201. Sistemaviy programmalash Sistemaviy programmalash – bu umumiy programma taminotini yaratish jarayoni bo’lib OS, programmalash sistemalari, boshqaruvchi va tekshiruvchi (tashhislovchi) programmalarni tuzishga asosiy etibor beradi. Tizimli programmalash usul, texnologiya va vositalari haqida gapirsak u holda texnalogiyalardan modulli va strukturali programmalash, klassik va hozirgi zamon vizual dasturlash paradigmalari, vositalardan esa o’ya yuqori dasturlash tillari, mashina va mashinaga mo’ljallangan tillar, assemblerlar ham ishlatiladi.
Programmalashtirish – bu ma’lumotlarni qayta ishlashni tashkil qilish jarayoni bo’lib programma tuzish ,u bilan bog’liq bo’lgan ma’lumotlar strukturasini tasvir-lash kodlashtirishni o’z ichiga oladi.Programma esa komandalarning tartiblangan ketma-ketligi bo’lib konkret masalaning yechim algaritmini tasviridir yoki boshqa-cha qilib aytganda pragramma pragrammalash tilining konstruksiyalari ketma-ket-ligidir.Har bir programma hisoblash tizimi muhitida bajariladi.
202. Programmalash tizimi Dasturlash tili — maʼlumotlar (axborotlar)ni va ularni elektron mashinalarda ishlash algoritmlari (dasturlari)ni bayon qilish uchun moʻljallangan rasmiy til; odamning elektron mashina bilan bogʻlanishi uchun ishlatiladigan shartli belgilar tizimi. Dasturlash tili tabiiy til bilan shartli mashina tili orasidagi oʻrinni egallaydi. Dasturlash tilining asosiy vazifasi dasturlar tuzish (Dasturlash) vositasi boʻlishi, yaʼni maʼlumotlarni ifodalash va ularni EHM (kompyuter) da ishlashda qoʻllanishidan iborat
Programmalash tizimi programmaviy sistema bo’lib, bitta yoki bir nechta kirish (boshlang’ich ) tillari yordamida programmani tuzish va ijro etishni taminlaydi.
Tizimlar bir yoki ko’p tilli bo’lishi mumkin. Ko’p tilli tizimlar yordamida biz programmani bo’laklarini har xil til yordamida loyihalashimiz mumkin. Bunday tizimlarda yangi tillarni qo’yish imkoniyati ham beriladi.
Programma nuqtai nazardan programmalash tizimi modullar to’plamidan iborat. Har bir modul maxsus funksyalar (ishlar,vazifalar) ni bajaradi. Zamonaviy tizimlar quyidagi komponentlardan iborat:
a) Kirish tili. Bu til yordamida programma tuziladi.
b) Translyator. Kirish tilida yozilgan programmani mashina yoki boshqa tilga tarjima qiluvchi maxsus programmaviy modul(tizim).
d) Tahrirlovchi. Programma matnini tashkil qilish va matn ustida turli
amallarni bajaruvchi qismprogramma.
e) Taxlovchi. Programmani tekshirish bosqichlarini shu modul yordamida bajarish mumkin.taxlashning statik (matn tahlili) va dinamik (boshlang’ich malumotlar bilan programma ishini tekshirish) turlari mavjud.
f) Optilizator. (Optimallovchi). Programma tarjima qilingandan keyin
hamma vaqt ixcham va qulay bo’lmaydi. Hosil hosil bo’lgan obekt modullarni optimallashtirish ( ixchamlash, to’g’irlash, unumdorligini oshirish ) shu modul yordamida bajariladi.
g) Dispetcher.foydalanuvchi bilan muloqat qilish va boshqa modullarni ishini boshqarish uchun ishlatiladigan modul. Dispetcherni monitor ham deyiladi.
h) Yordamchi qismsistema.(Help subsystem)
Tizimni kirish tili, xatolar haqida ma’lumot va foydalanuvchilar guruhlari uchun turli yordamchi malumotlarni saqlaydi.