Mustaqillik nima berdi, deyilgan savolga u bizga bir qator ilohiy ne’matlar, tarixiy voqealar qatori bobomiz Amir Temurni qaytarib berdi deyishimiz joizdir. Shu munosabat bilan atoqli shorimiz Abdulla Oripov mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida hazrati sohibqironga qo’yilgan haykalning ochilishida o’qigan she’rida shunday degan edi.
Ne baxtkim, tuqqan yurt bo’lganda ozod
Muborak vatanga qaytib kelmishmiz
Quloq tutgaymi deb, noahl avlod
Tashakkur, bizlarni ko’zga ilmishmiz.
Amir Temurning milliy davlatchiligimiz tarixida tutgan o’rni beqiyosligini e’tirof etgan holda, uning jahon tarixidagi roli ham samaralidir.
Hazrati Amir Temur haqida nimalar deyishlaridan qat’iy nazar, uning favqulodda shaxs, buyuk sarkarda va davlat rahbari bo’lganligini barcha tarixshunoslar e’tirof etadilar. “Temurga teng keladiganlar ham topiladi, Temurdan o’tadiganlar topilmasa kerak. Uning nomi Iskandar, Doro, Sezar, Chingizxon va Bonapart nomlari bilan yonma-yon turadi. Temur insoniyat tarixining buyuk siymolaridandir”
Do'stlaringiz bilan baham: |