Jihoz: chuqur o’yilgan taxta va ularga mos keluvchi shakllar (4 talik)



Download 170.61 Kb.
Sana21.01.2020
Hajmi170.61 Kb.
Segen taxtasi

Tadqiqot maqsadi:bolada katta-kichik belgilarni farqlash darajasini tekshirish va taffakurini rivojlantirish.

Jihoz: chuqur o’yilgan taxta va ularga mos keluvchi shakllar (4 talik).

O’tkazish usuli: birinchi navbatda, bolaga shakllar solingan segen taxtachasi ko’rsatiladi va ko’zining oldiga shakl bo’lakchalari to’kiladi,ya’ni ag’dariladi.Ikkinchi navbatda bolaga ko’rsatmalar beriladi:



  1. So’z orqali bolaga qarata “qara,menda shakllar taxtachasi bor.Men uni to’kaman,sen esa qaytib taxlab chiqasan” deb mashg’ulot ko’rsatiladi.

  2. Yoki eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga imo-ishora orqali mashg’ulot ko’rsatib beriladi.

Agar bola mashg’ulotni tushunmasa va yasashni bilmasa,mashg’ulot o’tkazayotgan tarbiyachi o’zi 1-2 shakllarni yasab ko’rsatib beriladi.

Bajarish me’yori:

2-2,5 yoshda-tarbiyachi yordamida harakat qiladi.

3-3,5 yoshda-maqsadga yo’naltirilgan urunishlar va chamalab ko’rish orqali

4-5 yoshda –ko’rib mo’ljal olish va amaliy chamalab ko’rish mumkun.





Baholash mezoni:

  1. Kuzatish jarayonida 2-2,5 yoshda bola birinchi urinishda o’zi bajarmaydi.Balki tarbiyachi ko’magida harakat qiladi.Bunda bola tarbiyachi tomonidan <<3>> baho qo’yiladi. Rag’batlantirish sifatida 1 ta “yulduzcha”bilan taqdirlanadi.

  2. 3-3,5 yoshda maqsadga yo’naltirilgan urunishlar va chamalab ko’rish orqali bajaradi, ya’ni segen taxtachasining 2 ta bo’lagini bemalol yasaydi va tarbiyachi unga <<4>> baho qo’yiladi.Rag’batlantirish sifatida 2ta “yulduzcha”bilan taqdirlanadi.

  3. 4-5 yoshda bola bemalol yasaydi va tarbiyachi unga <<5>> baho qo’yiladi.Rag’batlantirish sifatida 3ta “yulduzcha”bilan taqdirlanadi.


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa