Video tekshiruvi - video xotiradan RAMDAC ga kerakli ma'lumotlarni to'g'ri shakllantirish va etkazish uchun mas'uldir.
170. Bir va ko’p foydalanuvchili operatsion tizimlar
171. Ko’p vazifali va bitta vazifali operatsion tizimlar
173. Zamonaviy tizimlar komponentalari –Translyatorlar
174. Zamonaviy tizimlar komponentalari –Kompilyator va interpretatorlar
Interpretator — ham dastur ham jihoz ko'rinishida bo'lishi mumkin. Bu ham kompyuter tiliga o'zgartirib berish vazifasini bajaradi, faqatgina ishlash texnologiyasi boshqacharoqdir. Interpretator, dasturlash tilida yozilgan kodlarni ketma — ket o'qib, mashina tiliga o'zgartirib boradi. Xatolik paydo bo'lsa, o'sha zahoti dasturchiga ma'lum qiladi. Bu ketma — ketlikda o'zgartirish, kompilyatorga nisbatan sekinroq amalga oshiriladi(ba'zi holllarda kompilyatorga qaraganda 50 barobar sekin). Dastur natijasini ko'rish uchun, har safar kodlarni interpretatordan o'tkazish kerak bo'ladi(kompilyatorga o'xshab bir marotaba ob'yekt kod yaratib qo'yib, keyin har doim ishlatishning iloji yo'q). Bundan ko'rinib turibdiki, interpretator asosan saytlar, umumiy holda veb dasturlashda ishlatiladi. Biror saytning yuklanishi jarayni uzunligi, interpretatorda o'zgartirish amalga oshirilishi bilan tushuntirilishi mumkin. Interpretator ishlatadigan dasturlash tillariga PHP, JavaScript, JScript, Basic,… misol bo'la oladi.
Komplyator bilan birgalikda interpetator ikkalasi ham translyator hisoblanadi yani o`zgartirgichlardir. Biror proekterda ikkalasi ham bir vaqtda ishlatilishi mumkin .
175. Ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash tillari
Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash – bu dasturlashning shunday yangi yo‘nalishiki, dasturiy tizimda o‘zaro aloqada bo‘lgan ob’ektlar majmuasi sifatida qaraladi va xar bir ob’ektni ma’lum bir klassga mansub hamda xar bir klass qandaydir shajarani hosil qiladi deb hisoblanadi. Alohida olingan klass ma’lumotlar to‘plami va ular ustida bajariladigan amallarning to‘plami sifatida qaraladi. Bu klassning elementlariga faqat shu klassda aniqlangan amallar orqali murojaat qilish mumkin. Dasturdagi ma’lumotlar va ular ustida bajariladigan amallar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik an’anaviy dasturlash tillariga nisbatan dasturiy tizimlarning ishonchliligini ta’minlaydi. Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlashning eng asosiy tushunchasi ob’ekt va klass hisoblanadi.
Ob’yektga yo’naltirilgan dasturlash tillari.Obyektga yo’naltirilgan dasturlash atamasi dastlab 60-yillarning o’rtalarida, Simula-67 dasturlash tilida paydo bo’lgan. Ammo, bu til FORTRAN, ALGOL, PL1 kabi tillarga nisbatan o’zining imkoniyatlari past bo’lganligi hamda shu davrda yechish talab qilingan masalalar uchun yetarli vositalarni taklif qila olmagani uchun dasturchilar orasida keng ommalasha olmadi. Keyinchalik obyektga yo’naltirilgan dasturlash Smalltalk, Object Pascal, C, Ada, hozirda esa C# kabi yuqori darajali dasturlash tillarining topologiyasi asosida rivojlandi va ommalashmoqda.
Obyektga yo’naltirilgan dasturlash – bu dasturlashning shunday yangi yo’nalishiki, dasturiy sistema o’zaro aloqada bo’lgan obyektlar majmuasi sifatida qaraladi va har bir obyektni ma’lum bir klassga mansub hamda har bir klass qandaydir shajarani hosil qiladi deb hisoblanadi. Alohida olingan klass ma’lumotlar to’plami va ular ustida bajariladigan amallarning to’plami sifatida qaraladi. Bu klassning elementlariga faqat shu klassda aniqlangan amallar orqali murojaat qilish mumkin. Dasturdagi ma’lumotlar va ular ustida bajariladigan amallar o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik an’anaviy dasturlash tillariga nisbatan dasturiy sistemalarning ishonchliligini ta’minlaydi.
Obyetkga qaratilgan tillar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Pascal
Delphi
C# dastrulash tili
Java
C++
Visual Basic
ActionScript
Python
Ruby
Do'stlaringiz bilan baham: |