Janubiy Osiyo xalqlari



Download 47,91 Kb.
bet2/3
Sana24.04.2022
Hajmi47,91 Kb.
#579928
1   2   3
Bog'liq
4 mavzu Janubiy Osiyo xalqlari (1)

Hindistondagi tillar

O’rni

Til

2001 yil aholi ro’yxati ma’lumotlariga asosan
(Aholi 1,004.59 mln kishil)







So’zlashuvchilar

Foizi

Tarqalish geografiyasi

1

Hindu va uning dialektlari

422 048 642

41,03 %

Shimoliy Hindiston

2

Bengal

83 369 769

8,11 %

G’arbiy Bengaliya, Assam, Jarxand, Tripura

3

Telugi

74 002 856

7,37 %

Andxra-Pradesh, Karnataka, Tamil-Nadu, Maxarashtra, Orissa

4

Maratxi

71 936 894

6,99 %

Maxarashtra, Karnataka, Madxya-Pradesh, Gudjarat, Andxra-Pradesh, Goa

5

Tamilskiy

60 793 814

5,91 %

Tamil-Nadu, Karnataka, Pondisheri, Andxra-Pradesh, Kerala, Maxarashtra

6

Urdu

51 536 111

5,01 %

Jammu va Kashmir, Andxra-Pradesh, Dehli, Bixar, Uttar-Pradesh

7

Gujarat

46 091 617

4,48 %

Gudjarat, Maxarashtra, Tamil-Nadu

8

Kannada

37 924 011

3,69 %

Karnataka

9

Malayalam

33 066 392

3,21 %

Kerala, Lakshadvip, Maxe, Pondisheri

10

Oriya

33 017 446

3,21 %

Orissa

11

Panjob

29 102 477

2,83 %

Panjob, Chandigarx, Dehli, Xaryana

12

Ossam

13 168 484

1,28 %

Ossam

13

Maytxili

12 179 122

1,18 %

Bixar

14

Santali

6 469 600

0,63 %

Bixar,Chxattisgarx, Djarkxand va Orissa shtatlarida yashovchi santal qabilasi

15

Kashmir

5 527 698

0,54 %

Jammu va Kashmir

16

Nepal

2 871 749

0,28 %

Sikkim, G’arbiy Bengaliya, Ossam

17

Sindx

2 535 485

0,25 %

Gudjarat, Maxarashtra, Radjastxan, Madxya-Pradesh

18

Konkan

2 489 015

0,24 %

Konkan (Goa, Karnataka, Maxarashtra, Kerala)

19

Dogri

2 282 589

0,22 %

Jammu va Kashmir

20

Manipuri

1 466 705

0,14 %

Manipur

21

Bodo

1 350 478

0,13 %

Assam

22

Sanskrit

14 135

N

Mattur

Mamlakat aholisining 80 foizi hinduiylik diniga, 14foizi islomga, 2,4 foizi xristianlikka va 2 foizi sikhizmga e’tiqod qiladi. Hindistonning Mumbay (13 073 926), Dehli (11904217) Bangalor ( 5 281 927), Kalkutta( 5 080 019), Chennay (4 376 400), Axmadobod (3 819 497), Haydarobod (3 665 106) kabi shaharlari yirik shaharlar hisoblanadi.


Hindiston agrar-industrial mamlakat bo’lib, qishloq xo’jaligida mayda dehqon xo’jaliklari ustunlik qiladi. Mamlakatda ■ 8 mln.dan ortiq fermer xo’jaligi bor.. Qishloq xo’jaligi dehqonchilikka ixtisoslashgan. Asosiy ekinlari — sholi, bug’doy, tariq, dukkakli don ekinlari va moyli o’simliklar yetishtiriladi. Hindiston shakarqamish, yer yong’oq, choy, jut, kanakunjut, paxta yetishtirish bo’yicha dunyoda oldingi o’rinlarda turadi. Shuningdek, qauchuk,; kofe, makkajo’xori, tamaki, kalam-pir, ziravorlar (murch, kardamon, mushk, dolchin va h.k.) yetishtiriladi. Hindistonda kokos palmasi, banan, sitrus va boshqa mevali daraxtlar ham o’stiriladi. Chorvachiligida qoramol, qo’y, echki, cho’chqa, yilqi, tuya, par-randa boqiladi. Pillachilik rivojlangan. Baliq va dengiz hayvonlari ovlanadi. O’rmon xo’jaligida qimmatbaho yog’och tayyorlanadi.
Hindistonda hosil yiliga ikki marta olinadi. Shuning uchun qishloq xo’jalik yili ikki mavsumga ajragan: iyun-oktabr oylari yozgi (harif) va oktabr-aprel qishki (rabi), Harif mavsumida asosan, sholi, suli, makka va hokazo, rabi mavsumida esa bug’doy, arpa, dukkakli va yog’ ekinlari ekiladi.
Uy hayvonlari (yirik va mayda shoxli mol) saqlashda Hindiston jahonda birinchi o’rinni egallaydi. Bu hol mamlakat farovonligi bilan bog’liq emas, balki diniy e’tiqod bilan belgilanadi. Chunki hinduizm dinida jonivorlarni o’ldirish gunoh hisoblanganligi tufayli molni so’yish man qilingan. Faqat musulmon davlatlar - Pokiston va Bangladeshda mol go’shti ishlatiladi. Maxsus chorva xo’jaligi G’arbiy Pokistondagi ko’chmanchi aholida, Hindistonning Maysur shtatida mavjud. Bu yerda asosan, hayvon kuchi sifatida va sut mahsulotlari ishlab chiqarish uchun yirik shoxli mol. echki, qo’y, cho’chqa, Pokistonning g’arbiy hududlarida esa tuya va ot boqiladi. Janubiy Osiyoning ayrim hududlarida og’ir ishlarda, masalan, yog’och tayyorlashda, fil kuchidan foydalaniladi. Hindistonning shimoliy va markaziy qismida joylashgan, tog’ etaklarida, Nepal va Shri-Lankaning janubidagi tog’li joylarida primitiv dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik, ovchilik, daryo va dengiz sohillarida baliqchilik, o’rmon va to’qayzorlarda yig’im-terimchilik bilan kun kechirayotgan xo’jaliklar ham ko’p uchraydi. Mintaqaning shimoliy qismida choy va jut plantasiyalari ko’proq, markaziy vohalarida paxta va ko’knor, Janubiy Dekon va Shri-Lankada kofe, kauchuk va kokos plantasiyalari muhim sohaga aylangan.
Butun Janubiy Osiyoda qadimdan hunarmandchilik nihoyatda rivojlangan. Ayniqsa, turli nozik matolar to’qish (mashhur kashmir ro’mollari, Hind to’qima mahsulotlari), metall. yog’och va suyakdan badiiy buyumlar yasash, asl tosh va metallardan yaratilgan ajoyib bezaklar, turli xildagi va rang-barang naqshli, o’ymakorli mahsulotlari ishlab chiqarish ancha o’sgan edi. Ammo ko’p yil davom etgan ingliz mustamlakachiligi hunarmandchilikka ham katta putur yetkazdi. Jahonda ip gazlama ishlab chiqarishda birinchi o’rinda turgan mamlakatlardan hisoblangan Hindiston XIX asrlardayoq Angliya fabrikantlarining mahsulotlari bilan mamlakatni to’ldirib tashlanishi natijasida mahalliy to’qimachilik inqirozga uchrab, yuz minglab Hind to’quvchilari kundalik tirikchiligidan mahrum bo’lib o’limga hukm qilingan edilar. Hindiston mustaqillikka erishib Respublika tashkil topgandan keyin badiiy hunarmandchilik qaytadan ravnaq topa boshladi va milliy iqtisodiyotning muhim sohasiga aylandi. Hukumat maxsus hunarmandchilik ishlari bo’yicha Butun Hind boshqarmasini tashkil etib hunarmandlarni zarur xomashyo bilan ta’minlab, ularning mah-sulotlarini sotishda katta yordam bermoqda.
Janubiy Osiyo mamlakatlari mustaqillikni qo’lga kiritganlaridan keyin, qisqa muddat ichida mustamlakachilardan meros qolgan iqtisodiyotni qayta qurish ishida ancha muvaffaqiyatlarga erishdilar. Masalan, Hindistonda o’tkazilgan proteksionizm va iqtisodiyotda davlat boshqaruvining turli shakllarini keng joriy qilish (davlat sektorini lisenziyalash, narx-navo, eksport, import va hokazolar ustida nazorat o’rnatish)da industrlashtirish yo’li sanoat ishlab chiqarishining o’sishiga yorcjiam berdi. Og’ir industriya va energetikaning ilgari mutlaqo bo’lmagan yoki nihoyatda sust rivojlangan tarmoqlari, ayniqsa, tez o’sa boshladi.
Janubiy Osiyo xalqlarining oila va nikoh munosabatlari diniy e’tiqodiga qarab farq qiladi. Musulmonlarning maishiy-oilaviy turmushi shariatga asoslangan, hinduistlarniki esa patriarxalchilikni yoqlab kelgan kasta qoidalariga tayanadi. Yaqin davrlargacha erta nikoh tartiblari (nikohlash 2-4 yoshligida, uylanish marosimi 6-8 yoshligida) amalga oshirilgan. Ko’p xalqlarda beva qolgan ayol eri yosh o’lsa ham ikkinchi marta turmushga chiqishga haqqi yo’q bo’lgan. Ayrim elatlarda ona urug’i munosabatlarining qoldiqlari saqlangan. Masalan, Janubiy Hindistondagi nayri xalqida meros ona tomonidan belgilanadi, ayollar erkaklar bilan teng huquqda. Albatta mazkur tartiblar erkin bozor munosabatlarining ta’siri ostida asta-sekin yemirilib borgan.
Hindistonning asosiy dini hisoblangan induizm toifalarga bo’linishni, sosial tengsizlikni muqaddaslashtiradi. Oliy darajadagi pog’onani ruhoniy braxmanlar, feodal zodagonlar, harbiy sarkardalar, amaldorlar va savdogarlar egallaydi. Eng ko’p qismini «sof» kasta dehqonlar bilan shaharliklar tashkil qiladi. Eng pastki pog’onani «nopok» kasbdagi kishilar - teri oshlaydigan ishchilar, ko’nchilar, etikdo’zlik (induis dinida xom teriga qo’l tekkizish harom hisoblangan), farroshlar, kir yuvuvchilar, murdashular, axlat tashuvchi va boshqa ifios ishdagi mehnatkashlar egallaydi. Hindistonning yangi konstitusiyasi qabul qilinish arafasida «nopok» kastalarga oid kishilarning soni 50 mln.dan ortiq bo’lgan. Islom dini kastachilik tafovutlarini inkor qilsa ham kasta tabaqalari Hind musulmonlari orasida qisman saqlangan.

Download 47,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish