JANUBIY KOREYA REJA: KIRISH 1,JANUBIY KOREYA HAQIDA UMIMIY MA’LUMOTLAR 2,JANUBIY KOREYA IQTISODIYOTI HAQIDA MA’LUMOTLAR JANUBIY KOREYA DAVLATI. - Koreya Respublikasi, norasmiy nomlari: Janubiy Koreya, Koreya (Sharqiy Osiyoda, Koreys yarimorolida joylashgan mamlakatdir. Shimoldan Koreya Xalq Demokratik Respublikasi bilan chegaradosh. Poytaxti — Seul shahri aglomeratsiyasi aholisi boʻyicha jahonda ikkinchi oʻrinda turadi
Koreya jahonning eng qadimgi tamaddunlaridan biridir;[2] uning hududida Quyi Paleolit davridayoq odamlar yashaganligi maʼlum. Uch Koreys Qirolligining 668-yildagi birlashuvidan to 1910-yilgacha koreys xalqi yaxlit mamlakatda yashadi. Koreya boʻlinishidan soʻng 1948-yili Janubiy Koreya davlati yaratildi. Koreys Urushidan keyin Koreya Respublikasi iqtisodiyoti kuchli o'sishni boshidan kechirib, mamlakat Katta Yigirmatalik safiga kirdi.[3] Bugungi kunda Janubiy Koreya Toʻrt Osiyo Barslaridan biri, deb hisoblanadi. Janubiy Koreya BMT, WTO, OECD, APEC kabi tashkilotlar aʼzosi, AQShning yaqin hamkorlaridan biri boʻlib, xalqaro siyosatda faol qatnashadi. - Koreya jahonning eng qadimgi tamaddunlaridan biridir;[2] uning hududida Quyi Paleolit davridayoq odamlar yashaganligi maʼlum. Uch Koreys Qirolligining 668-yildagi birlashuvidan to 1910-yilgacha koreys xalqi yaxlit mamlakatda yashadi. Koreya boʻlinishidan soʻng 1948-yili Janubiy Koreya davlati yaratildi. Koreys Urushidan keyin Koreya Respublikasi iqtisodiyoti kuchli o'sishni boshidan kechirib, mamlakat Katta Yigirmatalik safiga kirdi.[3] Bugungi kunda Janubiy Koreya Toʻrt Osiyo Barslaridan biri, deb hisoblanadi. Janubiy Koreya BMT, WTO, OECD, APEC kabi tashkilotlar aʼzosi, AQShning yaqin hamkorlaridan biri boʻlib, xalqaro siyosatda faol qatnashadi.
Janubiy Koreya iqtisodiyoti yuqori texnologiyalar va qulay infratizimga asoslangan, Samsung, LG, Hyundai-Kia kabi koreys shirkatlari elektronika, avtomobil, kema, mashina va robotlar ishlab chiqarishadi. Janubiy Koreya shuningdek taʼlimi ilgʻor mamlakatlardan biri boʻlib, aholisi ilmiy savod darajasi boʻyicha jahonda birinchi, matematik savod boʻyicha esa ikkinchi oʻrinda turadi. - Janubiy Koreya iqtisodiyoti yuqori texnologiyalar va qulay infratizimga asoslangan, Samsung, LG, Hyundai-Kia kabi koreys shirkatlari elektronika, avtomobil, kema, mashina va robotlar ishlab chiqarishadi. Janubiy Koreya shuningdek taʼlimi ilgʻor mamlakatlardan biri boʻlib, aholisi ilmiy savod darajasi boʻyicha jahonda birinchi, matematik savod boʻyicha esa ikkinchi oʻrinda turadi.
Janubiy Koreyaning 1997-yildagi inqirozgacha boʻlgan ildam iqtisodiy rivoji "Sharqiy Osiyo Moʻjizasi" deb atalgan. Uch dekada shiddatli iqtisodiy rivojlanish kambagʻal agrar mamlakatni dunyodagi oʻn ikkinchi iqtisodiy-eksport davlatiga aylantirdi
1996-yil 12-dekabrda Koreya Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (IHRT)ga qabul qilinishi haqiqatan Koreya iqtisodiyotining avjiga chiqqan payti boʻldi. Koreyaning bunday tez rivoji yuqori darajadagi jamgʻarma va sarmoyaga katta yordam berdI
milliy taʼlimning taraqqiy topishiga ragʻbat boʻldi. Shuning evaziga bugungi kunda bir qancha yosh oʻgʻil-qizlar dunyoning eng nufuzli oliygohlarida taʼlim olishmoqda.
1945-yili Yaponiya qaramligidan ozod boʻldanidan soʻng milliy iqtisodiyotni rivojlantirish xalqning hayot-mamot masalasiga aylandi. Tabiiy boyliklarning cheklanganligi, ichki bozorning zaifligi va iqtisodiy rivojlanish tajribasiga ega boʻlmasligiga qaramay, Koreya milliy iqtisodiyotning barqaror va mustaqil rivojlanishini amalga oshirdi.
1950—53-yillarda boʻlib oʻtgan Koreys Urushi Janubiy Koreya iqtisodiyoti rivojlanishiga katta putur yetkazdi. Bir xalqning oʻzaro urushib ikki qismga boʻlinishi Koreya tuprogʻida buzgʻunchilik va alamli xotiralarni qoldirdi. Urush qurbonlari va nogironlar soni 1,5 mlnni tashkil etadi. Urushning moddiy zarar qiymati 1953-yil narxlarida 3,1 mlrd AQSh dollarini tahskil etdi.
Janubiy Koreyaning urushdan koʻrgan zarari 1953-yilgi Milliy Yalpi Maxsulot (YMM)ning 85%ini tahskil etti. Urushdan keyingi qayta tiklanish davrida (1953-1960-yy) rivojlanish darajasi xorijiy davlatlarning yordamlari boʻlishiga qaramay past boʻldi. Shunday boʻlsa-da, 1953-yildan 1995-yilgacha oʻrtacha Milliy Yalpi Maxsulot oʻsishi 7,6%ni tashkil etdi, bu esa 21 marta oʻsganligidan dalolat berdi.
Bu vaqt davomida aholi yillik oʻsishi 2,2%, YMM real daromadi aholi boshiga 5,6%ni, yani 9,3 marta oʻsishni tahskil etdi. 1953-yildan 2007-yilgacha Janubiy Koreya YMM 2,3 mlrddan 1,2 trln AQSh dollariga oʻsdi. Aholi boshiga YMM daromadi qiymati 67 AQSh dollaridan 24 600 dollarga oʻsganini koʻrsatadi. - Bu vaqt davomida aholi yillik oʻsishi 2,2%, YMM real daromadi aholi boshiga 5,6%ni, yani 9,3 marta oʻsishni tahskil etdi. 1953-yildan 2007-yilgacha Janubiy Koreya YMM 2,3 mlrddan 1,2 trln AQSh dollariga oʻsdi. Aholi boshiga YMM daromadi qiymati 67 AQSh dollaridan 24 600 dollarga oʻsganini koʻrsatadi.
- 1960-yillarda boshlangan iqtisodiy rivojlanish ishlab chiqarish sohasida oʻz aksini topti, asosan avtomobilsozlik, neftni qayta ishlash, elektronika, kemasozlik, tekstil va poʻlatni qayta ishlash sohalari bunga misol boʻla oladi.
Koreyaning oʻsha davrdagi iqtisodiy ishlash tizimini quyidagicha izohlash mumkin. 1961-yildan boshlanib 1979-yilga qadar davom etgan qoʻmondon Pak Jong Hi davlat rahbarligi davrida dunyodagi mavjud siyosiy ziddiyat sababli Janubiy Koreyaga gʻarb davlatlari va Yaponiya sarmoya qila boshladi. Davlat koreys tilida "cheboʻl" deb ataluvchi katta korxonalarni rivojlantirish maqsadida chet eldan kelgan sarmoyani ular uchun quyi foizlarda foydalanishiga ruxsat berildi. Bunga asos katta korxonalarning rivojlanishi, keyinchalik kichik va oʻrta biznesning rivojlanishiga sabab boʻlishiga ishonch edi. Qoʻmondon Parkning eksportga yoʻnaltirilgan iqtisodiy rivojlanish siyosati 5 yillik rejalar asosida muvoffaqiyatli amalga oshirildi. - Koreyaning oʻsha davrdagi iqtisodiy ishlash tizimini quyidagicha izohlash mumkin. 1961-yildan boshlanib 1979-yilga qadar davom etgan qoʻmondon Pak Jong Hi davlat rahbarligi davrida dunyodagi mavjud siyosiy ziddiyat sababli Janubiy Koreyaga gʻarb davlatlari va Yaponiya sarmoya qila boshladi. Davlat koreys tilida "cheboʻl" deb ataluvchi katta korxonalarni rivojlantirish maqsadida chet eldan kelgan sarmoyani ular uchun quyi foizlarda foydalanishiga ruxsat berildi. Bunga asos katta korxonalarning rivojlanishi, keyinchalik kichik va oʻrta biznesning rivojlanishiga sabab boʻlishiga ishonch edi. Qoʻmondon Parkning eksportga yoʻnaltirilgan iqtisodiy rivojlanish siyosati 5 yillik rejalar asosida muvoffaqiyatli amalga oshirildi.
Iqtisodiyot asosiy qismini qishloq xoʻjaligi tashkil qilgan yillar ham boʻlgan. Endilikda esa Janubiy Koreya qayta ishlash sohasi bilan gʻururlansa boʻladi, chunki 1997-yilning oʻzida YMM ning 25,7%ini ishlab chiqarish tashkil etti. 1997-yilgi YMM 5%ga, 1996-yil 6,8%ga, 1995-yil esa 8,9%ga oʻsish kuzatilgan edi. 1998-yil YMM oʻsishi 6,7% manfiy koʻrsatkichni tashkil etti. Buning asosiy sababi 1997-yilda Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlaridagi iqtisodiy boʻhron oqibatidadir. Xorijiy sarmoyadorlarning Xitoy kabi boshqa rivojlanayotgan davlatlarga sarmoyalarini koʻchirishi bilan iqtisodiy ahvol yanada salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishiga qaramay, 1999-yil YMM oʻsishi 10,9%, 2000-yil 9,3%, 2001-yil 3%, 2002-yil 6,3%ni, 2007-yil 4,8%ni va miqdori 1,2 milliard AQSh dollarini tashkil etti. - Iqtisodiyot asosiy qismini qishloq xoʻjaligi tashkil qilgan yillar ham boʻlgan. Endilikda esa Janubiy Koreya qayta ishlash sohasi bilan gʻururlansa boʻladi, chunki 1997-yilning oʻzida YMM ning 25,7%ini ishlab chiqarish tashkil etti. 1997-yilgi YMM 5%ga, 1996-yil 6,8%ga, 1995-yil esa 8,9%ga oʻsish kuzatilgan edi. 1998-yil YMM oʻsishi 6,7% manfiy koʻrsatkichni tashkil etti. Buning asosiy sababi 1997-yilda Janubiy-sharqiy Osiyo davlatlaridagi iqtisodiy boʻhron oqibatidadir. Xorijiy sarmoyadorlarning Xitoy kabi boshqa rivojlanayotgan davlatlarga sarmoyalarini koʻchirishi bilan iqtisodiy ahvol yanada salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishiga qaramay, 1999-yil YMM oʻsishi 10,9%, 2000-yil 9,3%, 2001-yil 3%, 2002-yil 6,3%ni, 2007-yil 4,8%ni va miqdori 1,2 milliard AQSh dollarini tashkil etti.
Janubiy Koreyaning elektronika va mashinasozlik shirkatlari jahonda yetakchi oʻrinlardadir; ular qatoriga LG, Samsung va boshqalar kiradi. Butun dunyodagi LCD monitorlarning 50%i aynan Janubiy Koreyada tayyorlanadi.[9] Samsung va LG mobil telefon ishlab chiqaruvchilari orasida dunyoda yetakchi shirkatlardandir. - Janubiy Koreyaning elektronika va mashinasozlik shirkatlari jahonda yetakchi oʻrinlardadir; ular qatoriga LG, Samsung va boshqalar kiradi. Butun dunyodagi LCD monitorlarning 50%i aynan Janubiy Koreyada tayyorlanadi.[9] Samsung va LG mobil telefon ishlab chiqaruvchilari orasida dunyoda yetakchi shirkatlardandir.
Janubiy Koreya aholisi elektronikadan eng koʻp foydalanuvchi xalqlar qatoriga kiradi. Internetdan foydalanuvchilarning foiz nisbatdagi soniga koʻra birinchi oʻrinda turadi.[10] 2020-yilgacha har bir koreys xonadonida kamida bitta robot boʻlishi rejalashtirilgan.[11] Bu reja orqali Koreya aholisining keksayishi va shu tufayli ishchi kuchi hamda askarlar soni kamayishi muammolari qisman hal qilinishi koʻzda tutilgan. - Janubiy Koreya aholisi elektronikadan eng koʻp foydalanuvchi xalqlar qatoriga kiradi. Internetdan foydalanuvchilarning foiz nisbatdagi soniga koʻra birinchi oʻrinda turadi.[10] 2020-yilgacha har bir koreys xonadonida kamida bitta robot boʻlishi rejalashtirilgan.[11] Bu reja orqali Koreya aholisining keksayishi va shu tufayli ishchi kuchi hamda askarlar soni kamayishi muammolari qisman hal qilinishi koʻzda tutilgan.
ADABIYOTLAR - IKTISODIY GEOGRAFIA
- WWW.WIKEPEDIA,UZ
- ZIYONET KUTUBXONASI
Do'stlaringiz bilan baham: |