Javoblar Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va dasturiy ta’minoti


Tizimli dastur va uning turlari, tizimli dasturlash



Download 2,07 Mb.
bet12/89
Sana12.04.2022
Hajmi2,07 Mb.
#546889
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   89
Bog'liq
Tizimli dasturlash to`liq

22. Tizimli dastur va uning turlari, tizimli dasturlash.
Tizimli dastur - bu kompyuterlar tizimining tarkibiy qismlarini boshqaruvchi, ya'ni protsessor, operativ xotira, kirish-chiqarish qurilmalari, tarmoq uskunalari, va bir tomonida apparat, ikkinchisida foydalanuvchi dasturlari qatlamlari orasidagi interfeys vazifasini bajaruvchi dasturlar kompleksidir. Amaliy dasturlardan farqli o'laroq, tizim dasturiy ta'minoti aniq amaliy muammolarni hal qilmaydi, balki faqat boshqa dasturlarning ishlashini ta'minlaydi, ularga xizmat ko'rsatish funktsiyalarini beradi va hisoblash tizimining apparat resurslarini boshqaradi
Tizimli dasturlash (yoki tizim dasturlash) - bu tizimli dasturiy ta'minotini dasturlash faoliyati. Tizimli dasturlashning oddiy yoki amaliy dasturiy ta'minotga nisbatan asosiy farq qiluvchi xususiyati shundan iboratki, amaliy dasturlash foydalanuvchiga xizmat ko'rsatuvchi dasturiy ta'minotni yaratishga qaratilgan (masalan, matn protsessori), tizimli dasturlash kompyuter texnikasi uchun xizmat ko'rsatadigan dastur yaratishga qaratilgan (masalan, diskni birlashtiruvchi). Bunda qo'shimcha ravishda qurilmalar xaqida yanada xabardorlik yuqori bo'lishi kerak.
23. Translyator tushunchasi va uning turlari.
Translyator — 1) translyatsiya jarayonini amalga oshirishda foydalaniladigan apparatlar, jihozlar, koʻchma texnika vositalari majmui; 2) informatika (axborotshunoslik)da — algoritm bayonini bir programmalash tilidan ikkinchisiga, xususan, mashina tilita avtomatik tarzda oʻtkazish uchun moʻljallangan EHM (kompyuter) dasturi (kompilyator). Programmalashni avtomatlashtirish uchun qoʻllanadi.
Yuqori darajali (C, C++, Java, Phyton, …) yoki quyi darajali (assembly tillar) dasturlash tillarida yozilgan kodlarni mashina tiliga o'tkazish uchun ishlatiladigan programmalar — translyatorlardeb ataladi.
Translyatorlarning 3 xil turi mavjud:

  • Assembler

  • Kompilyator

  • Interpretator

Assembler bu quyi darajali dasturlash tillarida yozilgan kodni mashina tiliga o'giruvchi translyatorlardir. Bu jarayonlar assmblatsiya (assembling) deb nomlanadi.
Kompilyator va interpretatorlar esa yuqori darajli dasturlash tillarida yozilgan kodlarni mashina tiliga o'giruvchi translyatorlardir. Bu jarayonlar kompilatsiya va interpretatsiya deb nomlanadi.
Kompilatsiya bu dasturlash tilida yozilgan kodni mashina tushunadigan tilga to'g'ridan-to'gri o'girish jarayoni. Mashina tiliga o'giruvchi programma esa kompilyator deb nomlanadi. Kompilyator butun kodni bir vaqtda skan qiladi va agar kodda xatoliklar bo'lsa koddagi barcha xatoliklarni ko'rsatadi, agar xatolik bo'lmasa uni ishga tushiradi. Kompilyatorga misollar: javac (Java kompilyatori), c (C kompilyatori), cpp (c++ kompilyatori)
Interpretatsiya jarayonida esa dasturlash tilida yozilgan kod mashina tiliga to'g'ridan-to'gri o'girilmaydi. Uning o'rniga boshqa bir programma kodni o'qiydi va uni ishga tushiradi. Ya'ni o'rtada bir boshqa programma vositachi bo'lib turadi. Usha vositachi programmaga interpretator deyiladi. Misol uchun siz kodda «+» amalini bajarmoqchi bo'lsangiz, interpretator siz kodda yozgan «+» amalini o'zining versiyasi bilan almashtiradi va so'ngra uni mashina tiliga o'giradi. Interpretator kodni satrma-satr skan qiladi va agar biror satrda xatolik bo'lsa darhol xatolikni ko'rsatadi va skan qilishni tohtatadi, agar satrda xatolik bo'lmasa darhol usha satrdagi kodni ishga tushiradi. Interpretatorlarga misollar: Ruby, Phyton, GW Basic.
— Ba'zi interpretatorlar o'zining vazifasini bajarish bilan birga kompilyator vazifasini ham bajarishi mumkin. Ya'ni, bir vaqtda ikkita ishni qilishi mumkin.
— Interpretator orqali erishilgan natijaga, kompilyator orqali ham erishish mumkin. Kompilyator orqali erishilgan natijaga, interpretator orqali ham erishish mumkin
Afzalliklari va kamchiliklari.
— Kompilatsiya jarayoni interpretatsiyaga nisbatan tezroq kechadi, chunki u tog'ridan-tog'ri mashina tiliga o'giriladi.
— Interpretatorlari yaratish onsonroq, chunki yaxshi kompilyator yaratish juda qiyin.
— Interpretatorlar kompilyatorlarga nisbatan portativroq.
— Kompilyator katta hajm talab qiladi, interpretator esa kamroq.

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish