48. Operatsion tizim va uning funksiyalari.
Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo’lib, bu dasturning asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ularning ishlash holatlarini ta‘minlash. Operatsion tizimlardan eng taniqlilari bu Microsoft firmasining MS-DOS, Windows operatsion tizimlari, Apple firmasining Macintosh – MacOS operatsion tizimi, Unix va Linux operatsion tizimlari
Operatsion tizim (OT) tushunchasi qisqacha izohlanadigan bo‘lsa, bu boshqaruv dasturidir. OS bu kompyuterning fizik va dasturiy resurslarini taqsimlash va ularni boshqarish uchun ishlatiladigan dastur. Kompyuter resurslari ikki xil: fizik va dasturiy resurslarga bo'linadi. Fizik resurslarga: — xotira; — vinchester; — monitor; — tashqi qurilmalar; — va shu kabilar kiradi. Dasturiy resurslar bu: — kiritish va chiqarishni boshqaruvchi dasturlar; — kompyuter ishlashini ta’minlaydigan boshqaruvchi dasturlar; — berilganlarni tahlil qiluvchi dasturlar; — drayverlar; — virtual ichki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va boshqaruvchi dasturlar va shu kabilardir
51. OS ta’rifi strukturasi va funksiyalari
Tarif: Operatsion sistema sistemaviy programma bo’lib foydalanuvchi va hisoblash tizimi orasidagi muloqatni tashkil qiladi va quydagi funksiyalarni bajaradi:
xotirani boshqarish ;
protsessorni boshqarish ;
jarayonlarni boshqarish ;
qurilmalarni boshqarish ;
fayillarni boshqarish.
OS murakkab programma bo’lib bir nechta qismlardan (modullardan) iborat.Oddiy programma o’z ishini tamomlab qandaydir ma’lumot bersa, Os esa signallarni dinamik ketma – ketligini beradi.Bu boshqaruvchi signallar ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonini boshqaradi.
52. SHK operatsion tizimlari, ularning turlari va strukturasi
Operatsion tizim (OS) -bu kompyuter bilan foydalanuvchi urtasida mulokotni urnatuvchi, kompyuterning asosiy va kushimcha kurilmalari testdan utkazuvchi va kurilmalar ishini boshqaruvchi dasturlar to’plamidir. Bu dasturlar kompyuter ishga kushilishi bilan kompyuter xotirasiga yo’qlanadi. Operatsion tizim foydalanuvchiga kompyuter kurilmalari bilan qulay mulokot usulini ta‘minlaydi
Operatsion tizimlar dasturlar guruhi juda katta ahamiyatga ega. Bu dasturlar kompyuter ishini boshqaradi, har xil dasturlarni kompyuter xotirasiga yo’qlaydi va bajaradi, fayllar, kataloglar va disklar ustidan har xil amallarni bajaradi. Hamma dasturlar shu operatsion tizimli dasturning imkoniyatlaridan foydalanadi va shuning uchun hamma dasturlar fakat shu dastur orqali ishga tushadi. Yeng taniqli operatsion tizimlar: MS-DOS va Windows (Microsoft korporatsiya) dunyodagi kompyuterlarning 75-80%, Makintosh (Apple firmasi) dunyodagi kompyuterlarning 5-10%, Linux va Unix dunyodagi kompyuterlarning 10-15%.
Odatda shaxsiy kompyuterlarda Microsoft Corporation firmasi ishlab chikkan MS DOS Windows yoki ularning variantlari PC DOS, Compact DOS yoki kompaniyalarning boshqa operatsion tizimlari urnatiladi. Hozirgi kunda deyarli barcha kompyuterlarda Windows tizimsi urnatilmokda.
Do'stlaringiz bilan baham: |