Me’morchilik. Janubiy Sharqiy Osiyo halqlarining me’morchilik an’analari uzoq tarixiy davlarga borib taqaladi. Xususan bu borada Hindiston memorchilik maktabi o’ziga xos tarixga ega bo’lib, mil. av. III—I-ming yilliklardayoq mudofaa, xo’jalik va turar joy binolari, bog’ va suv havzalari bo’lgan yirik shaharlar (Sanghol, Lothal, Mathura, Pataliputra) qurilgan. Mil. av. IV—II asrlarda ulkan qal’a, saroylar (Patali-putradagi podsho Ashoka saroyi), diniy ashyolarga mo’ljallangan inshoot—stupalar, memorial ustun (stambxa)lar, g’or ibodatxonalari (Karlida, mil. av. I asr; Ajantasa, mil. av. II asr — milodiy VII asr.) va monastirlar, ehromlar yaratil-gan. Milod boshlarida budda ibodatxonalarining yangi turlari (Sangida yer ustiga qurilgan to’rt kolonnali peshayvondan iborat kub shaklidagi ibodatxona, V asr.; Ellorda yaxlit qoyatoshni o’yib ishlangan ibodatxona, VIII-asr) paydo bo’ldi.
XIII asrdan Dexli sultonligi davrida yirik saroy ansambllari, masjid, gumbazsimon maqbara, minoralar (Dexlidagi Kutb Minor deb atalgan minorali Quvvat ul-Islom mas-jidi, 1193 yildan kurila boshlangan) hamda mustahkam qal’a devorlari bilan o’ralgan shaharlar qurildi. Boburiylar davlati tashkil bo’lgach, Hindiston me’morligi yuksak cho’qqilarga erishdi: shahar va qal’a qurilishi san’ati-ning ajoyib namunalari yaratildi (Agra, Ajmer, Ollohoboddagi qal’alar, «Fatehpur-Sekri» shahar-qal’asi, 1569—84), qubbasimon maqbaralar (Dehlidagi Xumoyun maqbarasi, 1565; Agra sh. yaqinidagi Tojmahal) qurildi. Qurilishda marmar eng ko’p ishlatilgan.
Baromi (Roja-sthon), Kanarak (Orissa), Kajuraxo (Madhya-Pradesh)dagi ibodatxonalar hind me’morligining bebaho yodgor-liklariga aylandi. XIX asrda eski shaharlar (Kalkutta, Madras, Bombay) rivojlandi va Yevropa me’morligi uslubidagi inshootlar bunyod etildi. Mustaqillikka erishgach, mamlakatni industrlashtirish bilan bog’liq bo’lgan qurilishlar avj olgan. Lekin qishloqlarda uylar kasb va tabaqalarga bo’lingan holda qurilgan. Qishloq markazida jamoa kengashining uyi qad ko’taradi, unda har bir kasta o’z xudolari va umumiy xudolar haykalchalarini o’rnatib ibodat o’tkazadilar. Har bir oila turar joy, omborxona va molxonadan iborat hovliga ega. Hovli uylarining turlari har xil bo’lib, ular loydan, yog’ochdan, toshdan, tekis tomli, oynasiz qilib qurilgan. Ayniqsa, sohillarda qad ko’targan shaharlar ko’p qavatli chiroyli muhtasham binolari bilan ajralib turadi.Shahardagi o’ziga to’q sanoat markazlarining tevarak-atrofida minglab tartibsiz tiklangan ishchi baraklari va kulbalari ham nihoyatda katta hududni egallaydi.
Janubiy Osiyo xalqlarining kiyimlarini ikki turga bo’lish mumkin: tikilgan va o’rama. Erkaklarida dxoti deb atalgan bel-dan bog’lanib but orasidan o’tkazib o’ralgan ishtonga o’xshash libos, ayollarda uzun matodan bel va oyoqlarini bekitib turadigan o’ralgan ko’ylakka o’xshash kiyimlar (sari) keng tarqalgan. Dxoti va sari ustidan kalta kamzul bilan ko’ylakcha, ayollar kofta, qo’shimcha yubka yoki sharovar kiyishadi. «Oliy» kasta vakillari va ko’pchilik shahar ahli odatda keng va uzun, dehqonlar esa kalta belbog’ shaklidagi dxoti kiyadilar. Bel va oyog’ o’ralgandan qolgan uzun matoning uchi bilan ayollar ko’kragini bekitadilar, ba’zan boshlariga ro’mol qilib yopinib yuradilar. Erkaklar boshiga salla o’raydi, ayollar ro’mol yopinadi va har xil bezaklar taqadi, atir-upalar bilan o’ziga pardoz beradi. Keng ommada jez va ku-mushdan, badavlat kelinlar uchun oltin va qimmatbaho toshlar-dan ishlangan oyoq va qo’llariga taqiladigan bilaguzuklar, qishloqlarda jez, shisha va suyakdan, hatto ayrim o’simlik donalarini quritib tizma. munchoqlar va boshqa turli bezaklar yasaladi. Ba’zi xalqlarda erkaklar ham har xil bezaklar taqadi. Bolalarga, o’spirin qizlarga, kelin-kuyovlarga taqiladigan ko’pgina bezaklar tumor sifatida taqiladi. Ayrim ayollar o’z bezaklarini butun umr yechmaydilar.
Sharqiy osiyoliklarning taomlari ham tabaqalanadi. Ko’pchilik aholining har kungi taomi xamir mahsulotlari, ayniqsa, non va har xil dondan pishirilgan suyuq bo’tqa, atala yoki sho’rva, o’simlik (araxis, kandir, kunji yoki kokos) yoki ziravorda tayyorlangan loviya va sabzavotdan iborat. Qatiq, choy va kofe asosiy ichimlik hisoblanadi. Choyni asosan, sut bilan shirchoy qilib ichiladi. Hindistonda go’sht va mol yog’i kam iste’mol qilinadi. Diniy aqidalar asosida mol (sigir) go’shtini iste’mol qilish man qilingan, sariyog’ eritilgan holda ishlatiladi. Ko’p xalqlarda erkak va ayollar alohida-alohida ovqatlanadi. Odatda qishloq aholisi kuniga ikki marta, dala ishlari vaqtida uch marta tanovul qiladi. Hindlarda oshxona muqaddas hisoblanadi. Ovqatni qo’l bilan yeydilar, qozon-tovoqlari asosan, misdan, to’ylarda ishlatiladigan sopol idishlar esa faqat bir marta ishlatilib, keyin tashlab yuboriladi. Don, suv va sut-qatiqlar uchun sopol idishlardan foydalaniladi.
Unni odatda qo’l tegirmonida, Himolay etaklarida suv tegir-monida chiqarilib, bug’doy, suli makka, arpa, ba’zan guruch unidan, Shimoli-Sharqiy Panjobda qorabug’doy (grechixa) unidan tandirda non (lavad) yopiladi. Non yopilish usuliga qarab turlicha ataladi: chapati, pxulka, rotla, bxakri, hamda qalin qilib tovada sariyog’da qovuriladigan yoki yupqasi (Gudjaratda) kxakra deb yuritiladi. Guruchdan tayyorlanadigan taomlar eng sevimli va keng tarqalgan ovqat hisoblanadi. Qand yoki shinni va yong’oq qo’shilgan shirguruch bayramlarda pishiriladigan tansiq taomdir, Pokiston vaShimoliy Hindistonda, ayniqsa, musulmonlar orasida keng tarqalgan sevimli taom palov (pulou) va shavla (biryoni). Hind palovi qo’y go’shti, tovuq, baliq, sabzi va no’xatdan, har xil ziravor qo’shilib pishiriladi, guruchi alohida yog’da qovurib olinadi, shavlasi esa aksincha guruchni ivitib masallig’i bilan birga damlanadi.Shavlaga odatda yong’oq, mayiz, qovurilgan piyoz qo’shiladi. Induistlar, ayniqsa, jayna mazhabidagilar faqat vegeterian taomlarni iste’mol qiladilar. Hind musulmonlari cho’chqa va mol go’shtini iste’mol qilmaydi, asosan, qo’y go’shti va parranda ishlatiladi. Pokiston,Shimoliy Hindiston va Bangla-deshda har xil go’shtli taomlar, ayniqsa, kaboblar (sich kabob, kufta, shabdeg) tayyorlanadi. Bengallar, tamil va boshqa dravid xalqlarida baliqdan turli taomlar tayyorlanadi.Shri-Lankada ham baliqni har xil turshak va achchiq ziravorlar, piyoz va sarimsoq bilan pishirib iste’mol qiladilar, singallar ham go’shtni (ko’proq mol go’shtini, kamroq qo’y va echki go’shtini) qovurib, qaynatib turli o’tlar, qalampir va sirka bilan iste’mol qiladilar.Shri-Lankada ham eng sevimli taomlar guruchdan jekfrut mevasi bilan pishiriladi. Tovuq go’shti ham eng obro’li taom hisoblanadi. Ammo barcha go’sht, baliq, tovuq va sabzavotga guruch qo’shib tortiladi. Taomlar bilan bog’liq har xil diniy xarakterdagi irimlar ham mavjud. Janubiy Osiyoda ochlik va qashshoqlik oqibatida har xil kasalliklar ko’p tarqalgan.Shu o’rinda aytish lozimki Janubiy Osiyo xalqlarida savodxonlik darajasi nihoyatda past. Masalan, hozir ham Pokistonda 82 foiz aholi savodsiz, 50 foiz maktab yoshidagi bolalar o’qimaydi. Bangladeshda 80 foizdan ortiq kishi o’qish-yozishni bilmaydi. Bunga qaramay Janubiy Osiyo xalqlarining yaratgan dabdabali go’zal monumental arxitektura, dekorativ haykaltaroshlik. mohir o’ymakorlik, tasviriy san’at kabi san’at namunalari jahon madaniyatiga qo’shilgan ulkan hissasidir. Bu yerda o’zlarining qadimiy yozuvlari asosida aniq fanlar, falsafa va adabiyot yaxshi rivojlangan, noyob xalq og’zaki ijodi asarlari, teatr, musiqa va xoreografiya san’ati yuksak mavqyega ega.
Uzoq asrlar davomida janubiy osiyoliklarning siyosiy xo’jalik va madaniy yaqin munosabatlari o’ziga xos umumiy ma’naviy madaniyatni yuzaga keltirgan, umumiy xalq ijodiyoti namunalari yaratilgan. Masalan, qadimiy hindularning muqaddas yozuvlari, vedda gimnlari, buddizm adabiyoti, «Mahabhorat» va «Ramayana» kabi epik asarlar, hikoyalar to’plami, ertaklari va «Panchatantra» masallari, «Katakali» nomli teatrlashtirilgan tomoshalari, jozibador kuylari va xoreografik raqslari butunSharqiy Osiyo xalqlarining umumiy ma’naviy boyliklaridir. Ularning kundalik hayotini qo’shiq va raqssiz tasavvur qilish qiyin. Barcha bayramlar, marosimlar, to’ylar va ko’p mehnat faoliyati kuy, qo’shiq va raqslar bilan nishonlanadi, qo’g’irchoq teatri, fokuschilar va masxarabozlar o’z san’atlarini namoyish qiladilar. Hozirgacha o’rta asrlarda yaratilgan mo’jizali Tojmahal maqbarasi, afsonaviy naqshlar va haykallarga boy Banoras ibodatxonalari va boshqa arxitektura namunalari, Ajanta g’or ibodatxonalaridagi rasmlar, turli rivoyatlarni aks ettirgan haykallar va o’yma naqshlar kishini hayratda qoldiradi. Xalq tabobati va farmokologiyasi yaratgan davolash usullari va dori-darmonlar, yog ta’limoti va boshqa xalq aql-zakovati yaratgan ijobiy tajribalar jahonga mashhur.
Janubiy Osiyo xalqlarining diniy tasavvurlari turlicha bo’lib, bu yerda eng yirik dinlar hinduizm, islom va buddizmdir. Masalan, Hindistonda aholining 83 foizi induistlar, 11 foizi musulmonlar, 3 foizga yaqini nasroniylar, 2 foiz sikxalar, 1 foiz buddistlar va jaynistlar. Nepal aholisining ham ko’pchiligi induistlar (89 foizi). Pokistonda musulmonlar butun aholining 97 foizini, Bangladeshda esa 80 foizini, induistlar 18 foizini tashkil qiladi.Shri-Lanka aholisining 66 foizi buddistlar, 19 foizi induistlar, 8 foizi nasroniylar va 7 foizi musulmonlar.
Hindiston - buddizmning vatani. U mil. avv. VI asrlarda quldorlik jamiyatida keng mehnatkash ommaning kasta tuzumiga, shafqasiz jabr-zulmga qarshi tenglik g’oyasini ko’tarib chiqqan diniy e’tiqod sifatida paydo bo’lgan edi. Buddizm qo’shni mamlakatlarga (ayniqsa, Nepal vaShri-Lankaga) tez tarqalgan. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra tahminan 500 mln. kishi buddiizm diniga e’tiqod qladi. Boshqa ma’lumotlarga ko’ra, konfersiyalar statistikasi bo’yicha yirik mutaxasis D. B. Barretta ma’lumotlariga ko’ra, 1996 yilda butun dunyo bo’yicha buddistlar — 325 mln. kishi bo’lgan(bu butun yer shari aholisining 6% i ni tashkil qiladi). Bu ma’lumotda buddizim bilan boshqa dinga e’tiqod qiluvchilar (avvalo Xitoyda)ni hisobga olinmagan. Ko’rsatilgan buddiizm diniga e’tiqod qiluvchilar orasida Osiyoda — 322 mln. kishi (mazkur qit’a aholisining 9% ), Amerikada — 1,5 mln., Yevropada — 1,6 mln., Avstraliya i Okeaniyada — 200 ming, Afrikada — 38 ming kishini tashkil qilgan.Janubiy Osiyo mintaqasida keng tarqalgan dinlardan biri hinduizm dinidir. Hinduizmga e’tiqod qiluvchilar asosan Hindistonda yashaydi, Pokiston, Bangladesh, Nepal, Shri Lankdda, shuningdek, Janubiy Afrikada, Janubiy-Sharqiy Osiyoda ham uchraydi. Hinduizga jami 780 mln. kishi e’tiqod qiladi (2003). Bu din milodiy eraning 1-ming yilligida shakllangan. Hinduizm veda dini va brahmanizm rivojlanishi va unga keyinchalik xalq e’tiqodi, urf-odatlari, marosimlari singib ketishi jarayonida paydo bo’lgan bo’lib, o’rta asrlarda hukmron mafkuraga aylangan.
Hinduizmning asosida jonning yangi shakl-ga kirishi (sansara) haqidagi ta’limot yotadi. Unga ko’ra, kishi o’lgandan keyin joni (ruhi) yangi o’simlik, hayvon yoki inson tanasiga kirib oladi va qayta tug’iladi. Yangi ruhning qay darajada bo’lishi karma qonuniga, ya’ni kishining hayot davridagi xulq-atvori, xatti-harakatiga bog’liq.
Hinduizmning asosiy maqsadi — insonni mana shu qayta tug’ilish zanjiridan, azob-uqubatidan halos qilish, ya’ni mokshaga erishishdan iborat bo’lgan. Hinduizmdagi turli diniy-falsafiy ta’limotlar mokshaga erishishning yo’llari va vositalarini ishlab chiqilgan.
Hinduizmga e’tiqod qiluvchilar vafot etganlarida yerga ko’milmaydi, balki olovda kuydiriladi. Hinduizga ko’ra shunday qilinsa marhum poklanadi, gunohlari bu dunyoda qoladi. Olov u dunyoga gunohlardan xoli bo’lgan jonning o’zini olib ketadi. Bu dinning aqidalariga ko’ra, odamzot yaratilishidayoq ijtimoiy jihatdan tengsiz yaratilgan. Shuning uchun bu tengsizlikni real hayotda tugatishning iloji yo’q. Chunki unga ta’sir etishga qodir bo’lgan kuchning o’zi yo’q.
Hinduizmda ajdodlar ruhiga topinish alohida o’rin tutadi. Vafot etgan ajdod xudoga tenglashtiriladi. Ajdodlar ruhi bu dunyoda yashayotgan qarindosh-urug’larini qo’riqlaydi, ularning oilasi va hayotini muhofaza qiladi.
Hinduizmning muqaddas kitobi vedalar, «Mahobxarata» (ayniqsa uning «Baha-gavadgita» va «Ramayana» qismlari) va boshqalar Hinduizmda asosiy xudolar - Shiva, Vishnu, Brahmaga sig’iniladi. Ularning ko’rinishi sifatida ko’plab mahalliy xudolar e’tirof etiladi. Hinduizmda tog’lar, daryolar (xususan, Gang), o’simlik (maye, nilufar), hayvonlar (maymun, fil, ilon va ayniqsa, sigir) muqaddas sanaladi va ularga topiniladi.
Hindistondagi diniy marosimlar ibodatxonalarda, uylardagi mehroblar yonida, muqaddas joylarda ado etiladi. Hozirgi Hindiuzmning 2 oqimi — vishnuizm va shivaizm keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |