Жараёни ва ўзбекистон ёшлари”


GLOBALLASHUV JARAYONIGA TABIIY FANLAR



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/85
Sana11.07.2022
Hajmi1,72 Mb.
#777668
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   85
Bog'liq
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари

GLOBALLASHUV JARAYONIGA TABIIY FANLAR 
TARAQQIYOTINING TA’SIRI
Ruziyev Erkin Abdirajabovich
Samarqand davlat universiteti kimyo fanlari nomzodi, dotsent,
Ruziyev Yorqin Abdirajabovich
Samarqand davlat universiteti o’qituvchisi,
Ruziyev Jamshid Erkinovich
Samarqand davlat universiteti doktoranti
Globallashuv jarayoni insoniyat hayotining barcha soha va yo’nalishlariga 
ijobiy yoki salbiy holda ta’sir ko’rsatadi. U nafaqat ma’naviy yoki ma’rifiy sohalarda, 
balki so’zlashuv, muloqot tillarining mavqei bilan birgalikda tabiiy va aniq fanlar 
ta’limi tizimlarida ham o’z o’rniga ega. Globallashuv jarayonida o’zbek tiliga e’tibor 
bu sohadagi muammolarni bartaraf etish va oldini olishda muhim hisoblanadi. 
Shuning uchun ham ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ona tilining ijtimoiy 
rolini oshirishga qaratilgan bir qancha chora-tadbirlarni ham bajarish lozim. Bunday 
sharoitda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning asosiy Dasturi-O’zbekiston 
Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni talablarini to’liq bajarishdan 
iboratdir. Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimidagi oliygohlarda, masalan, tabiiy fanlar 
yo’nalishidagi kimyo fanlarini o’qitish va ilmiy metodik ishlarni tashkil qilishda 
lotin yozuviga asoslangan darsliklar, o’quv va uslubiy qo’llanmalarning ahamiyati 
g’oyat kattadir. Bunda fan va ta’lim yo’nalishiga tegishli bo’lgan tushunchalar, izohli 
so’zlarning tog’ri yozilishi ham muhim o’rin egallaydi. Bu holda ham nafaqat o’quvchi 
yoki talabalarning, balki o’qituvchi-professorlarning nutq madaniyati ham talab 
darajasida bo’lishi zarur. Nutqning mazmunli, to’g’ri, aniq, mantiqli va ta’sirchan 
bo’lishi, avvalo, til madaniyatiga bog’liq. Uning biror tildagi so’z va atamalarning 
to’g’ri ifodalanishi fan va ta’lim jarayonlarining ta’sirchanligini yanada oshiradi. 


125
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари
Talabalar ko’p hollarda fanga oid bo’lgan so’zlarni aynan muloqotda ifodalagani kabi 
yozadilar, bu esa ilmiy tadqiqotlarda ancha chalkashliklarga olib keladi. Shuning 
uchun ham dars jarayonlarida talabalar bilan birgalikda ustozlar ham bunga katta 
e’tibor qaratishlari lozim bo’ladi. 
Mamlakatimiz xalq xo’jaligi barcha tarmoqlarining jadal rivojlanishi avvalo 
mutaxassis kadrlarning mavjudligi bilan emas, balki ularning sifati bilan ham 
belgilanadi. Fundamental fanlarni o’qitishda, ayniqsa, yangi ilmiy texnologiyalarga 
asoslangan zamonaviy ta’lim olish uslubiyatini yaratish, ta’lim tizimida axborot 
texnologiyalarini qo’llash, zamonaviy asbob-uskunlalar bilan ta’minlash va 
foydalanish ta’lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga egadir. Analitik kimyoni 
o’qitish uning nazariy asoslarini mukammal tushunishdan, ulardan foydalanishdan, 
har bir analitik natijaning to’g’riligini metrologik jihatdan baholashdan, turli analitik 
usullardan olingan ma’lumotlarni ilmiy-metodik nuqtai nazardan asoslashdan va 
analitik tushunchalarni davlat tilida mantiqiy izohlashdan iborat bo’ladi. Analitik 
kimyoda atrof-muhit ob’yektlarining analizlari kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy 
usullar yordamida bajarishda elektrometrik va optik kattaliklarning barchasidan aniq 
modda miqdori va sifatiga bog’liqligi xususiyatlaridan foydalaniladi. Shuning uchun 
ta’lim tizimida o’qitishning ilmiy metodik jihatdan yuqori bo’lishini ta’minlashda 
bir-biriga yaqin bo’lgan fanlar aloqalaridan foydalanish lozimdir. Bularning bari 
global oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlar yoshlarning potensial imkoniyatlarini 
va qobiliyatini faollashtirishni talab qiladi. Ushbu global muammoning yechimi 
shaxsning o’zini o’zi takomillashtirishni ijtimoiy manfaatlar bilan har bir kishini har 
tamonlama rivojlantirishni davlatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti ehtiyojlari 
bilan, bozor iqtisodiyoti talablarini gumanistik ma’naviyatni o’stirish bilan 
integratsiyalashning yangi shakl va usullarini izlab topishdir. Integratsiyalashgan 
darslarni tashki qilish uchun oq’ituvchi darsga tayyorgarlik ko’rishda talabalarda 
faollikni oshirish yo’llarini, mavzuni o’tish modellarini, mashg’ulot jarayonida 
foydalanish lozim bo’lgan vositalarni, usullarni aniqlab oladi. Bu ishlarni amalga 
osirishda mavzuga oid izchil talablar qo’yilishi lozim. Buning uchun o’qituvchi 
darsning kengaytirilgan rejasini tuzib, shu reja asosida ish olib boradi. Talabalar 
mustaqil fikrlash orqali individual ravishda izlanadilar, natijada tafakkur qobilyatlari 
rivojlanadi. Integratsiya tafakkurni o’stirish uchun imkoniyat, sharoit yaratib beradi. 
Integratsiya jarayoni talaba bilan mustaqil ishlash va uni faollashtirishning muhim 
vositasi hisoblanadi. Fan va ta’limning rivojlanishida, aytaylik, analitik kimyo 
fanini o’qitishda o’zaro turdosh fanlar va o’qitish jarayonlarining integratsiyalashuvi 
quyidagi tizim asosida yo’lga qo’yilishi maqsadga muvofiqdir: 
- atrof-muhitdagi analitik ob’yektlar muhofazasi uchun zarur bo’lgan ta’limiy 
jihatlarni to’g’ri tanlash va ulardan o’z o’rnida foydalanish;
- analiz ob’yektlariga tegishli bo’lgan qonunlar, tushunchalar va nazariyalarning 
umumiyligiga e’tiborni qaratish va ilmiy-tadqiqot jarayonlarida tanlangan ilmiy 


126
Дунё глобаллашув жараёни ва Ўзбекистон ёшлари
uslubiyatlarining qo’llanilishidagi hamda aqliy faoliyat usullarining va fanlarning 
o’zaro integratsiyalashuvidagi umumiylik;
- ilmiy-tadqiqot va ta’lim jarayonlarida fanlarning integratsiyalashuvidagi 
istiqbolli aloqalar va axborot texnologiyalari, zamonaviy o’lchov vositalari va 
fundamental tadqiqotlar jarayonidagi o’xshashliklar va umumiyliklar;
- analitik natijalarning tog’riligini ta’minlovchi mantiqiy-strukturaviy sxema, 
jadvallar va usullarning umumiyligi;
- tahlilning o’quv-dasturiy hujjatlaridagi va tushunchalarning mantiqiy to’g’ri 
ifodalanishidagi umumiyliklardan iborat. 
Bugungi kunda tayyorlanayotgan analitik bakalavr va magistrlar tor doiradigi 
alohida mutaxassislik bilan cheklanib qolmasdan, xalq xo’jaligining va ta’limning tuli 
sohalarida ishlab ketish imkoniga ega bo’lishini nazardan chetda qoldirmasligimiz 
lozim. Shuning uchun ham bugungi talaba o’quv rejasida ko’zda tutilgan fanlarni 
o’zlashtirish bilan birgalikda yangi axborot texnologiyalarini, zamonaviy o’lchov 
vositalarini, chet tillarni va davlat tilida to’g’ri muloqot qilish ko’nikmalarini 
o’zlashtirishga harakat qilishlari zarur. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish