Javob : 1001
Izoh : Ular ertak aytuvchilar
Savol : Falsafa” nomli hazil kitobda aytilishicha, U bu ishni soliq to`lamaslik uchun qilgan, Diqqat savol: Kim u?
Javob : Diogen
Izoh : Yer solig'i to'lamaslik uchun bochkada yashagan
Savol : ,,Argumenti I fakti” gazetasida 28 yoshli Anatoliy Timoshukning ,,Zenit” ga o`tgani haqida yozilgan. Maqoli nomi mashhur bir asar nomi bilan juda o`xshash. Diqqat savol: Maqoli nomidagi birinchi so`zni yuqorida tilga olinganini hisobga olib, menga asar muallifini ayting.
Javob : Jyul Vern
Izoh : ,,O`n besh yoshli kapitan”
Savol : Sulaymon orollarida bir anana mavjud: Agar mahalliy qabilalar joy zaruriyatidan atrofidagi o`rmonlardan xalos bo`lishni istasa, daraxtlarni kesib o`tirmaydi. Ular o`rmonni o`rab olib bir ish qilishadi. Bir necha kun o`tib daraxtlar quriy boshlaydi va asta-sekin nobud bo`lishadi. Bu voqea xalqimiz bir narsani bilmasa, aytmasligiga isbot. Diqqat savol: Ular nima ish qilishadi?
Javob : Qarg`ashadi
Savol : Latifa: Folbin o`z mijoziga: - Men kelajagingizni ko`ryapman. Juda ajoyib: yuqori lavozim, Siz zinapoyalar bo`ylab tezlikda ko`tarilasiz, yaltiroq kiyimdasiz. - Buni o`zim ham bilaman. Diqqat savol: Mijozning kimligini toping.
Javob : O`t o`chiruvchi
Savol : Shahzoda Albert va qirolicha Viktoriyaning to`yida mehmonlar shahzoda oyog`i yonida qo`rqchi it, qirolicha yonida esa juft kabutarlarni ko`rishadi. Ammo to`y oxirida bundan asar ham qolmagandi. Diqqat savol: Nega?
Javob : Mehmonlar yeb bitirishgan
Izoh : Bu tortdagi holat edi
Savol : Sharqiy Afrika maqoliga ko`ra, kechasi ko`p ovqat yeyishning foydasi yo`q. Diqqat savol: Nega?
Javob : Ertalab baribir qorning ochadi
Savol : Militsiya mahkamasida: - Nima bu porami? - Nega unaqa deysiz, bu UNING yuz yillik yubileyiga bag`ishlangan otkritka. Diqqat savol: Kimning?
Javob : Benjamin Franklin
Savol : Darsdagi suhbat: - Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar nimasi bilan farq qiladi- dedi o`qituvchi. - Yovvoyi hayvonlar hech qachon … sut, go`sht, teri berishmaydi-dedi o`quvchi Diqqat savol: Nuqtalar o`rnini to`ldiring.
Javob : O`z ixtiyori bilan
Savol : Meksika shaharlaridan biridagi e`lon: …! Shaharda shifoxona, shifokor va dorilar yo`q. Diqqat savol: Nuqtalar o`rnidagi so`zni toping.
Javob : Haydovchilar
Savol : Mashhur futbol murabbiyi Elenio Errera fikricha, omadga erishishning siri to`rtta tezlikda ekan: yugurish tezligi, pas berish tezligi, fint tezligi. Diqqat savol: Oxirgisini toping.
Javob : O`ylash tezligi
Savol : ,,Salomatlik” jurnalining 2003-yilgi bir sonida ,,Bir nafasda yog` bosishi” maqolasi chop etiladi. Maqoladagi suratda ,,Bibliya” syujetini ko`rish mumkin. Unda Odam Ato va Momo Havoga X tutayotgan ilon tasvirlangan. Diqqat savol: X ni toping.
Javob : Gamburger
Savol : 1938-yilgi Jahon Chempionati finalida Italiya va Vengriya bahs olib boradi. Italyanlar o`yinda g`alaba qozongan bo`lsa-da, Vengriya darvozaboni Saboning kayfiyati yaxshi edi. U shunday degandi: ,,Men hayotimda hech qachon bu qadar iftixorni his etmaganman, chunki biz …”. Keyinchalik bu gap ko`pchilikning qalbida saqlanib qolgan. Diqqat savol: Darvozabonning keying gapini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |