Javob : Ro‘molcha
Izoh : Gap bu yerda U.Shekspirning «Otello» asari voqealari haqida ketmoqda.
Savol : Kalamushlar bilasiz,har doim insonga zarar keltirib kelgan.Lekin yaqindaTanzaniyada ushbu hayvonlarga yangi bir vazifani o‘rgatishdi va ular o‘z ishlarini juda yaxshibajara olishlari mumkinligini isbotlashmoqda va inson kasbdoshlaridan farqli ularoq,hattoki birmarta ham xato qilishmayapti.Ularni qaysi kasbga o‘rgatishgan?
Javob : Sapyor.
Izoh : Kalamushlarda hid bilish qobiliyati juda kuchli rivojlangan va ular minalarni bexato topib berishmoqda.Savolda «Sapyor bir marta xato qiladi» degan iboraga ishora qilingan
Savol : Mavzu: Kofe.1.Birinchi qahvaxona aynan mana shu davlatda 1554 yili ochilgan.Qaysi davlatda?2.Eruvchan kofeni ishlab chiqarishning birinchi texnologiyasi XX asrning 30-yillarida aynanmana shu kompaniya mutahassislari tomonidan ishlab chiqilgan.3.Petr I aynan mana shu davlatda bo‘lganida qahvani yoqtirib qoladi va vataniga qaytgach,uAssambleyalarning ajralmas atributiga aylanadi.U qaysi davlatda bo‘lganida qahvani yoqtiribqoladi?
Javob : 1.Turkiya. 2.Nestle. 3.Gollandiya.
Savol : Bekon fikricha,u yaxshi nonushta,lekin yomon kechki ovqatdir,Dantega ko‘ra esa,jahannam darvozalariga kiraverishda u yerga kiruvchi barcha uni qoldirib kirishi kerak.U nimabo‘lishi mumkin?
Javob : Umid.
Savol : Injilda Iso Masih davridagi pullar keltirilgan.Unga ko‘ra, 2 lepton-1 kvadrant,4kvadrant-1 assariy,16 assariy-1 dinor,4 dinor-1 statir, 100 dinor-1 mina,6000 dinor-1 o‘sha pulbirligiga teng.Hozirda esa siz uni hech qancha pulga sotib ololmaysiz,u faqat o‘zingizda bo‘lishikerak.Uni ayting.
Javob : Talant.
Savol : Uning otasi Imron «Bani Isroil» qavmi ichida eng obro‘li kishilardan edi.Uning xotiniXanna befarzand edi.Xanna Allohga iltijo qilib farzand ato etishini so‘rar edi,Alloh unga qizfarzand ato etdi.Siz menga bu qizning kim ekanligini emas,balki uning o‘g‘lini ismini ayting.
Javob : Iso Alayhisalom.
Savol : Mavzu: Islom.1.Islomda ular 4 ta:Azroil,Jabroil,Mikoil va u.Uni ayting.2.Toshkent Islom Universiteti aynan mana shu inson nomida.U kim?3.Qur’oni Karimdagi eng uzun sura-Baqara surasi bo‘lib,286 oyatdan iborat.Siz menga 3 oyatdaniborat bo‘lgan eng qisqa suraning nomini ayting.
Javob : 1.Isrofil. 2.Imom Ismoil al Buxoriy. 3.Kavsar.
Savol : Hattoki katta tajribaga ega bo‘lgan usta-duradgorlar ham uni o‘zlariga bo‘ysundira olmaydilar.U duradgorlarning ashaddiy dushmani hisoblanadi,ularning ishiga halaqit beradi. Bu bo‘ysunmasni bir daqiqadan keyin aytasiz.
Javob : Yog‘ochning ko‘zi
Savol : Polyak shoiri va aforisti Stanislav Yeji Letsning shunday aforizmi bor: «Buprogressiv-diniy odam edi;u odamning maymundan kelib chiqqaniga rozi bo‘lar edi, lekin faqato‘sha maymundan kelib chiqqaniga rozi bo‘lar edi». Qaysi maymundan?
Do'stlaringiz bilan baham: |