Javob : Kosmetolog
Izoh : Go`zallik universiteti.
Savol : Yaponiyalik serjant Shoichi Yokoi Ikkinchi Jahon urushida birorta arzigulik katta jasorat ko`rsatmagan. U shon-shuhratga 1972-yilda erishgan. Hozirgi kunda Guamdagi butun boshli bir muzey unga bag`ishlangan. Diqqat savol:U urush bilan bog`liq qanday ishni amalga oshirgan?
Javob : U urush tugaganini bilmasdan 1972-yilgacha o`rmonda partizanlik qilib yurgan.
Savol : 1889-yil Rimdagi Gullar maydonida haykal o`rnatiladi. Aytishlariga qaraganda, buni eshitgan Rim Papasi Lev XIII qattiq xafa bo`ladi va hatto Rimni tashlab ketishga qaror qiladi. Diqqat savol: U yerga kimning haykali o`rnatilgan?
Javob : Jordano Brunoning
Izoh : U aynan shu yerda yoqilgan.
Savol : Sitsiliyaliklar azaldan qat`iy belgilangan tartiblarga amal qiladilar. ,,Cho`qintirgan ota” asarida aytilishicha, sitsiliyaliklar bu kunda biron-bir odamning hech bir iltimosini yerda qoldirmas ekan. Diqqat savol: Maksimal aniqlikda ayting, aynan qaysi kunda?
Javob : Qizining to`yi kuni
Manbaa : ,,Cho`qintirgan ota” asari
Savol : Italiyaliklarda shunday hazil gap bor: Hayot shunchalik shafqatsizki, yana bir usiz yashab bo`lmaydi. Shuning uchun ham ularda boshqacha u bo`ladi. Diqqat savol: U va Boshqacha U ni toping.
Javob : Ota va Cho`qintirgan ota
Izoh : ,,Cho`qintirgan ota” asari
Savol : ,,Cho`qintirgan ota” asarida qahramonlardan biri Solotsoga Turk deb laqab qo`yishgan. Birinchi sabab Turkiyada uzoq yashaganligi. Diqqat savol: Ikkinchisini siz ayting.
Javob : Huda-behudaga pichoqqa qo`l yugurtirgani uchun
Manbaa : ,,Cho`qintirgan ota” asari
Savol : ,,Choliqushi” asarida Hoji xalfa o`z o`g`li Miratga nasihat qiladi: Mirat, mendan senga otalik nasihati; o`ng quloq so`l qulog`ingda bo`lsin, zinhor X va Y ning orasiga tusha ko`rma. X Y ipakdir, oraga tushgan ko`ppakdir degan gap bor. Diqqat savol: X va Y ni toping.
Javob : Er va Xotin
Manbaa : ,,Choliqushi” asari
Savol : Maria Rokkning qo`shig`idan parcha: Qolar sening qalbingda. Kuy doimo bizlarga hamroh, Daraxtlar ham tushar o`yinga, Faqat sho`rlik bir chag`alay tezob suvda cho`kar, Sen esa najot qo`lin cho`za olmassan… She`rning birinchi qatorida to`rtta so`z tashlab ketildi. Diqqat savol: To`rtta so`zni toping.
Javob : Bahorning o`n yetti lahzasi
Manbaa : Bahorning o`n yetti lahzasi” asari. Semenov Yu. T.Valiyev tarjimasi. 1973. 341-bet.
Savol : Frenk Donellan 130 metrlik natija bilan Avstraliya rekordini o`rnatgan. Diqqat savol: Qaysi borada?
Javob : Bumerang uloqtirish borasida
Savol : Avstraliyalik savdogar Fred Jons o`z mahsulotida uch kilometrlik sayohatni amalga oshiradi. Qaytar chog`ida uning transport vositasi asta-sekinlik yo`qota boshladi. Diqqat savol: Fred nima sotgan?
Javob : Havo shari
Savol : 1775-yil Londonda to`rtburchak shakldagi kauchuklar sotuvga chiqarilgan. Diqqat savol: Ulardan nima maqsadda foydalanilgan?
Javob : O`chirg`ich
Savol : Bu xitoylik Londonda 1750-yilda paydo bo`ldi va London kebmenlarining dushmaniga aylandi. Diqqat savol: Xitoylikni toping.
Javob : Zont. Yomg`irpo`sh
Savol : Sigir va kreslo, tovuq va sirkul, shtativ va royal. Bu juftliklar bir umumiylikka ega. Diqqat savol: Umumiylikni toping.
Javob : Oyoqlari soni bir xil.
Savol : Shveytsariyalik Jan-Jak Babelning hisoblashicha, insoniyat 3500 yillik tarixi davomida 292 yil ularsiz yashagan. Diqqat savol: Nimalarsiz?
Javob : Urush
Savol : Suto, Janubiy Sharqiy Afrika xalqida shunday gap bor: Notanish, yangi joy yurakni bezovta qilsa, tanish joy ularni bezovta qilarkan. Diqqat savol:Nimalarni?
Do'stlaringiz bilan baham: |