlari  
Ammo,  Italiya  iqtisodiyotida  mavjud  bo‘lgan,  ba’zi  bir  salbiy  holatlar  hozirgi  paytda  ham 
saqlanib qolmoqda. Bu salbiy  holatlarga  mintaqaviy  (shimol-janub) va  tarmoqlararo  dispraporsiya 
(nomutanosiblik), turumsh qiymatlarining yuqori sur’atlar bilan o‘sib  borishi,  ishsizlik, xom ashyo 
va yoqilg‘i quvvatining importi uchun sarflanayotgan xarajatlarning ko‘pligi, yuqori texnologiyalar 
ishlab chiqarishi sohasida yanada ilg‘orroq hisoblangan mamlakatlar oldidagi tobeliklar misol bo‘la 
oladi.  Globallashgan  iqtisodiyot  sharoitida  jahon  texnologiyalarining  darajasi  bevosita  ilmiy-
tadqiqot ishlarining (ITI) holatga bog‘liq bo‘ladi.  80-90 yillarda Italiyada ITINi assignatsiya (biror 
bir maqsad uchun mablag‘ ajratish) qilish qisqartirildi va ITI natijalarining samaradorligini nazorat 
qilish mavjud emas edi. Davlat va xususiy tarmoqlar o‘rtasida ITI va fanning eng yangi yutuqlarini 
ishlab  chiqarishga  joriy  qilish  sohasida  hech  qanday  organik  munosabatlar  o‘rnatilmagan  edi. 
Kichik  va  o‘rta  korxonalarning  ko‘pligi  ilmiy-tadqiqotlarning  orqaga  ketishiga  sabab  bo‘lmoqda. 
Chunki bu korxonalar ITI uchun juda kam  miqdorda mablag‘ sarflashmoqda. Masalan, 1991 yilda 
ITIga  ketgan  xarajatlar  ulushi  YAIMning  bor  yo‘g‘i  1,4  %  ini  tashkil  etdi.  Rejalashtirish 
muammolari  ham  o‘z  aktualligini  yo‘qotgani  yo‘q.  Jahon  bozorlarining  globallashuvi  uzoq 
muddatli  va  yirik  masshtabli rejalarni  ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqarayotgan bir davrda, 
Italiya  parlamentidagi  barqarorlik  tufayli  hukumat  qisqa  muddatli  rejalar  asosida  faoliyat 
ko‘rsatishga majbur bo‘lmoqda.  
 90-yillarda Italiya.  
 90-yillarga  kelganda,  Italiya  ijtimoiy-siyosiy  hayotidagi  beqarorlik  va  qarama-qarshiliklar 
yanada kuchaydi. Keskin siyosiy inqirozlar asosan, mo‘tadil kelishuvlar bilan tugar edi.  
Elektorat  dinamikasi  shunday  dalolat  beradiki,  90-yillarning  boshida  sotsialistlarning  obro‘si 
yanada  oshdi,  bunga  qarama-qarshi  ravishda  esa  kommunistlarning  nufuzi  tushib  ketdi.  Sharqiy 
Yevropada  sotsializmning  inqirozga  yuz  tutishi  sharoitida  IKP  rahbariyati  kompartiyani  ommaviy 
so‘l  kuchlar  partiyasiga  aylantirish  tashabbusi  bilan  chiqdi.  IKPning  1991  yil  boshlarida  bo‘lib 
o‘tgan  XX  syezdida,  uning  saflarida  ixtilof  oqibatida  ajralish  yuz  berdi.  Ko‘pchilik,  partiyaning 


 
160 
Italiyada  demokratiyaning  o‘rnatish  va  himoya  qilishdagi  xizmatlarini  unutishni  o‘ziga  ma’qul 
ko‘rdi. Yaqin o‘tmishda bu partiya uchun saylovchilarning 1G‘4 to 1G‘3 gacha qismi ovoz berishi 
ham esadan chiqarildi.  
Natijada,  kommunistlarning  katta  qismi  (a’zolarining  deyarli  2G‘3)  so‘l  kuchlarning 
Demokratik  partiyasini  (DPL)  tashkil  etishdi.  Yoshlar  kommunistik  harakatining  sobiq  yetakchisi 
va  kompartiyaning  kundalik  gazetasi  hisoblangan  “Unita”ning  redaktori  Massimo  D  Alema  1994 
yildan  beri  DPLning  kotibi  hisoblanadi.  DPL  Yevropadagi  sotsial-demokratik  harakatlarning 
saflariga  singib  (qo‘shilib)  ketdi.  Sobiq  IKPning  kichikroq  qismi  (o‘zlarining  stalinchilar  deb 
hisoblagan  partiyaning  a’zolari)  esa  Kommunistik  uyg‘otish  partiyasini  tashkil  etdi.  Yangi 
Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish