3. “1000 ichida yozma nomerlash” mavzusida dars ishlanmasini tuzing.
102-dars
Mavzu: Sonni 10, 100 ga ko'paytirish va bo'lish. 669-675-misol va masalalar.
Tayanch tushunchalar: Sonni 10, 100 ga ko'paytirish va bo'lish.
Soatlar soni: 1 soat.
Mavzuning qisqacha mazmuni: 1000 ichida sonni 10, 100 ga ko'paytirish va bo'lish qoidalari tushuntirish, ularga doir misollar yechish.
Metodlar: Suhbat, mustaqil ishlash.
Jihozlar: Darslik, chizg'ich, mavzuga doir plakatlar.
Nazorat: Uy vazifasini tekshirish, og'zaki so'rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish.
Baholash: Uy vazifalarining bajarilishi, doskada yoki mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o'quvchilar baholanadi.
Darsning maqsadi: A) Ta’limiy: O'quvchilarda 1000 ichida sonni 10, 100 ga ko'paytirish va bo'lish bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirish.
Tarbiyaviy: ona Vatanimizga, milliy qadriyatlarimizga bo'lgan muhabbatni o'stirish, ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: hamkorlikda ishlash malakasini shakllantirish.
Kutilayotgan natijalar: 1000 ichida sonni 10, 100 ga ko'paytirish va bo'lish bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarga ega boiadilar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
Salomlashish;
Davomatni aniqlash;
Darsning maqsadini aytish.
Darsga tayyorgarlik ko’rish.
II.O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga berilgan vazifa tekshirib baholanadi. Og’zaki savol- javob o’tkaziladi. O’quvchilar bilimi baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni.
669- va 670-misollar og'zaki yechish orqali awal 100 ichida, keyin 1000 ichida sonni 10, 100 ga ko'paytirish va bo'lish qoidalari tushuntiriladi. Har bir o'quvchi bu qoidalami yoddan hilishi kerakhgi ta’kidlanadi.
3x10=30 10x8=80 12x10=120 4x100=400 100x10=1000
IV. Mustahkamlash.
671-misol mustaqil yechiladi. Shu bilan birga o'quvchilar misollarni doskada ham yechadilar.
273-152= 368-236= 826-467= 368-236=
672- masala quyidagicha yechiladi:
28 • 10 = 280 (m).
672-topshiriqdagi boshqotirmaning yechihshi: 1-zanjir bo'lagidagi uchala halqani ochib, uning 1-halqasi bilan 2- va 3-zanjir bo'laklarini, 2-halqasi bilan 3- va 4-zanjir bo'laklarini va 3-halqasi bilan 4- va 5-zanjir bo'laklarini ulash kerak.
V. Uyga vazifa:
674-misol va 675-masalalar uyga berilib, ularni bajarish bo'yicha tegishh ko'rsatmalar beriladi.
675-masala quyidagicha yechiladi:
24 •10 = 240 (m).
VI. Dars yakuni. O’quvchilar bilimini baholash va rag’batlantirish
Darsdagi faolligiga qarab o'quvchilar baholanadi.
Uyga qo'shimcha topshiriq: 1000 ichida sonni 10, 100 ga ko'paytirish va bo'lish qoidalarini yod olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |