Kirish……………………………………………………………………………..
Kirish
Globallashuv sharoitida shiddat bilan rivojlanib borayotgan davr davlat va jamiyat oldiga dolzarbligi va qamrovi kun sayin ortib borayotgan zamonaviy talablarni qo’ymoqda. Olamshumul strategik maqsadlarga erishish, yangi marralarni zabt etish, rivojlangan davlatlar qatoridan o’rin olish uchun mamlakatda bilimli, tajribali va zamonaviy fikrlaydigan yuksak salohiyatli kadrlar, mutaxassislarning o’rni beqiyos. Bunday raqobatdosh kadrlarga bo’lgan ehtiyojni qondirish zamirida inson kapitali, sodda qilib aytganda, inson va uning salohiyatini kashf etish hamda buyuk maqsadlarga erishishga safarbar qilish kabi ulug’vor vazifalar turadi.
Mamlakatimiz uchun ilm – fan sohasidagi ustuvor yo’nalishlarni aniq belgilab olishimiz kerak. Hech bir davlat ilm – fanning barcha sohalarini bir yo’la taraqqiy ettira olmaydi. Shuning uchun biz ham har yili ilm – fanning bir nechta ustuvor yo’nalishini rivojlantirish tarafdorimiz.
Joriy yilda matematika, kimyo – biologiya, geologiya kabi yo’nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlarni faollashtirib,olimlarga barcha shart – sharoitlar yaratib beriladi. Ilm – fan yutuqlarining elektron platformasi,mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasini shakllantirish lozim.1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga2 muvofiq umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash, o’sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy – axloqiy va intellektual rivojlanishni sifat jihatidan yangi darajaga ko’tarish, o’quv – tarbiya jarayoniga ta’limninginnovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, O’zbekiston Respublikasining 2030 – yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg’or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o’quvchilarning o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi kimyo – biologiya, fizika fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo’naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan.
Shunday ekan biz kimyo fani o’qituvchilari o’z oldimizga o’quvchilarning xalqaro ta’lim standartlariga mos holda o’qitishimiz kerak. Buning uchun biz PISA asosida o’quvchilarning testlarga tayyorlashimiz ularga PISAning asl mohiyatini tushuntirishimiz, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishimiz kerak. Hozirgi kunda bizni oldimizdagi eng katta muammolardan biri PISA xalqaro dasturi reytingiga tayyorgarlik ko’rsatish va kuchli natijalarni egallashimiz kerak.
PISA xalqaro baholash dasturi o’quvchilarning ta’lim olishga bo’lgan munosabati va motivatsiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar to’playdi hamda ularning muammoni hal qila olsh ko’nikmalarini, masalan, global ahamiyatga ega masalalarni hal etishda o’quvchi yoshlarning fikr – mulohazalari va ular bergan taklif va yechimlarni baholaydi.3
“Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi” milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi shuningdek, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan bo‘lib, u milliy modelni ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan ta’lim va kasb-hunar dasturlarini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, pedagogik-psixologik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldidagi javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni o‘z oldiga maqsad qilib olgandir.
Darhaqiqat, “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi” inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratishda eskirgan taffakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirishda Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning samara berishida asosiy ro‘l o‘ynovchi yuqori malakali, zamonaviy kadrlarni tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib olgan .Bu borada Mustaqillik yillarida Respublikada amalga oshirilgan islohatlar doirasida uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish, uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida faoliyat olib borayotgan ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonida ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish borasida ko‘plab islohotlar olib borildi.
O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlardan asosiy maqsad, yurtimizda sog’lom va barkamol, bilimli, yuksak ma'naviy – axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan avlodni shakllantirishdan iborat. Aynan ana shu maqsadga erishish uchun muhtaram Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev rahnamoligida yangi davrda yashaydigan, yangicha fikrlaydigan, yangi ishlab chiqarish, ijtimoiy sharoitlarda faoliyat ko'rsatadigan, zamonaviy kasbiy mahoratga ega bo'lgan mutahassis kadrlar tayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu jumladan tabiiy fanlarga bo’lgan e’tiborni ko’redigan bo’lsak, Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev tashabbuslari bilan yangi ochilgan Prezident maktablaridir. Bu maktablar aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashgan maktablar bo’lib, bu yerda o’quvchilar bu fanlarning chuqur o’zlashtirishadi. Bundan tashqari Prezidentimiz tomonida yangi 2020 – yilda tabiiy fanlar jumlasidan aynan kimyo biologiya fanlariga katta e’tibor qaratilishi kerakligini alohida ta’kidlab o’tdilar. Bundan maqsad, o’quvchi qancha tabiiy aniqrog’i kimyo fanining yaxshi o’zlashtirsa, ishlab chiqarish sohasiga juda ulkan xissalarini qo’shish imkoniyati shunchalik ko’p bo’ladi.