Buyuk Britaniya 60-70 yillarning ikkinchi yarmidagi xalqaro
munosabatlar tizimida.
Iqtisodiy rivojlanishning yomonlashib borish sharoitida Buyuk Britaniyaning Yevropa
integratsiyasida qatnashuvi uning tashqi siyosatidagi asosiy yo‘nalish bo‘lib qoldi. G.Vilson bu
muammoni 1965 yil yanvar oyida Londonda U.Cherchillning dafn marosimida qatnashayotgan
Fransiya prezidenti de Goll bilan norasmiy uchrashuvi vaqtida muhokama qildi. Ammo
parlamentning yakdillik bilan bu masalaga munosabat bildirishga erishish juda qiyin edi. Faqatgina,
1967 yil 2 mayida YEIHga qabul qilinish to‘g‘risidagi rasmiy ariza berish masalasini hukumat
umum palatasi muhokamasiga qo‘ydi va xujjatning to‘la qo‘llab-quvvatlanishiga erishdi
(qo‘llaganlar-488 ovoz, qarshilar 62 ta)
Fransiya rahbari bu gal ham Bkyu Britaniyaning “umumiy bozor“ga qo‘shilishiga qarshi
chiqdi. Ammo ilgarigi “temir veto”dan farlqi o‘laroq de Goll bu muammoning barcha iqtisodiy
jihatlarni muhokama qilish uchun kechiktirish kerakligini bayon qildi. Buyuk Britaniyaning
Yevropa “oltiligi” bilan to‘la mosligini ta’minlash uchun, uning fikricha, London Hamdo‘stlik
mamlakatlari bilan imtiyozli iqtisodiy munosabatlardan voz kechishi va jahon moliyaviy bozoridagi
siyosatga mos holda yagona qishloq xo‘jaligi siyosatini tartibga solishi kerak edi. Fransiyaning
“barqut vetosi” leyboristlar hukumatining Yevropaga bog‘liq bo‘lgan rejalarini o‘zgartirmadi. 1968
yilda Fransiya va Gfrning YEIHga a’zo bo‘lish talablarini qo‘shimcha tarzda kiritgan takliflarini
rad etib, ular Yevropa mamlakatlari poytaxtlariga reja asosidagi diplomatik hujumlar uyushtirdi.
Italiya rahbariyati hamda Beshlyuks davlatlari hukumatlari tomonidan bu qadamlar qo‘llab-
quvvatlana bordi. De Goll hokimiyat teppasidan ketganidan so‘ng, g‘alaba bo‘lgan ishonch yana
oshdi. Fransiyaning yangi prezident J.Pompidu va uning hukumati integratsion jarayonlarning
faollashuvi, jumladan “Yagona Yevropa”ning kengayishi tarafdori edi. 1969 yilning oxiridan
boshlab Buyuk Britaniyaning YEIHga a’zo bo‘lishi shartlari haqida muzokoralar boshlandi.
E.Xit juda uzoq davom etgan “Yevropa uchun kurash” jarayonining iloji boricha tezroq
nihyasiga yetkazishga ishtiyoqmand edi. Buyuk Britaniyaning Yevropa Hamjamiyati tizimiga
qo‘shilishi haqidagi siyosiy qarorga 1971 yil may oyida E.Xitning Pompidu bilan uchrashuvi
chog‘ida qabul qilingan. Fransiya va Britaniya diplomatiyasi federalistik loyihalarga emas, balki
Gollchilarning “Vatanlar Yevropasi” g‘oyasiga nisbatan moyillik bildirdilar. Keyingi
muzokoralarda Buyuk Britaniyaning “Umumiy bozor”ga kirishi shakli ham aniq belgilandi. Besh
yillikka mo‘ljallangan “moslashish davri”ni o‘tkazish ko‘zda tutilayotgan edi. Buyuk Britaniya va
125
YEIH o‘rtasida savdo-sotiqqa oid bojlarning miqdori asta-sekin yiliga 20% dan qisqara boshladi.
Shu davr mobaynida Buyuk Britaniya Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan imtiyozi savdoni bosqichma-
bosqich qisqartirib borishi kerak edi. Buyuk Britaniyaning “Umumiy bozor”ga qo‘shilishi shakli
masalasidagi asosiy muammo valyuta-moliya sohasiga tegishli edi. 1970-1974 yillarda YEIHning
o‘zida budjetni isloh qilish muhokamasi bo‘layotgan edi. Yangi qoidalarga ko‘ra, budjetini
moliyalash uchun Buyuk Britaniya va Hamjamiyatining boshqa davlatlari Hamjamiyatlari fondiga
uchinchi dunyo mamlakatlari (jumladan, Hamdo‘stlik mamlakatlari)dan keltirilgan qishloq xo‘jaligi
importiga soliqlar, uchinchi dunyo mamlakatlaridan importning barcha bojxona to‘lovlari, hamda
ustama narx uchun olinadigan soliqning bir qismini o‘tkazishlari kerak edi. Buyuk Britaniyaning
Hamjamiyatiga bosqichma-bosqich kirib borishi hisobga olingan holda uning umumiy budjetga
to‘lovlari 1973 yilda 100 million funt sterlingdan, 1980 yilda 300 million funt sterlinggacha
ko‘tarilishi kerak edi. Shunday qilib, Buyuk Britaniya “Umumiy bozor”ga kirayotganida
Hamjamiyat budjetining 8%ini, 1977 yilda deyarli 19%, 1980 yilga kelib esa 24%dan ko‘prog‘ini
to‘lashi kerak edi.
qabul qilish shartlari to‘g‘risidagi muzokoralarning natijalari Briatniya parlamentdagi
Yevropeistlik kayfiyatini biroz tinchlantirdi. Ikkala partiyada ham “yevro skeptik”lar va
“yevroromantik”lar guruhlari tuzildi. Keskin bahs-munozaralardan so‘ng, 1971 yil 28 oktabrida
umum palatasi ko‘pchilik 356 ta ovoz (244 ta qarshi va 22 ta ovoz berishmagan) bilan integratsion
loyihani qo‘llab-quvvatladi. 1972 yil 22 yanvarda Bryusselda Buyuk Britaniyaning 1973 yil 1
yanvardan boshlab Yevropa Hamjamiyati tarkibiga kirishi to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Bu
qarorga qarshi bo‘lganlar mamlakatda referendum o‘tkazishni talab qilishsa, Xit va Vilsonlar bu
shartnomani parlamentda tasdiqlanishi tarafdorlari edi.
Buyuk Britaniyaning Yevropa Hamjamiyati tizimlariga qo‘shilishining huquqiy jihatlari
o‘ziga xos bo‘ldi. Yevropa huquqi uchun ikkita asosiy tamoyillarining birligi xarakterli edi:
Hamjamiyat hududining milliy huquqlarga nisbatan ustunligi va Yevropa hududining a’zo
mamlakatlar hududida to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishi. Buyuk Britaniya uchun ushbu huquqiy
doktrina, undagi o‘ziga xos konstitutsion tamoyil birligi sababli to‘g‘ri kelmas edi. Bu tamoyilga
ko‘ra (“parlament ustunligi”) parlament huquqiy xujjatlarining har qanday tashqi manbalar,
jumladan xalqaro shartnomalardan ham ustunligi e’tirof etilardi. Shu sababli Buyuk Britaniyada
implementatsiya, ya’ni xalqaro shartnomalarning Milliy huquq normalariga bo‘ysundirilishi
shakllangan.
Xalqaro shartnomani mamlakat hududida amalga tatbiq etish uchun Britaniya parlamenti
implementatsiya tartibida xalqaro shartnoma matnini saqlab qoluvchi yoki uni ingliz huquqi asosida
qayta yozilishi asosida qonuni chiqaradi. Bu xalqaro huquq normalarining boshqa mamlakatlardan
ratifikatsiyasi (kuchga kirishi)dan tubdan farq qiladi va shartnomaning oliy boshqaruv organlari
tomonidan tasdiqlanishidan iborat. Buyuk Britaniyada ushbu amaliyot natijasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri
faqat milliy huquq amal qiladi, ingliz huquqlari esa milliy huquqqa, ichki davlat va xalqaro, zarur
bo‘lgandagina amal qiluvchi huquq sifatida ko‘rsatishadi.
Britaniyaning hukumat ekspertlari va xalqaro komissiyalarining sa’i-harakatlaridan so‘ng
1972 yil yoziga kelib, Yevropa Hamjamiyati uchun yagona bo‘lgan Yevropa huquqining Buyuk
Britaniya hududi amal qilish tartibi ishlab chiqildi. U “dualistik model” nomini oldi va bu holatda
Yevropa va Milliy huquqlar yetarlicha mustaqil tizim ekanligini ta’kidlardi. Yevropa huquq
aktlarini Buyuk Britaniya hududiga amal qilishi uchun implementatsiya amaliyoti qo‘llanishi kerak
edi, ammo Yevropa huquq normalariga zid bo‘lgan milliy qonunlar o‘z kuchlarini yo‘qotardi.
1973 yil 1 yanvarida Buyuk Britaniya Yevropa Hamjamiyatining to‘laqonli a’zosiga
aylandi. Ammo leyboristik partiyaning so‘l qanoti va konservatorlar - “yevrosketik”lar ilgarigidek
Buyuk Britaniyaning YEIHga a’zolik prinsiplarini qayta ko‘rib chiqishni talab etishardi. Bu
talabning jarchisi J.Kollagen bo‘ldi. Vilson esa 1974 yildagi parlament saylovlaridagi g‘alabadan
so‘ng, aksincha “Yevropacha siyosatni” tubdan isloh qilishdan voz kechdi.
Uzoq muddatli “Yevropa uchun kurash”ga 1975 yil 5 iyunda ro‘y bergan referendum nuqta
qo‘ydi. Referendum a’zolarining uchdan ikki qismi mamlakatning Yevropa Hamjamiyati tarkibida
bo‘lishini yoqlab ovoz berishdi. Ammo bosh vazir lavozimiga Kollagen kelgandan so‘ng Britaniya
diplomatiyasi Hamjamiyat budjeti to‘laydigan mablag‘lar miqdorini kamaytirishga harakatlarni
davom ettirdi. Buyuk Britaniya YEIH ga “yagona hisob-kitob birligi” (EKYU)ni joriy etish, valyuta
126
ittifoqini tashkil etish loyihasi va Yevroparlamentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylovlarga nisbatan salbiy
munosabatda edi. Kollagen bunday saylovlarni 1980 yilgacha (Buyuk Britaniyada) kechiktirilishiga
erishdi. Britaniya diplomatiyasining yana bir muhim g‘alabasi shundan iborat ediki,
Yevrokomissiya 1975 yilda Milliy Hamdo‘stlik mamlakatlari bilan YEIH davlatlari o‘rtasida
imtiyozli iqtisodiy munosabatlar o‘rnatish haqida shartnoma tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Buyuk Britaniyaning Yevropaga oid siyosatining faollashuvi Londonning Vashington bilan
“maxsus” munosabatlarini susaytirdi. Atlantik hamdillikni rad etmasdan G.Vilson AQShning
“kichik sherigi” rolidan voz kechardi. AQShning 60-yillardagi o‘ta avantyuristik siyosati Londonda
unga nisbatan nafratni kuchaytirdi. Ingliz-Amerika munosabatlaridan yaqqol ko‘rsatuvchi voqea
Londonning Vyetnamga hech bo‘lmasa ramziy harbiy kuchlarni jo‘natishdan bosh tortganligi
bo‘ldi. O‘z navbatida Amerika diplomatiyasi Buyuk Britaniyaning Gonkong, Malayya va Fors
qo‘ltig‘idagi mavqeini kuchaytirish yo‘lidagi sa’i harakatlarini qo‘llab-quvvatlashdi.
Xit hukumatining hokimiyat tepasiga kelgan davrida ham Ingliz-Amerika munosabatlaridagi
sovuqlik o‘zgarmadi. Ikkala mamlakat manfaatlari to‘qnash kelishiga hech qanday asos
bo‘lmasada, lekin diplomatik qarama-qarshiliklar tez-tez bo‘lib turardi. 1971 yilda bo‘lib o‘tgan
ikkinchi Hindiston-Pokiston urushi davrida Buyuk Britaniyaning betaraf bo‘lishga harakat qilishi
va vositachi bo‘lishga urinishiga qaramasdan AQSH Pokistonni qo‘llab-quvvatladi. O‘sha vaqtda
AQSH Xitoy bilan o‘ziga xos siyosiy muloqot yurgizib, o‘zining hatti-harakatlarida Buyuk
Britaniyaning janubiy Osiyodagi manfaatlarini hisobga olmadi. O‘z navbatida Buyuk Britaniya
ham 1965 va 1973 yillarda Yaqin Sharqda yuz bergan halqaro inqirozlar vaqtida AQShning
arablarga qarshi tutgan keskin pozitsiyasidan ikki xil tushunib bo‘lmaydigan darajada oraliq masofa
saqlashga harakat qildi.
1974
yilda
leyboristlar hokimiyat tepasiga qaytganidan so‘ng Ingliz-Amerika
munosabatlarida ko‘zga tashlanarli iliqlik boshlandi. Leyboristlar hukumati Yevropaga nisbatan va
atlantik siyosatini muvozanatga keltirishga urinib ko‘rdi. Kollagen hattoki Yevropa Amerika
siyosiy muloqotida vositachi bo‘lishga da’vogar bo‘ldi. Bunga Vashingtonning NATO doirasida
ancha teng huquqli munosabatlarga o‘tishi ham yordam berdi.
60-yillarda Sovet-Britaniya munosabatlari juda sovuq xarakterga ega bo‘ldi. Bu
munosabatlardagi normallashish tashqi ishlar vaziri Duglas-Xyumning yangi 1973 yilda va ngi
bosh vazir Vilsonning 1974 yilda Moskvaga tashrifidan so‘ng ro‘y berdi. Keyingi yillarda London
nafaqat G‘arbiy Germaniyada “ko‘priklar qo‘yish” siyosatini qo‘lladi, balki Umumevropa
xavfsizlik tizimining shakllanishida ham ishtirok etdi. Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik bo‘yicha
yig‘ilishni tayyorlashning oxirgi bosqichida Buyuk Britaniya delegatsiyasi uni samarali ishlashida
faol yordam berdi. 1975 yil 1 avgustda Bosh vazir G.Vilson boshqa mamlakatlar rahbarlari bilan
birgalikda Xelsinki yig‘ilishining so‘nggi aktiga imzo qo‘ydi. Bosh vazir lavozimiga J.Kollagen
kelgan paytlarda Britaniya tashqi siyosatining SSSR bilan iqtisodiy hamkorlik, siyosiy
qurolsizlanishini qo‘llab-quvvatlash, Umumevropa Xavfsizligini ta’minlash yanada kuchaydi.
Murakkab muammo Buyuk Britaniyaning uchinchi dunyodagi rolini aniqlashdan iborat edi.
Britaniyaning “Suvayshdan sharqqa qarab” siyosati tamoyillarini qayta ko‘rib chiqish kerakligi 60-
yillarning boshlaridayoq yaqqol bo‘lib qoldi. Ammo Makmillanning “o‘zgarishlar shamoli”ni tan
olishga chaqiruvchi hali globalistik kayfiyatlardan butunlay voz kechishini bildirmasdi. U paytda
gap siyosiy usullarni o‘zgartirish to‘g‘risida borardi, an’anaviy ta’sirlik taqalarini tark etish haqida
emas. Hokimiyat tepasiga kelagn G.Vilson hattoki “Britaniya chegaralari Himolaydan o‘tishi”
haqida jar soldi.
Britaniya pozitsiyasiing uchinchi dunyo mamlakatlarida susayganligi Hindiston-Pokiston
to‘qnashuvlarida yaqqol namoyon bo‘ldi. 1965 yil bahorida Londonning vositachilik harakatlariga
qaramasdan Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keng ko‘lamdagi harbiy harakatlarning oldini olishga
muvaffaq bo‘linmadi. Faqatgina sentbrga kelib bu mamlakatlar BMTning urushni to‘xtatish
haqidagi talabiga bo‘ysunishdi, ulardagi vaziyatni tinchlik yo‘li bilan hal qilish SSSR tomonidan
amalga oshirildi. Hindiston-Pokiston o‘rtasidagi yangi to‘qnashuv 1971 yil dekabrida ro‘y berdi.
Bu galda SSSR amalda ochiqchasiga Hindistonni qo‘llab-quvvatladi va BMTning Xavfsizlik
Kengashining urush harakatlarini to‘xtatish to‘g‘risidagi rezolyutsiyasini bajarmadi. AQSH
Pokistonga yordam berdi. Hindiston armiyasining g‘alabasi Bangladeshda mustaqil davlatining
tashkil etilishiga olib keldi. Pokiston shu davrdan boshlab AQShning strategik hamkoriga aylandi,
127
Hindiston esa SSSR bilan yaqinlashdi, Buyuk Britaniyaning esa bu mintaqadagi ta’siri ancha
pasayib ketdi.
Britaniya diplomatiyasining Yaqin Sharq inqirozini hal qilishga bo‘lgan harakatlari ham
muvaffaqiyat keltirmadi. Buyuk Britaniyaning bu mintaqadagi manfaatlari asosan Suvaysh
kanalidan foydalanish muammolari va Yamandagi protektorat taqdiriga bog‘liq edi. 1962 yilda
Shimoliy Yamanda inqilob ro‘y berdi. Fuqarolik to‘qnashuviga yirik arab mamlakatlari ham jalb
qilindi (Misr respublikachilarni, Saudiya Arabiston monarxistlarni qo‘llab-quvvatladi). Buyuk
Britaniya bu voqealardan amalda uzoqlashib, Janubiy Yamandagi boshqaruvini (hukmronligini)
saqlab qolishga harakat qildi. U yerda 1962 yilda 17 ta Britaniya protektoratlari asosida Janubiy
Arabiston Federatsiyasi tashkil qilingan edi. Ammo bir yil o‘tmasdan bu yerda ham
kelishmovchilik ro‘y berdi. Milliy frontning qurolli otryadlari Britaniya harbiy qismlariga qarshi
harbiy harakatlarni boshladi. 1964 yilda hokimiyat teppasiga kelgan leyboristlar hukumati Yaman
muammosini huquqiy yo‘l bilan bartaraf etishga urinib ko‘rdi. Janubiy Yamanga suverenitet
berilishi jarayoni 1968 yilga kelib yakunlandi.
60-yillarning oxirida Arab-Isroil to‘qnashuvlari ham keskinlashdi. 1967 yil 5 iyunda Isroil
va Misr-Suriya harbiy kuchlari o‘rtasida harbiy harakatlar boshlandi. Isroil uchun muvaffaqiyatli
bo‘lgan “olti kunlik urush” portlash xavfi bo‘lgan mintaqadagi keskin vaziyatni yana
keskinlashtirdi. 1970 yilda Nosirning vafotigacha Misrning sovetparast rejimi AQShga tayangan
Isroilga qarshilik ko‘rsatib keldi. Britaniya diplomatiyasi esa aksincha biror bir faol pozitsiyada voz
kechdi. Aynan, 1967 yil oxirida Vilson hukumati “Suvayshdan sharq tomon”dagi mintaqalarni
“tark etish” haqida amalda e’lon qildi. Bu Londonning sobiq ishtirokchilik, globalistik
kayfiyatlardan butunlay voz kechganligini bildirardi.
1973 yildagi Arab-Isroil urushida Buyuk Britaniya Yevropaning boshqa mamlakatlari
qatorida so‘nggi marta tinchlik yo‘li bilan hal qilishda tashabbus ko‘rsatishga urinib ko‘rdi va
hattoki Isroilda ishlatilayotgan Britaniya harbiy texnikasi uchun Isroilga Buyuk Britaniyadan
ehtiyot qismlar jo‘natilishiga emborga ham qo‘ygan edi. Ammo, oxir-oqibatda London AQShning
qadamlarini to‘la qo‘llab-quvvatladi, bu esa 1979 yilda Kempdevid shartnomasining imzolanishiga
olib keldi.
60-70 yillarning ikkinchi yarmida Millatlar Hamdo‘stligining iqtisodiy va siyosiy-huquqiy
asoslarining takomillashtirilishi va uning tarkibining kengayishi davom etdi. Bu o‘zgarishlarning
umumiy leytmotivi (asosiy g‘oyasi) Hamdo‘stlikning xalqaro tashkilotlarning umum qabul qilingan
qonunlariga yaqinlashishi bo‘ldi. Hamdo‘stlik tabiatini aniqlashga yangicha yondashuv ilk bor
1965 yilda “Hamdo‘stlik Kotibiyati to‘g‘risidagi muvofiqlashtirilgan memorandumi”da aks
ettirilgan edi. Bu xujjatda ta’kidlanishicha Hamdo‘stlik mustaqil davlatlar birlashmasi bo‘lib,
xalqaro huquq nuqtai nazaridan norasmiy tashkilot xarakterini saqlab qoladi va o‘z a’zolaridan
biror-bir umumiy qarorlarni qabul qilish yoki biror yagona harakatlarni bajarishni talab qilmaydi.
Hamdo‘stlik faoliyatining umumiy asoslarining to‘laroq xarakteristikasi (tavsifi) 1971
yildagi Hamdo‘stlik tamoyillarining Singapur deklaratsiyasida berildi. Unda yozilishicha
“Hamdo‘tlik-bu mustaqil suveren davlatlarning ko‘ngilli birlashmasi bo‘lib, bu davlatlarning har
biri o‘z siyosati uchun javobgar, ammo ular o‘z millat va xalqlar umumiy manfaatlari va xalqaro
yakdillik va tinchlik yo‘lida o‘zaro maslahatlashadilar va bellashadilar”. Uning faoliyatining asosiy
shakllari “maslahatlar, muhokamalar va hamkorlik” deb ataldi. Deklaratsiyada ko‘rsatilishicha
Hamdo‘stlikka a’zolik butunlay ixtiyoriydir va Hamdo‘tlikka qabul qilingan har qanday davlat
uning tarkibida qolish jumladan undan chiqish masalalarini butunlay o‘zi mustaqil hal qiladi.
Hamdo‘stlikning ko‘pchilik yangi a’zolari uchun irqiy muammo va mustamlakachilikka
qarshi harakatlar masalasi juda muhim edi. Singapur deklaratsiyasi Hamdo‘stlikning eng muhim
maqsadlarining biri sifatida mustamlakachilik hukmronligi va irqchilikning har qanday shakliga
qarshi kurashishni e’lon qildi. Deklaratsiya Hamdo‘stlik a’zolariga o‘z davlati hududida irqchilikka
qarshi faol kurash olib borish, hamda irqiy kamsitishga yo‘l qo‘yayotgan har qanday mamlakatni
qo‘llab-quvvatlamaslik majburiyatini yukladi. Xitning hukumati bu yo‘nalishni umuman qo‘llab-
quvvatladi, ammo Hamdo‘stlikning Britaniya davlatining ichki ishlariga, ayniqsa, muhojirlar
siyosatiga aralashuviga yo‘l qo‘yildi. Singapur konferensiyasida Xit hukumatining Janubiy
Afrikadagi rejimga qurol sotishni yana qaytadan tiklash haqidagi qarori keskin bahs-munozaralarga
sabab bo‘ldi.
128
Sobiq mustamlakalar hududidagi Milliy va irqiy to‘qnashuvlar isloh qilinayotgan
hamdo‘stlik uchun eng og‘ir muammo bo‘ldi. 1967 yil kuzida Nigeriyaning federal hukumati
Buyuk Britaniyadan ayirmachi (separatist)larga qarshi kurashda ko‘mak so‘radi. Ammo,
Londonning sustkashligidan norozi bo‘lgan holda SSSRga harbiy texnik yordam uchun murojaat
qildi. 1969 yil martida Vilsonning shaxsan o‘zi Nigeriyaga tinchlikni barqarorlashtirish uchun
borishga majbur bo‘ldi. 1970 yilga kelibgina to‘qnashuv bartaraf etildi.
Britaniya hukumati Janubiy Rodeziyadagi voqealarga nisbatan esa yanada ko‘proq ojizligini
namoyish qildi. 1964 yilda Yan Sintning irqchilikka moyil rejimi hokimiyat teppasiga keldi va bir
yildan so‘ng mamlakat mustaqilligini e’lon qildi. Vilson hukumati Rodeziyadagi tuzumning o‘zaro
hamkorlikdan bosh tortganligini qoraladi, ammo muammoni hal qilish uchun zo‘ravonlik
choralarini qo‘llash imkoniyati yo‘qligini ma’lum qildi. Afrikaning Hamdo‘stlik tarkibidagi
davlatlari Sint rejimga nisbatan qat’iy chora ko‘rishni talab etishdi. Vilsonning 1966 va 1968
yillarda Sint bilan yakkama-yakka uchrashuvlari hech qanday natija bermadi. Rodeziya hukumati
Janubiy Afrika Respublikasiga tobora yaqinlasha borib, undagi apartsid xususiyatlaridan nusxa olib
boshladi. Tez orada Rodeziya muammosini bartaraf qilishga oid tashabbusni AQSH diplomatiyasi
o‘z zimmasiga oldi, bu masalaga esa 1979 yilda M.Tetcher boshchiligidagi yangi Britaniya
hukumati uzil-kesil nuqta qo‘ydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |