Janr tushnchsi va uning mazmun mohiyati Publisistik uslub (gazeta tili)ning lingvistik xususiyatlari


BADIIY USLUBNING O`RGANILISHI VA AYRIM LINGVISTIK XUSUSIYATLARI



Download 58,37 Kb.
bet4/5
Sana16.03.2022
Hajmi58,37 Kb.
#495704
1   2   3   4   5
Bog'liq
badiiy publitsistik janrlar

BADIIY USLUBNING O`RGANILISHI VA AYRIM LINGVISTIK XUSUSIYATLARI
O`zbek tili badiiy uslubining shakllanishi uzoq davrlarga borib taqaladi. O`zbek mumtoz adabiyotining XV asrning ikkinchi yarmigacha yashab ijod qilgan ulug` ajdodlarimiz Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Ahmad Yugnakiy, Nasriddin Rabg`uziy, Durbek, Qutb, Xorazmiy, Xo`jandiy, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, Yusuf Amiriy, Sayid Ahmad, Sakkokiy, Lutfiy, Gadoiy, Yaqiniy, Ahmadiy kabilarning asarlari, xususan, «Devoni hikmat», «Qutadg`u bilig», «Hibat ul-haqoyiq», «Qisasi Rabg`uziy», «Qissai Yusuf», «O`g`uznoma», «Xisrav va Shirin», «Muhabbatnoma» singari adabiy-tarixiy yodgorliklarda badiiy uslubning o`ziga xos jihatlari o`z aksini topgan.
Alisher Navoiy davrida o`zbek adabiy tili bilan bir qatorda uning badiiy uslubi ham yangi taraqqiyot bosqichiga ko`tarildi. Zahiriddin Muhammad Bobur badiiy uslubning shakllanishiga munosib hissa qo`shdi.
O`zbek tili badiiy uslubining funksional stillardan biri sifatida o`ziga xosligi tadqiqotchilar tomonidan, boshqa funksional uslublarga qaraganda, atroflicha yoritib berilgan. O`zbek tilshunos olimlaridan A.Sulaymonov, A.Shomaqsudov, I.Qo`chqortoyev, G`.Abdurahmonov, R.Qo`ng`urov, X.Doniyorov, B.O`rinboyev, M.Mukarramov, B.Yo`ldoshev kabi tilshunoslar badiiy uslubning funksional stillar doirasida alohida o`rin tutishini nazariy asoslab berishgan19.
Professor S.Karimov shunday xulosani bildirgan: “Badiiy uslubning boshqa funksional stillardan prinsipial farq qiluvchi lingvistik va ekstralingvistik belgilarining yaxlitligi mavjudki, bu yaxlitlik, monolitlik muhim bir vazifaga – estetik vazifani bajarishga qaratilgan.
Badiiy uslubni she’riy, nasriy va dramatik nutq uslublariga, ularni esa yana, o`z navbatida, janrlarga bo`lib o`rganish mumkin. Bunday tahlilning funksional uslublar tadqiqida maqsadga muvofiq ekanligini sharhlab, V.D.Bondaletov yozadi: «Funksional uslub nutq vositalarini tanlash va uyushtirishnnng umumiy yo`l-yo`riqlarini aniqlaydi. Uslublar tarmoqlari bu yo`l-yo`riqni muomalaning xususiy sharoitlari va vazifalariga mos ravishda aniqlashtiradi, janr esa til vositalarini tan-lashda ularning aniq sharoit va janr shakllari qonunlariga muvofiqligini chegaralagan holda o`z shartlarini o`rtaga qo`yadi».
A.I.Yefimov rus tilida badiiy-belletristik uslubning mavjudligini e’tirof etish bilan bir qatorda uni ikkiga bo`lib qaraydi: poeziya uslubi, proza uslubi. Ularning chegarasida esa lirik janrlar uslubi, satira uslubi, masallar uslubi bor deb ko`rsatadi. Fikrning jonli, betakror, individual tarzda bayon etilishi, ifoda tasvir vositalarining, jumladan, o`xshatish, metafora, metonimiya, epitetlarning, poetik sintaksisning faolligi, sinonimiya va ko`pma’nolilikning, tasvirda ko`p-planlilikning bo`lishi, antiteza, shakldoshlik, oddiy so`zlashuv, jargon-dialektal elementlarning, boshqa funksional uslubga xos birliklarning uchrashi, fe’llarning, sifatlarning, olmoshlarning ko`p qo`llanilishi va bularning barchasining katta bir vazifaga – obrazlilik va emosionallikka xizmat qildirilishi ana shu uslubiy belgilardir. Bunday uslubiy alomatlar funksional stillarning har birida ham bor . «Adabiy tilning har bir uslubi, – deb ta’kidlaydi I.Qo`chqortoyev. – o`ziga xos vositalarga ega bo`ladi. Lekin bundan ma’lum uslubga xos vositalar faqat shu uslub doirasidagina ishlatiladi degan fikr kelib chiqmaydi, albatta. Ilmiy uslubga xos vositalar badiiy uslubda, badiiy uslubga xos vositalar ijtimoiy-siyosiy uslubda ishlatilishi mumkin. Ma’lum uslubga xos degan so`z shu uslub uchun tipik, xarakterli degan ma’noni anglatadi, xolos»20.
Olimlarning ta’kidlashicha, bir uslubda uchraydigan birliklar va ularning sifatlari boshqa funksional stillarda ham mavjud bo`lishi mumkin. Ammo bunday paytlarda ham ular mutaxassis tomonidan payqab olinishi mumkin. O`zbek tilshunosligida funksional uslublarnnng ko`rinishlari bo`lgan og`zaki so`zlashuv, ilmiy, rasmiy-hujjat, publisistik uslublar monografik nuqtai nazardan o`rganilib, ularning tilshunoslikda mustaqil uslublar sifatida nazariy jihatdan asoslab berilgan.
O`zbek tilshunosligida badiiy uslubni nasriy, nazmiy va dramatik asarlar, xalq og`zaki ijodi namunalari misolida, qolaversa, har bir adabiy janr ko`rinishida o`rganish sohasida muhim tadqiqotlar yaratilgan.
Badiiy uslub o`zbek tili vazifaviy uslublari orasida o`ziga xos mavqyega ega bo`lib, ayni paytda, o`zining alohida ma’yorlariga ham ega. Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida mavjud bo`lgan barcha lingvistik birliklarning, shu bilan birga, boshqa vazifaviy uslublarga xos bo`lgan elementlarning ham ishlatilaverishi va ularning muhim bir vazifaga – badiiy-estetik vazifani bajarishga xizmat qilishi badiiy uslubning asosiy xususiyati hisoblanadi. Tabiiyki, bunday imkoniyatlar boshqa vazifaviy uslublarda chegaralangan.
Til vositalarini qo`llashda keng qamrovlilik bo`lishi bilan birga bu uslub doirasida ularni ishlatishda ma’lum me’yorlarga ham amal qilinishi, fonetik, grammatik, leksik va frazeologik xususiyatlar doirasida o`ziga xosliklar boshqa uslublarga qaraganda aniqroq namoyon bo`ladi. Ushbu holatlar S.Karimov tadqiqotlarida atroflicha o`rganilgan. Jumladan, badiiy asar tilidagi fonetik o`zgarishlar asosan matnda tovushlarning qisqargan va orttirilgan (So`rma mendan, kim diloro / Do`stmi yo janona deb. E.Vohidov; Ne balolig` kun edikim. Oshino bo`ldim sango. Alisher Navoiy; Shabboda men seni ko`rmayman, / Qo`limga tutmayman. Zulfiya), ona tilimizning tarixiy taraqqiyot va she’riyat qoidalariga mos tarzda «z» ning «y» ga (So`yla quyosh nimalar bo`lgan, / Sen chiqqanda birinchi marta. H.Olimjon), «q»ning «g`»ga (Quyosh orqasidan –behisob chirog` / Nuriga kiradi mamlakat shu chog`. Zulfiya) o`tgan ko`rinish-larda me’yorlashgan. Shuningdek, badiiy uslubda, xususan, poetik nutqda hozirgi adabiy orfografik me’yor talablariga muvofiq kelmaydigan qaro, yamon, yaro, oshno, talosh singari so`zlar ham ishlatilaveradi.
O`zbek tili so`z turkumlarining grammatik shakllari turli adabiy, tarixiy hamda dialektal variantlarga ega bo`lib, ular hozirgi adabiy til me’yori nuqtai nazaridan, bir tomondan, qo`llanish chastotasiga ko`ra faol yoki aksincha bo`lsa, ikkinchi tomondan, ularda vazifaviy-uslubiy chegaralanish ham sezilib turadi. Bu xususiyatlar so`z yasovchi hamda ko`plik, egalik, kelishik, daraja, shaxs-son, zamon, mayl, nisbat kabi ma’nolarni ifoda etuvchi affikslarning nutqdagi ishtirokida, yordamchi so`zlarning turlicha ko`rinishlari va variantlarida namoyon bo`ladi. Ularning ma’lum qismida badiiy uslubga xoslanganlik mavjud. Masalan, -lar kesim tarkibida kelgan paytda hurmat (Dadam keldilar), kinoya, piching (Mulla Eshmat, kelsinlar) kabi ma’nolar so`zlashuv uslubiga xos bo`lsa, ta’kid, kuchaytirish, mubolag`a singari ma’nolar badiiy uslubda ko`proq ishlatiladi (Shu ko`zlar yulduzday abadiy kulsin, Bahor yo`llaringga to`shasin chechak. Zulfiya). Bu kabi holatlar ilmiy va rasmiy uslublarda ko`zga tashlanmaydi. Uslubiy xoslanish kelishik qo`shimchalari variant-larining tanlanishida seziladi. Masalan, qaratqich kelishigining –(i)m (Axir hayajonlar o`zligim manim, / Mayli qalbingga ham ko`chsin hayajon. K.Bahromova), -n (Qanday ko`rkam qizlar avlodin /Xassos didi va shoir dili. Zulfiya), -ing (Shavqimning shuhrasi boshing uza zar tora fido, / Ko`ngluming mahzani gul orazi gulnora fido. Joniy) tarzida qo`llanishi.
Ma’lumki, yozuvchining til mahorati, eng avvalo, sinonimik birliklar ustida ishlash mahoratidir. Sinonimik qatordan mos, kerakli birlikni tanlab olish ekspresssivlikni, subyektiv bahoni aniq ifoda etishning eng to`g`ri yo`li bo`lganligi tufayli u badiiy adabiyotda zarur lingvistik vosita sanaladi. Buning ustiga tilda sinonimik variantlar borligi uchun uslubiy me’yorni belgilash imkoniyati mavjud. A.Hojiyevning «O`zbek tili sinonimlarining izohli lug`ati» (Toshkent, 1974) ana shu sinonimik variantlarni farqlashda amaliy yordam beradi.
Frazeologizmlar asosan so`zlashuv va badiiy nutqqa xosdir. Ulardagi boshqa uslubga xos chegaralanishlar esa ma’lum muddat keyin yuzaga keladi. Masalan, birgina o`lmoq ma’nosini anglatadigan yuzga yaqin frazeologizmlar sinonimik qatorining paydo bo`lishi ularning vazifaviy chegaralanish imkoniyatini tug`diradi. Masalan, bu tizimga kiradigan olamdan o`tmoq, dunyodan o`tmoq, omonatini topshirmoq, qulog`i ostida qolmoq, jon bermoq shakllari so`zlashuv uslubida ishlatilsa, vafot etmoq, hayotdan ko`z yummoq, dunyodan ko`z yummoq, hayot bilan vidolashmoq kabilar ilmiy, ommabop va rasmiy uslublarda uchraydi. Alloh rahmatiga yo`l tutmoq, shahodat sharobini ichmoq, dorilfanodan dorilbaqoga rixlat qilmoq singarilar esa badiiy matnga tegishlidir.
Badiiy adabiyotda dialektizmlarning ishlatilishi adabiy til me’yoriga muvofiq kelmaydi. Badiiy uslubda adabiy til boyliklaridan foydalanibgina qolmasdan, undagi ko`plab birliklarning tilda me’yorlashuvi, adabiy tilning boyib, rivojlanib borishiga doimiy ravishda ta’sir o`tkazib turadi.
Sarlavha funksiyasi
“O`zbek tilining izohli lug`ati”da sarlavha quyidagicha izohlangan: “Sarlavha –(f+a - kitobda lavha, bezak; titul varag`i; epigraf) kitob, asar, maqola va sh.k.ning yoki ularning ayrim qismlarining nomini ifodalovchi so`z yoki jumla. Sarlavha qo`ymoq. Ahmedov sahifadagi materiallarni ko`zdan kechirgach, umumiy sarlavhani tovush chiqarib o`qidi. A.Qahhor ”Qo`shchinor chiroqlari”, Ahmad ocherkining sarlavhasiga va avtoriga qaradi. F.Musajonov, Himmat.
2. esk.ayn. peshlavha. Qishloqqa kirar yo`lda. Mana katta darvoza. Darvozaga yozilgan ”Kolxoz degan sarlavha”. Z.Diyor21.
”Sarlavha - maqola va materialning ichki mazmunidan kelib chiqib, unga qo`yiladigan nom”22. Haqiqatdan ham, asar va maqolalarning nomi yoritilayotgan materialning mazmuni va mohiyati, xarakteri va xususiyati, predmeti va belgisi bilan uzviy bog`liq bo`ladi. Shuning uchun o`quvchi diqqatiga havola qili-nayotgan ”avtorning birinchi so`zi” - sarlavha juda puxta o`ylanib, mohirlik, san’atkorlik bilan so`z tanlashni talab etadi”.
Ma’lumki, sarlavha badiiy asar va gazeta materialida ifodalangan mazmunni dastlabki axborot tarzida yetkazuvchi, o`quvchini tanishtiruvchi va diqqatni jalb qiluvchi muhim vosita hisoblanadi. Sarlavhaning o`rinli tanlanishi matnda ifodalangan fikr-mulohazalarning ta’sirchanligini yanada oshiradi. Shuning uchun ham sarlavha uchun mazmunli, ixcham, ta’sirchan, tez diqqatni jalb etuvchi til birliklari tanlanadi.
Sarlavhaning badiiy asar va gazeta uchun muhimligini hisobga olib, uning asosan stilistik xususiyatlari va matn bilan uyg`unligini tadqiq etishga e’tibor berilgan. Gazeta sarlavhalarining turli xususiyatlarini o`rganish soxasida I.Toshaliyev, N.Jumanazarov, N.Abdusamatov, M.Parpixo`jayev, A.Boboyeva, A.Shomaqsudov, I.Toshaliyev, P.Rustamov, B.Yo`ldoshev, B.Mirzayev, A.Abdusaidovning ilmiy maqolalari, I.Toshaliyevning «Sarlavha stilistikasi» nomli o`quv qo`llanmasi mavjud. A.Abdusaidovning «Gazeta janrlari tili va uslubi» (2001), «Jurnalistning tildan foydalanish mahorati» (2004), «O`zbek tilining ijtimoiy mohiyati» (2008) kabi monografiyalari, «Matbuot tili madaniyati», «Gazeta tilida frazeologizmlar», «Gazeta sarlavhasi", «Gazeta leksik stilistikasi» kabi qo`llanmalari yaratildi. A.Abdusaidovning «Gazeta janrlarining til xususiyatlari»23 mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasida gazeta janrlarining turli jihatlari, jumladan, rukn va sarlavhalarning xususiyatlari, adabiy norma bilan bog`liq masalalar yoritib berildi. Tadqiqotchilarning qayd etishicha, sarlavhaga juda ko`p vazifa yuklanadi. Chunki u orqali gazetxon bilan dastlabki muloqot qilinadi. Mavzu haqida xabar yoki ma’lumot berish sarlavhaning birdan bir va asosiy masalasi bo`libgina qolmay, chaqiruvchanlik, tashkilotchilik, safarbarlik, murojaat etish kabi qator-qator xislatlarga ham egadir.
Sarlavha nominativlik funksiyasidan tashqari mavzu haqida axborot beradi, ya’ni material mazmunini o`ziga xos tarzda ma’lum darajada aks ettiradi. Reklamalilik, ko`rgazmalilik va ta’sirchanlik funksiyalari ham sarlavhada mujassamlashgan. To`g`ri tanlangan til birligi mavzuni ifodalash bilan birga ma’lum ekspressiv-stilistik vazifani ham bajaradi va gazetxonga ta’sir etadi. Gazeta sarlavhasini tanlashda gazetaning funksiyasidan kelib chiqiladi. Gazetaning axborot berish, ta’sirchanlik, tashkilotchilik va tarbiya berish kabi funksiyalari, uning savodxonlikni va nutq madaniyatini oshirish, adabiy normani keng targ`ib qilishdagi roli sarlavha tanlashda mezon sifatida e’tiborga olinadi.
Tadqiqotchilar ko`rsatganidek, gazeta sarlavhasi sifatida so`z, so`z birikmasi, gap, ayniqsa, sodda gap, so`roq gap, xalq maqollari, frazeologizmlar ko`plab ishlatilgan. Ular struktur-grammatik va uslubiy xususiyatlari bilan bir-biridan ajralib turadi. Bu vositalarning betakror ifoda imkoniyatlari va gazeta funksiyasini o`zida aks ettira olishi ularning sarlavha sifatida ko`plab qo`llanishiga sabab bo`lgan24.
Badiiy asar va gazeta materiallarining mazmunli, o`qimishli va ta’sirchan bo`lishida sarlavhaning ham o`rni muhim. Ayniqsa, qisqa va ixcham janr hisoblangan hikoyada sarlavhaga alohida e’tibor qaratiladi. «Xalq so`zi», «Zarafshon», «Samarqand», “Darakchi” gazetalari, Abdulla Qahhor, G`afur G`ulom, Shukur Xolmirzayev hikoyalari materiallari asosida so`z, so`z birikmasi, gap, frazeologizm va maqol - sarlavhalarning leksik-semantik, grammatik-stilistik jihatlari, matn bilan uyg`unligni tahlil qilishga harakat qildik
Voqelik faktlarini mantiqiy va obrazli umumlashtirib ifodalovchi maqola va boshqa yirik asarlargina emas, balki matbuot janrlarining hammasi ham tahlilga kiradi. Publististik tahliliy. mavzu xususiyatlari jihatidan falsafiy-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy, adabiy, tanqidiy; uslub jihatidan bahs-munozarali, tashviqot-targʻibot, tanqidiy-tahliliy, hajviy koʻrinishlarga ega. P. janr jihatidan voqeiy-informatsion (xabar, reportaj, hisobot), tahliliy (maqola), badiiy-publitsistik (ocherk, felyeton, pamflet, yozuvchi maqolasi) turlarga boʻlinadi. tahliliy hayot faktlarini chuqur taxlil va tadqiq etish, yaʼni ij-timoiypublitsistik tadqiqot orqali voqelikni kashf etadi. Shu jihatdan u ijtimoiy fanga yaqinlashadi. tahlililiy-nazariy xususiyatlarga ega boʻlishi, u yoki bu fan masalalarini publitsistik maqola tarzida talqin va tashviq etishi mumkin. Publististik- tahliliy janrlarning shakli, ichki tuzilishi mantiqiy tafakkur va obrazlilikning oʻzaro birikuvidan iborat. tahliliy janrida obraz oʻziga xos meʼyorda qoʻllanadi. Publitsist shaxsiyati shoir shaxsiyati singari oʻzining boy ichki dunyosi, nuqtai nazari bilan namoyon boʻladi.
Oʻrta Osiyo xalklari tarixida P. ancha qadimiydir. P. xususiyatlari "Qobusnoma" (P-asr)da yaqqol koʻzga tashlanadi. Navoiyning "Majolis un-nafois", "Munshaot", "Mahbub ul-qulub" asarlarida P.ning tugal xususiyatlari uchraydi. Navoiyning Abdurahmon Jomiy, Pahlavon Muhammad, Sayid Hasan Ardasher va boshqa xaqidagi adabiy portretlarini publitsistik ocherklar, deb atash mumkin. Navoiy nasriy asarlarini chuqur tadqiq etish uni oʻzbek badiiy P.sining asoschisi, deb atashga imkon beradi. Publitsistik xususiyat oʻzbek mumtoz adabiyoti asarlari tarkibiga ham singib ketgan. Oʻzbekistonda ijtimoiy hayotga doir dastlabki publitsistik maqolalar "Turkiston viloyatining gazeti" sahifalarida chop etilgan. Biroq milliy uygʻonish (jadidchilik harakati)ning kuchayishi natijasida yuzaga kelgan milliy mat-buot oʻsha davrdagi jamiyatning kamchilik va illatlarini ochiqoshkora bayon etgan, hatto xalqaro hayotga oid muammolarni tezkor sharhlaganligi bilan ham qadrlidir. Ayniqsa, bunday maqolalar "Taraqqiy" gaz.dan boshlab keng koʻlamda koʻrina boshlaydi. I. Obidiy, M. Behbudiy, Fit-rat, Choʻlpon, U. Xoʻjayev, A. Avloniy, H. Muin, M. Abdurashidxonov, S. Aj-ziy va boshqa hurfikr jadid ziyolilari qalamiga mansub oʻlka va xalqaro may-dondagi ijtimoiy-siyosiy, fan va taʼlim, madaniyat va sanʼat, milliy siyosat va boshqa masalalarga bagʻishlangan publitsistik maqolalar "Shuhrat", "Xurshid", "Osiyo", "Sadoi Turkiston", "Sadoi Fargʻona", "Najot", "Turon", "Hurriyat", "Yurt" kabi gaz. va jur. sa-hifalarida chop etilgan. Xususan, Beh-budiyning oʻzi tomonidan nashr etilgan va bosh muharrirlik qilgan "Samarqand" gaz. hamda "Oyna" jur.da chop qilingan maqolalari oʻsha davr jamo-atchiligi tomonidan zoʻr qiziqish bilan qarshilangan ("Sayohat xotiralari", "Til masalasi", "Bizni kemirguvchi illatlar", "Ehtiyoji millat" va boshqalar).
90-yillardan soʻng oʻzbek milliy jurnalistikasida ham oʻziga xos oʻzgarishlar kuzatildi. Anʼanaviy sharhlash jurnalistikasi oʻrniga yangiliklar jurnalistikasi paydo boʻldi. Natijada publitsistik janrlar axborot janrlariga koʻproq oʻrin bera boshladi. P. keyingi yillarda yuqori bosqichga koʻtarildi. Ozod Sharofiddinov, Oʻtkir Hoshimov, Ibrohim Gʻafurov, Naim Karimov, Xurshid Doʻstmuhammad, Erkin Aʼzam, Sultonmurod Olim va boshqa oʻzlarining dolzarb publitsistik maqolalari bilan oʻzbek publististikasiga munosib hissa qoʻshib kelmoqdalar.
Publististikaning yozma va ogʻzaki shakllaridan tashqari grafik-tasvir (plakat, karikatura va boshqalar), fotokinematografik (hujjatli kino), teatr-dramatik (agitbrigada va boshqalar) shakllari ham bor.
Funksional uslublar va ularning tasnifi haqida. Jahon tilshunosligi, xususan, rus tilshunosligi va turkologiyada fuksional uslublarni tasnif qilish hamda o`rganish sohasida muhim tadqiqotlar yaratilgan. O`zbek tilshunosligida funksional uslublarni tasniflashda bugungi kunda deyarli yakdil fikrga kelingan. Bu holat ko`plab muhim tadqiqotlarning yaratilishiga asos bo`moqda. Tilshunoslikda uslub (stil) termini to`g`risida, uni tushunish borasida turlicha fikrlar mavjud. O`zbek tilshunosligida uslub haqida bildirilgan fikrlarni umumlashtirishga urinish va uning mukammal ta’rifini yaratishga oid mulohazalar ham uchraydi. «Stil tilning jamiyat ijtimoiy faoliyatining ma’lum tomoni bilan bog`langan o`ziga xos lug`ati, frazeologik birikmalari, grammatik qurilmalari bilan xuddi shunday boshqa turlaridan, o`z ichki xususiyatlari bilan ham tafovut qilib turuvchi podsistemasidir.
Demak, har bir uslub - podsistema boshqa uslub-dan - podsistemalardan o`ziga xos lug`aviy qatlami, turg`un birikmalari, morfologik shakllari, sintaktik tuzilishi bilan farqlanib turadi. Ammo bu, demak, uslublar o`ziga xos xususiyatlari bilan bir-birlaridan tamoman farq qiladi degan gap emas, albatta.
Har bir tildagi uslub turlari uchun umumiy bo`lgan shu tilning umumiy lug`at fondi, shakllar va sintaktik qurilmalar, erkin va turg`un birikmalar bo`ladi. Bu esa uslub turlarining hammasini bir milliy-adabiy tilga birlashtiradi» 2 . Ushbu ta’rif tilshunoslik nuqtai nazaridan bir muncha mukammal hisoblansa-da, adabiyotshunoslik va san’atshunoslikda uslub termini boshqa ma’noda tushuniladi3 . Uslub tushunchasi haqida turlicha fikrlar mavjud bo`lgani singari vazifaviy uslublar va ularning tasnifi masalasida ham har xil qarashlar bildirilgan4 . V.V.Vinogradov tasnifi tilning funksiyasiga ko`ra atroflicha qamrab olinganligi bilan tilshunoslikda muhim ahamiyatga ega bo`lib qoldi. U muomala uslubi (obixodno-delovoy) tilning aloqa vazifasiga; rasmiy (obixodno-delovoy), rasmiyhujjat (ofisialno-dokumentalnыy) va ilmiy uslublar xabar vazifasiga; publisistik va badiiy uslublar ta’sir etish vazifasiga oidligini ko`rsatadi5 . Tasnif qilish prinsipida bir xil qarashning yo`qligi, ba’zi olimlar bir butun umumxalq tilini, ba’zilar faqat adabiy tilni hisobga olgan holda uni ekspressivemotsionallik, ekspressiv-janr va funksional-uslubiy tamoyillar asosida uslublarga bo`ladilar. Natijada uslublar soni va ularning nomlanishida xilma-xillik yuzaga keladi
Tilshunoslikda til uslublari turli nuqtai nazardan tasnif qilinib, ularning soni to`rttadan yettitagacha ko`rsatiladi. Keyingi yillarda esa ularning miqdori beshta deb qayd etila boshlandi7 . Til uslublarini nomlashda 42 ta termin ishlatilgan . O`zbek tilshunosligida quyidagi uslublar ajratib ko`rsatilganligi va yakdil fikrga kelinganligi sohada ko`plab tadqiqotlarning yaratilishiga sabab bo`ldi:
1) so`zlashuv,
2) rasmiy(hujjat),
3) ilmiy,
4) publisistik,
5) badiiy uslublar.
Bu tasnif o`zbek tilshunosligida mustahkam o`rin egallagan9 . Ma’lumki, til birliklaridan ijtimoiy munosabatlarda, avvalo, ehtiyojlardan kelib chiqib, nutq mavzusi va vaziyatga qarab turlicha foydalaniladi. Til birliklaridan tanlab foydalanish o`ziga xos uslubiy chegaralanishni taqozo qiladi. Til birliklarini ijtimoiy muhitda tanlab ishlatish zarurati va ularni tilshunoslikda ilmiy-amaliy tahlil qilish uslubshunoslikda yangi sohani – vazifaviy uslubshunoslikni vujudga keltirdi. “Tilshunoslikning stilistika sohasi bilan shug`ullangan deyarli barcha taniqli olimlar funksional uslublarga o`z munosabatlarini bildirganlar, ularning tasnifini berishga harakat qilganlar. Bu tasniflardan birining ikkinchisiga aynan o`xshaydiganlari kam. Tadqiqotchilarning biri ajratganlarini ikkinchisi birgalikda olib qaraydi, yoki aksincha, birgalikda olib qaralgan holatlar ajratiladi. Shunday qilib, funksional uslublar soni o`ntagacha ko`rsatiladi: badiiy-belletristik, ijtimoiypublisistik (matbuot), ilmiy bayon, texnik-ishlab chiqarish, rasmiy-hujjat (idoraviy), epistolyar, neytral, notiqlik, maishiy nutq, diniy kabi.
Og`zaki nutq esa turli ijtimoiy qatlamlarning nutqlaridan, turli sheva nutqlaridan tashkil topadi.
Nutq stili quyidagi qatlamlardan iborat bo`ladi: 1) neytral stil, 2) tantanali stil, 3) intim stil, 4) yumoristik va satirik stil, 5) rasmiy stil. Nutqda (xoh yozma, xoh og`zaki bo`lsin) bu stil qatlamlari aralashib keladi, nutq janriga ko`ra biror stilistik qatlam yetakchi, asos bo`ladi» 5 . I.Qo`chqortoyev “o`zbek adabiy tili doirasida badiiy, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy uslublarning o`ziga xos xususiyatlari, ularni bir-biridan farqlaydigan belgilar ma’lum darajada aniq sezilib turadi» 6 , deb hisoblaydi. Funksional uslublar tasnifi S.Muhamedov tadqiqotlarida ham uchraydi7 . Funksional uslublar ajratib ko`rsatilgani holda, til birliklarini qo`llashda ijtimoiy xoslanish va umumiylik nazarda tutilgan. Chunki til birligi faqat shu uslubga tegishli, deyish mantiqan asossiz hisoblanadi. Har bir uslub o`ziga xos xususiyatlarga, qo`llanilishi chegaralangan leksik birliklariga, ifoda imkoniyatlariga ega. O`zbek tilshunosligida beshta uslubning xarkterli xususiyatlari olimlar tomonidan yaxshi o`rganilgan. Ularga asoslanib, uslublarga xos asosiy xususiyatlar sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin: Rasmiy uslub hozirgi o`zbek tilining davlat-ma’muriy, huquqiy muassasalarida, rasmiy diplomatik munosabatlarida namoyon bo`ladigan ko`rinishidir.
Rasmiy uslubning grammatik me’yori ham alohida xususiyatlarga ega. Masalan, ot so`z turkumiga oid so`zlar ko`p ishlatiladi.
Noaniqliklarga yo`l qo`ymaslik maqsadida ular olmoshlar bilan almashtirilmaydi. Bu us-lubda fe’lning harakat nomi shakli faol qo`llaniladi, gapning kesimi ko`pincha hozirgi zamonning majhul nisbatida ifodalanadi, hujjatning xarakteriga qarab shart mayli shakliga teztez murojaat etiladi.
Rasmiy uslubda yozilgan matnlar uchun barcha morfologik vositalar va kategoriyalarning qo`llanilishi bir xil darajada emas. Masalan, son va olmoshlar bu uslubda boshqa so`z turkumlariga qaraganda ikkinchi darajali omil hisoblanadi.


XULOSA

Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, jurnalistikani umuman olganda: jahon jurnalistikasini tahlil etishda unda ro‘y berayotgan barcha jarayonlar, yangi tendensiyalarni to‘la-to‘kis qamrab olishning imkoni yo‘q, albatta. Lekin ayni paytda saqlanib kelayotgan milliy o‘ziga xosliklarni milliy manfaatlarga putur yetkazmagan holda ko‘rib chiqish va axborot jamiyati sari intilish jarayonida asqotadigan birmuncha samarali bo‘lgan tamoyillarni belgilab olish bugungi milliy jurnalistikamiz uchun zaruriy vazifalardandir.


Globallashuv va hozirgi turmush jarayonining keskin sur’ati, ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi axborot texnologiyalari hayotimizni, umuman jamiyatni jadal ravishda o‘zgartirmoqda. Bunday sharoitda kishilik jamiyatining jurnalistlar oldiga qo‘yadigan talablari ham o‘zgarmoqda.
Darhaqiqat, bugungi rivojlangan davrda barcha sohalar singari OAV sohasida ham tub burilishlar yasaldi. Yadro poligonlaridan ham qudratli bo‘lgan axboriy xurujlarga, yangi tamaddun – globallashuv jarayonining “xurmacha qiliq”lariga dosh berish uchun esa professional jangchilar – jurnalistlar tarbiyalanmoqliklari darkor. Global axboriy makonda esa jurnalistlar ham siyosatchi, ham davlat arbobi, ham millat himoyachisi sifatida faoliyat yuritmog‘i joiz.
– globallashuv jarayonlari juda ko‘plab o‘zgarishlar qatori mutlaqo yangi jahon axborot tartibini vujudga keltirdi, bu tartib katta-kichik davlatlarda deyarli barcha sohani, jumladan axborot va OAV sohasini tubdan isloh etishni taqozo qildi;
– yangi jahon axborot tartibi sharoitida dunyodagi barcha mamlakatlar uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlar shakllandi, bu hol xalqaro aloqalarni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashishni osonlashtirdi;
– jahon jurnalistikasida ikki xil tendensiya kuzatildi: birinchisi – deyarli barcha davlatlar o‘xshash islohotlar jarayonlarini boshdan kechirdilar, ikkinchisi – ayni vaqtda har bir davlat o‘ziga xos va o‘ziga mos yo‘ldan bordi. Xususan, yosh mustaqil davlatlar mazkur ikki yo‘l orasida muvozanatni saqlash, uyg‘unlikni ta’minlashga harakat qildilar. Ushbu holat ham davlatlarning xalqaro imijini oshirish va mustahkamlashda alohida ahamiyat kasb etdi;
– globallashuv sharoitida dunyo axborot makonini egallashga urinishlar, unga mutlaq egalikka intilish kayfiyatlari yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bu xalqaro mediamakonda axborotning monopollashuviga yo‘l ochmoqda, ayrim hollarda esa qudratli davlatlarning endigina rivojlanayotgan, endigina mustaqillik yo‘lini tanlagan yosh davlatlar manfaatlari bilan hisoblashmagan holda ish tutishlarida o‘z aksini topmoqda;
– axborotlashuv sharoitida axborotga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgardi va uning shakllanishida mediasavodxonlikning o‘rni tobora ortib bormoqda;
– jahon mediamakonidagi real shart-sharoit va tinimsiz yuz berayotgan o‘zgarishlar milliy jurnalistikamizda keng ma’nodagi professionallashuv masalasiga alohida e’tibor qaratilishini taqozo etmoqda.



Download 58,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish