Reja:
Kirish
Janr tushnchsi va uning mazmun mohiyati
Publisistik uslub (gazeta tili)ning lingvistik xususiyatlari
Badiiy uslubning o`rganilishi va ayrim lingvistik xususiyatlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Bugun taraqqiyot pillapoyasidan ildamlab borayotgan yurtimizning har jabhasi paydar-pay qalamga olinsa, o‘nlab boburnomalar, yuzlab sayohatnomalar yaratishga arzigulik manbalar mavjud. Masalan, mustaqillik sharofati bilan aholisining turmush tarzi tubdan farovonlashgan Samarqand‚ Andijon, Farg‘ona, Namangan, Urganch kabi shaharlar, butunlay qiyofasi yangilanayotgan azim Shahrisabz yoki boshqa shahar va qishloqlardagi bunyodkorlik ishlarining o‘zi bir olam mavzu.
Vodiyga temir yo‘l o‘tkazish uchun tog‘ bag‘rini o‘yayotgan Farhodlar jasorati, mashaqqatli mehnatini zalvorli asarlardagina aks ettirish mumkin. Jahon arenalarida yurtimiz bayrog‘ini hilpiratayotgan sportchilarni ko‘rganda yurak hapqirib, qalamingiz o‘ynoqlab ketadi. Asakada, Urganchda, Samarqandda ishlab chiqarilayotgan turli rusumdagi avtomobillar, avtobuslar g‘izillab el xizmatida yursa, “MAN” korxonasining mahobatli yuk mashinalari og‘iringizni yengil qilsa, shuning o‘zi mahobatli asar bitgulik voqea emasmi? Namanganda tikilgan bejirim kostyum-shimlarda yursangu Sho‘rtangaz va boshqa yangi gaz konlari taftidan iligan “Kamolot” uylarida yashasang, qishning o‘rtasida o‘zimizning bog‘larda yetilib pishgan sarxil mevalarni yeya turib “shularning bari o‘zimizniki …” deya yengil tin olsang! O‘shanda bularning hech biri o‘z-o‘zidan bunyod bo‘lib qolmaganini, uning zamirida, ulkan mehnat, ilmiy salohiyat turganini his etasan. Bosma nashrlarda chop etilayotgan xabarlar, yangiliklar vodiyga temir yo‘l o‘tkazilayotganini ayon qilib bu voqea tarix zarvaraqlarida jahonshumul voqelik sifatida o‘rin ham egallagandir. Ammo uning tag zamirida xal-qimiz shijoati turganini kichkina xabar-yangiliklarda ko‘rsatib bo‘lmaydi. Yurtimiz jamoli, xalqimizning chehrasiga qarab chin publitsistika yozish davri keldi, deysan beixtiyor. Ammo bunday asarlar salmog‘i qay darajada, degan savol ham tug‘iladi. To‘g‘ri, ba’zi ijodkorlarimiz asarlarini bugungi ijtimoiy hayotimizning so‘zlardagi aksi, publitsistikamiz poydevoriga g‘isht qo‘yish deyishimiz mumkin. Lekin jadallashgan zamonamiz, o‘zgarishlarga boy hayotimiz haqida bular dengizdan tomchi bo‘la oladi, xolos. Masalan, Sirojiddin Sayyidning “Samarqandda hushim qoldi” ocherki shahardagi o‘zgarishlar yangi qurilgan inshootlar va Samarqand aholisi haqida so‘zlab o‘quvchi qalbiga viloyat xalqi hayoti haqidagi tushunchani singdiradi. “Afrosiyob xayoli” bo‘limida mamlakatimizda birinchi tez yurar “Afrosiyob” poezdi haqida so‘z boradi. Uni jahonshumul voqea to‘g‘risidagi badiiy, tasviriy manba sifatida tilga olishimiz mumkin. “Oqdaryoga boqdaryo”, “Afrosiyob ovrosiyo” kabi so‘z o‘yinlari yo‘l ocherkidagi badiiylik, xalqchillik o‘quvchini mahliyo qilib qo‘yadi. Yoki Rustam Musurmoning Eski jo‘va mavzesi “Chorsu” bozoridagi bunyodkorliklar tavsiflangan ocherki hech kimni e’tiborsiz qoldirmaydi. To‘lan Nizomning janubiy viloyatlarga o‘tkazilgan temir yo‘l haqidagi “Temir yo‘l” dostoni o‘sha yo‘ldan borayotgan poezd vagonlarida bir kun qo‘lma-qo‘l bo‘lar, deb o‘ylaysan. Zamon shitobiga nazar solar ekansan, chinakam publitsistikaning davri kelganiga amin bo‘lasan. “Xo‘sh chinakam publitsistika o‘zi nima? Uning vazifasi nimalardan iborat? Chinakam publitsistik asarlar yaratish qiyinmi?” degan savollar qarshisida xayol surib qolasan kishi. Shunday ekan, kelajak avlodlarning bunday maqolalarni kuzatib adabiy muhitni to‘g‘ri baholash va ularning rivojida nimalarga e’tibor qaratish kerakligini tushunib xulosalar chiqarishini hisobga olib, matbuotda tahliliy materiallarga ko‘proq o‘rin berish davr talabi ekanini anglaysan.
Do'stlaringiz bilan baham: |