18. Integrallashgan dasturlash muhitlari, tarkibi va ularning imkoniyatlari. Integratsiyalashgan dasturlash muhiti (Integrated Development Environment - IDE), shuningdek, birlashgan dasturlash muhiti - dasturchilar tomonidan dasturiy ta'minotni ishlab chiqish uchun foydalaniladigan dasturiy vositalar to'plamidir.
Integratsiyalashgan dasturlash muhiti quyidagilarni o'z ichiga oladi:
matn muharriri,
Translyator(kompilyator va / yoki interpritator),
Yig’ishni avtomatlashtirish vositalari,
Tuzatuvchi(otladchik).
Ko'pgina zamonaviy IDE-lar, shuningdek, ob'ektga yo'naltirilgan dasturiy ta'minotni ishlab chiqishda foydalanish uchun sinf brauzeri, ob'ekt inspektori va sinf iyerarxiyasi diagrammasini o'z ichiga oladi.
Integratsiyalashgan dasturlash muhiti (Integrated Development Environment - IDE), shuningdek, birlashgan dasturlash muhiti - dasturchilar tomonidan dasturiy ta'minotni ishlab chiqish uchun foydalaniladigan dasturiy vositalar to'plamidir.
Integratsiyalashgan dasturlash muhiti quyidagilarni o'z ichiga oladi:
matn muharriri,
Translyator(kompilyator va / yoki interpritator),
Yig’ishni avtomatlashtirish vositalari,
Tuzatuvchi(otladchik).
Ko'pgina zamonaviy IDE-lar, shuningdek, ob'ektga yo'naltirilgan dasturiy ta'minotni ishlab chiqishda foydalanish uchun sinf brauzeri, ob'ekt inspektori va sinf iyerarxiyasi diagrammasini o'z ichiga oladi.
21. Linux operatsion tizimi(versiyalari,afzallik va kamchiliklari). Biz ushbu saxifamizda Linuxning asosiy afzalliklari va kamchiliklarini sanab o'tamiz.
Linux operastion tizimi distributivlari mutlaqo bepul tarqatiladi va yangi chiqqan utilitlar va dasturlar ham shular jumlasidandir. Linux operastion tizimiga egalik qilish huquqi xech kimga berilmagan. U erkin tarqatiladi. Linux distributivlari uchun qo'shimcha yangiliklar, dasturlar, utilitlar dunyodagi ko'pgina dasturlovchilar birlashgan forum va loyixalarda ishlab chiqiladi.
Windows operastion tizimida biror bir xato yoki kamchilik paydo bo'lsa uni faqatgina Microsoft kompaniyasining o'zigina to'g'rilay oladi va faqatgan rasmiy saytdan uning yangilangan paketlarini yuklab olish mumkin. Linux operastion tizimida xato yuzaga kelsa, uni dasturchilar forumi yordamida bartaraf etish mumkin. Buning sababi Linux ochiq kodli operastion tizim, Windows esa yopiq kodli operastion tizimligidadir.
Linux ni faqat dasturchilar yoki moxir foydalanuvchilar uchun yaratilgan operatsion tizimi deb o'ylovchilar qattiq yanglishadi. Chunki xozirgi kunga kelib oddiy foydalanuvchilar uchun qo'l keladigan KDE, GNOME, Unity kabi grafik muxitlar mavjud. Ular yordamida turli xil darajadagi foydalanuvchilar operastion tizimida ishlashlari mumkin.
Windows muxitida ishlab o'rgangan foydalanuvchi Linux operastion tizimi grafik muxitiga moslashishi qiyin kechishi aniq chunki unda menyular va boshqa yarliklar odatiy joyda joylashmagan. Xuddi shunday Linux grafik interfeysida ishlab o'rgangan foydalanuvchi Windows muxitiga moslashishi qiyin kechadi va bir qancha noqulayliklarga duch kelishi aniq.