8.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Ishning oxirida foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati joylashgan bo’lib, u muallifga keltirilayotgan adabiyotlar ishonchliligini tasdiqlash imkonini beradi va muammoning o’rganilganlik darajasini ko’rsatadi.
Foydalanilgan adabiyot ro’yxatiga faqat ish davomida bevosita o’rganilgan manbalar kiritiladi.
Adabiyotlar ro’yxatida keltirilgan har bir manba matnning tartibda quyi qismida izoh tarzida beriladi.
Me’yoriy hukukiy aktlar
Maxsus adabiyotlar
Elektron resurslar
Fond materiallari
Xorijiy adabiyotlar har bir bo’lim ro’yxati oxirida alifbo tartibida joylashtiriladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati yagona tartib raqamiga ega.
Manbalar arab sonlari bilan raqamlash va yangi abzatsdan yozish zarur:
1) Konstitutsiyalar (O’zbekiston Respublikasi, O’zbekiston Respublikasi sub’ektlari va boshqalar)
2) Qonunlar (O’zbekiston Respublikasi, O’zbekiston Respublikasi sub’ektlari)
3) Farmoyishlar (O’zbekiston Respublikasi, O’zbekiston Respublikasi oliy martabali sub’ektlari)
4) Qarorlar (O’zbekiston Respublikasi hukumati, O’zbekiston Respublikasi oliy ijro organlari)
5) Mahalliy o’z-o’zini boshqaruv organlarining huquqiy-me’yoriy aktlari
6) Vazirliklarning buyruqlari, ko’rsatmalari va xatlari.
Foydalanilgan adabiyot ro’yxatida bir xil yuridik kuchga yega bo’lgan me’yoriy-huquqiy aktlari qat’iyan xronologik tartibda, ularning qabul qilinganlik vaqtiga qarab (avval qabul qilingandan to keyin qabul qilinganligiga qarab) joylashtiriladi.
Huquqiy-me’yoriy aktlarni bibliografik tavsiflashda, avval hujjat maqomi (masalan, Federal qonun, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Farmoyishi va hokazo), keyin uning nomi, qabul qilingan sanasi, uning tartib raqami va oxirgi nashriyoti sanasi ko’rsatiladi.
Maxsus adabiyotlarga monografiya, ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar, dissertatsiyalar avtoreferatlari, kitoblar, statistik to’plamlar, davriy nashrlardagi maqolalar kiradi. Agar bitiruv malakaviy ishda tayyorlangan, lekin nashr qilinmagan materiallardan foydalanilgan bo’lsa, ular “Fond materiallari” bo’limiga kiritiladi.
Foydalanilgan adabiyot ro’yxatida qat’iyan alifbo tartibida mualliflar familiyasi bo’yicha yoki agar muallif ko’rsatilmasa, ishning nomi joylashtiriladi. Internetdan olingan malumotlar elektron resursga kiritilib, adabiyot ro’yxati tuzilishida ishlatiladi.
Mazkur hujjat talab darajasida bo’lgan vaqtda fakultet dekani tomonidan himoyaga ruxsat beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |