5. Pedagogik tajriba-sinov ishining mohiyati va natijasini tahlil qilish
Pedagogika oliy o’quv yurtlari talabalari bitiruv-malakaviy ishning mavzusiga binoan tajriba-sinov o’tkazishi, olingan natijalar matematik-statistik metod yordamida tahlil etilishi zarur.
6. Xulosa qismi
BMI ning xulosa qismda ish bo’yicha chiqarilgan xulosa va takliflar yoritiladi. Xulosa va takliflar aniq, lo’nda va tushinarlik qilib bayon qilinishi kerak.
Davlat attestatsiyasi komissiyasi BMI ni baholayotganda uning xulosa qismida ishlab chiqarishga aniq amaliy taklif va tavsiyalar berilganligiga alohida ball berishlarini talaba hisobga olishi zarur. Amaliy taklif va tavsiyalar bevosita ishlab chiqarishda ijtimoiy (ta’lim, atrof-muhitni himoya qilish, ma’naviy-ma’rifiy, sog’liqni saqlash, xizmat ko’rsatish), iqtisodiyot, fan, muxandislik, sanoat va qishloq xo’jaligi sohalarida qo’llashga taklif qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |