Janubiy Osiyo xalqlari



Download 47,91 Kb.
bet1/3
Sana24.04.2022
Hajmi47,91 Kb.
#579928
  1   2   3
Bog'liq
4 mavzu Janubiy Osiyo xalqlari (1)

Janubiy Osiyo xalqlari


Janubiy Osiyo tabiiy-geografik va tarixiy-etnografik jihatdan ancha murakkab va xilma-xil. Mazkur mintaqa Hindiston yarim oroli shimolida Himolay-Hindiqush tog’ tizmasi bilan o’ralgan, janubda Hind okeani suvlari bilan yuvilgan, g’arbiy qismida Dekan yassi tog’lari Konkana vodiysi sohili bo’yiga cho’zilgan, sersuv Hind va Ganga daryolaridan paydo bo’lgan serhosil vodiydan iborat o’ziga xos tabiiy iqlimli hududni tashkil qiladi. Katxiyavar yarim orolidan shimoli-sharq tomon cho’zilgan Aravalli tog’ tizmalarining g’arbida joylashgan bepoyon suvsiz Tor yoki Buyuk Hind sahrosi, Rajaston dashti va Sind tekisliklari ham o’ziga xos tabiat manzarasini yaratgan. Agar Assam va Himolay tog’ining janubiy etaklarida jahonning eng sernam voha joylashgan bo’lsa, o’sha kenglikdagi Sind dashtlarida ayrim yillari bir tomchi ham yomg’ir yog’maydi. Ammo Brahmaputra, Hind, Ganga kabi buyuk Osiyo daryolari bilan birga Jamna, Maxanadi, Kistna, Godovori nomli yirik daryolarning oqishi bu yerda sug’orma dehqonchilik xo’jaligi uchun qulay sharoit tug’dirgan. Eng qurg’oq hind tekisliklarida o’simlik dunyosi ancha qashshoq va siyrak, namli tropik iqlimli hududlarda esa har xil daraxtli o’rmonlar uchraydi.


2012 yilgi ma’lumotlarga binoan, Janubiy Osiyoning 4,5 mln. km2 hududida 1.660 mln.dan ortiq aholi yashagan. Shundan eng ko’pi Hindistonda (1,258 mln.), Pokistonda (193,3 mln.), Bangladeshda (152,4 mln.),Shri-Lanka (21 mln.) va Nepalda (31 mln) istiqomat qiladi. Eng kam aholi Butanda (750 ming.) va Maldiv Respublikasida (324 ming) joylashgan.
Antropologik jihatdan janubiy osiyoliklar asosan, katta yevropoid irqiga mansub bo’lib, o’ziga xos janubiy tarmoqni tashkil qiladi. Ular uchun qora qo’ng’iroq sochlar, qo’y ko’zlar, qirra burun, ancha cho’zinchoq yuz xarakterli belgilardir. Bu yerda negroid va mongoloid irqlari bilan aralash tiplarni, shimol va shimoli-sharqda mongoloid, Janubiy Hindiston va Shri-Lankada veddoid, dravid va hatto avstraloid-negritos tiplarini ham uchratish mumkin. Past bo’yli pigmey tipidagi andamanliklar jismoniy tuzilishi bilan ajralib turadi. Umuman, hozirgi etnoslarda veddoid belgilari sezilarli darajada.
Janubiy Osiyoning lingvistik tuzilishi nihoyatda murakkab, bu yerda eng ko’p tillar, yuzlab shevalar uchraydi. Keyingi klassifikasiyaga binoan Janubiy Osiyoda 180 dan ortiq til turkumi, faqat Hindistonning o’zida esa ba’zi ma’lumotlarga ko’ra 1652 til va shevalar mavjud. Qolgan aholi dravid, tamil, munda, kam sonli monkxmer va tibet-birma tillarida so’zlaydigan xalqlar eroniy va dariy til va-killaridir. Hozirgi davrda hind-yevropa tillaridan rasmiy tillar Hindiston Respublikasida hindi, Pokistonda urdu, Bangladeshda bengali, Nepalda nepali,Shiri-Lankada singali, ayrim shtatlarda mustaqil shevalar, eroniy tillaridan pushtu, balujiy, Kashmirda ko’pchilik aholi dariy tilida so’zlashadi, ingliz tili Hindiston Respublikasining ikkinchi rasmiy tilidir.
Janubiy Osiyoga mustamlakachilar - portugallar, gollandliklar, inglizlar XV-XVI asrlardan boshlab kela boshlaydi. 200 yillik mustamlakachilik mahalliy xalqlarning etnik tuzilishiga ta’sir qilmagan bo’lsa-da, mustamlakachilar o’z hukmronligini to’la o’rnata bilgan, ma’muriy-siyosiy jihatdan ancha o’zgarishlar kiritgan, tub aholining sosial-iqtisodiy va madaniy hayotida juda fojiali salbiy iz qoldirgan. Ozodlik, mustaqillik uchun ko’tarilgan ko’p qo’zg’olonlar shafqasizlik bilan bostirilgan. Faqat 1947 yilda hindistonliklarning qahramonona ozodlik kurashi tufayli mustaqillik qo’lga kiritilgan. Shri-Lanka (ilgarigi Seylon)ni XVI asrda Portugaliya bosib olgan. XVII asr o’rtalarida Gollandiya tasarrufiga o’tgan. XVIII asr oxirlarida esa Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylangan. 1948 yili Shri-Lanka mustaqillikka erishadi, ammo iqtisodiy va qisman siyosiy jihatdan Angliya ta’sirida qoladi.
Har bir xalqning shakllanishi jarayonida o’ziga xos xususiyatlar paydo bo’ladi, ammo muayyan hududda va tabiiy-iqlimli sharoitda uzoq davr birga yashab kelgan turli xalq va elatlar ko’p asrlik iqtisodiy va madaniy munosabatlar tufayli xo’jaligi va madaniyatida umumiy belgilarini ham shakllantirib kelganlar.
Janubiy Osiyodagi eng yirik davlatlardan biri bu Hindiston bo’lib, u shimoldaa Himolay tog’lari, g’arbda Arabiston dengizi, sharqda Bengaliya qo’ltig’i bilan o’ralgan.. Hindiston ma’muriy ji-hatdan 28 shtat (state) va 7 ittifoq hudud (territory)ra bo’linadi. Mazkur mamlakatda turli tillarda so’zlashuvchi bir necha yuz millat, elat va qabilalar yashaydi. Aholisining 72 foizi hind-yevropa tillaning hind-oriy tillari guruhida so’zlashuvchi xalqlar — hindustoniylar, marathlar, bengallar, bixarlar, gujarotlar, oriyalar, rajastxonilar, panjobilar tashkil etadi. Kashmirilar dari til guruhiga kiradi. Hindiston janubida, asosan, dravid tillarida, shimoliy va shimoliy-sharqida tibet-birma tillarida so’zlashuvchi xalqlar yashaydi. Shahar aholisi 30foizni tashkil qiladi.


Download 47,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish