Sanoat mollari jahon bozorida rivojlanayotgan
mamlakatlarning tuttan o‘rni
Texnika taraqqiyoti chekka o‘lkalarning nisbatan arzon ishchi kuchi bilan bog‘liq
ustunliklariga batamom putur yetkaza olmadi. Buning ustiga rivojlanayotgan mamlakatlarga
yangi texnologiyalarning kirib kelishi yangi ustunliklarni yuzaga keltirdi.
Mana shunga ko‘ra, turli-tuman g‘ovlarga hamda obyektiv va subyektiv qiyinchiliklarga
qaramay, bir qator chekka mamlakatlar
muqoyasadagi
an’anaviy afzalliklar va yangi qo‘lga
kiritilgan ustunliklardan faol foydalanganliklari tufayli o‘z eksportlari fazilatlarini oshirish va
diversifikatsiya qilishda anchagina yutuqlarga erishdilar.
Rivojlanayotgan mamlakatlardagi ba’zi ishlab chiqaruvchilar eng yirik jahon
korporatsiyalari bian tenglashadigan darajaga yetdilar. Bularning raqobatdagi ustunliklari qisman
mehnat hajmiga nisbatan kam xarajat sarflanishi bilan bog‘liq. 1985 yilda Janubiy Koreya va
Braziliyada avtomobil sanoatida soatbay ish haqi 1,7 AQSH dollaridan iborat bo‘lgan,
Yaponiyada bu raqam 6, GFRda 12, AKSHda 20 dollarni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi kunda
ham bu farqlar sezilarli darajada.
Biroq, ilg‘or texnologiyalarning o‘zlashtirilishi, robotlashtirish, avtomatlashtirishning
joriy etilishi natijasida sifat va samaradorlikka erishiluvi ham katta ahamiyat kasb etmoqda.
Jahon sanoat mahsuloti va yalpi ichki mahsulotning umumiy hajmida rivojlanayotgan
mamlakatlarning salmog‘i 1950 yildan 2000 yilgacha ancha ko‘tarildi. Bu o‘sish darajasi keyingi
25 yil ichida eksportga mo‘ljallangan sanoatlashtirishning afzalliklari aniq ko‘rinib, uning
tarafdorlari ko‘paygandan keyin yuqoriga ko‘tarildi.
Neft eksportidan keladigan tushumlar ikki baravardan ko‘proq kamaygani (347 mlrd dollardan
137 mlrd dollargacha) tufayli 1980-1988 yillarda sanoat mahsulotlarini chetga chiqarish olis
o‘lkalar uchun tashqaridan keladigan mablag‘larni ko‘paytirishda yagona manba bo‘lib
qolganligi sababli bu sohada ko‘tarilish yuz berdi. 1971-2001 yillarda rivojlanayotgan
mamlakatlarning sanoat eksportidagi salmog‘i 3,8 hissa, mashina-texnika mahsulotlari bo‘yicha
esa 10 baravar ko‘paydi.
Mashina-texnika mahsulotlari orasida hozirgi zamon ashyolari va texnologiyasidan
foydalanib ishlab chiqariladigan mahsulotlar eng ko‘p muvaffaqiyatga erishdi. Birinchi navbatda
6u elektronikadir. Avtomobillar, samolyotlar, kemalar, elektr uskunalari, ba’zi qurol-yarog‘ va
texnik jihatdan murakkab bo‘lgan boshqa buyumlarni jahon bozoriga olib chiqishda sezilarli
yutuqlarga erishildi.
Chunonchi, Koreya chetga chiqarayotgan avtomobillar sonini 1970 yilda 28819, 1980
yilda 123135, 2002 yilda 1218020 donaga olib chiqdi. Tayvan metallni qayta ishlashda
qo‘llaniladigan zamonaviy asbob-uskunalar eksportida eng yuqori mavqega ega bo‘ldi.
Shunisi e’tiborliki, rivojlangan davlatlarga sanoat mollarini eksport qilishda
rivojlanayotgan mamlakatlar sanoatining salmog‘i ortib bormoqda. Lekin sanoat mahsulotlarini
eksport qilishda rivojlanayotgan mamlakatlar bir xilda qatnashayotgani yo‘q.
Ayrim mamlakatlarning, bir guruh mamlakatlar va mintaqalarning sanoat mahsulotlari
eksportidagi roli sekin-asta o‘zgarib bormoqda. An’anaviy hisoblangan yetakchilar (Hindiston,
Braziliya, Meksika va boshqalar) o‘z mavqelarini boy bermoqda, ko‘proq yangi kichik davlatlar
keskin ravishda oldingi marralarga chiqib olmoqda.
Ayni paytda rivojlanayotgan mamlakatlardagi sanoatlashtirish jarayoni - texnologik,
ijtimoiy-iqtisodiy qoloqlikni imkoni boricha jadallashtirishga, xalqaro mehnat taqsimotida faol
ishtirokiga, eng serharakat va istiqbolli sohalarini o‘zlashtirishlariga bog‘liq.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon iqtisodiga qo‘shiluvida milliy hukumatning
ta’siri sezilarli. Zotan, ushbu mamlakatlarning yarim asrdan ko‘proq tajribasi shuni ko‘rsatadiki,
ulardagi o‘zgarishlarning umumiy yo‘nalishi, harakatida davlat o‘rnatgan tartib-qoidalar,
iqtisodiy siyosat hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Bularning har ikkalasi rivojlanayotgan
iqtisodlarning umumiy taraqqiyot an’analari, mavjud imkoniyatlari, ehtiyojlariga qanchalik
ko‘proq moslashgan bo‘lsa, zamonaviylashtirish yo‘lidagi olg‘a siljishlar ham shunchalik ko‘p
samara berdi.
Shuning bilan birga, rivojlanayotgan mamlakatlarning xalqaro mehnat taqsimotidagi
tajribasi shuni ko‘rsatadiki, hozirgi sharoitda ularning jahon xo‘jaligi aloqalaridagi an’anaviy
ishtirokida ko‘pincha tashqaridan ko‘rinmaydigan tangliklar ro‘y bermoqda.
Xulosa: jahon iqtisodi va xalqaro iqtisodiy munosabatlar evolutsiyasidagi murakkab
jarayonda o‘zining mustaqil o‘rnini izlab topish asosiy vazifadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |