Hammasi: Muhammad Yusuf seni bevaqt o‘lim olib ketgan bo‘lsa ham, Sening she’rlaring, sening ijoding qalbimizda mangu yashaydi.
2- boshlovchi: Farishtangga guldan bir qalam yo’ndir
Erkalansa, o’zing erkala suydir,
Bir o’zi qolmasin qalblari o’ksib
Jannatda she’r yozsin Muhammad Yusuf.
Qo‘shiq: “ Muhammad Yusufga” ijro etadi ingliz tili kursi tinglovchisi Jalolova Farida
1-Boshlovchi: Yurtimizda Muhammad Yusuf nomini bilmagan, hech bo‘lmaganda uning she’rlarini, qo‘shiqlarini xirgoyi qilmagan o‘zbek bo‘lmasa kerak. Muhammad Yusuf chinakamiga Vatan ulug‘ligini osmonlarga ko‘targan, odamlarni kuldira olgan, gohida yig‘latgan shoir edi.
2-Boshlovchi: U tez og‘izga tushdi. Birorta shoir uningdek tez nom chiqarmagan, nomdor bo‘lmagan. Aslida, asl shoirlar uzoq yashamaydi, ammo ortidan abadiy yashaydigan meros qoldirib ketadilar. Bu kun Muhammad Yusufning o‘zi yo‘q, ammo uning mangu yashab qolgan she’riyati bor.
1-Boshlovchi: Bir arsloni o‘tdi O‘zbekning,
Ohi ko‘kka yetdi O‘zbekning,
Quyosh yig‘la, osmon, aza tut,
Muhammadi ketdi O‘zbekning.
2-Boshlovchi: Baland ketdi, shoniga ketdi,
Jannatning ayvoniga ketdi.
Turk yukini yelkalashay deb,
Yassaviyning yoniga ketdi.
Navbatni Muhammad Yusuf hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlarga beramiz:
( Ingliz tili kursi tinglovchilari ishtirokida)
-
Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyati, Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida, oddiy dehqon oilasida dunyoga keldi. Muhammad Yusuf Marhamat tumanidagi o‘rta maktabni tugatgach, Respublika rus tili va adabiyoti institutiga o‘qishga kirdi va 1978-yilda mazkur institutni tugatdi.
-
1978-1980-yillarda Respublika kitobsevarlar jamiyatida faoliyat ko‘rsatgan. 1980-1986-yillarda shoir “Toshkent oqshomi” gazetasida, 1992-1995-yillarda “O‘zbekiston ovozi “gazetalarida mehnat qilgan.
-
1986-1992-yillarda shoir G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida O‘zbekiston milliy axborot agentligida faoliyat ko‘rsatgan.
-
Muhammad Yusufning she’riyatga qiziqishi talabalik yillaridanoq boshlangan. Uning ilk she’riy to‘plami “Tanish teraklar” 1985-yilda nashr etilgan. Shoirning ilk she’riy to‘plami uni elga tanitdi. Shoir shu yillarda Nazira as-Salom bilan tanishdi va turmush qurdi.
-
Shoir Muhammad Yusufning 3 ta Ma’suda, Nozima va Madina ismli qizlari bor. Shoirning kenja qizi Madina ota izidan bormoqda.
-
1998-yil shoir Muhammad Yusuf Xalq shoiri unvonini oldi.
-
Shoir 1997-yildan to umrining oxirigacha O‘zbekiston yozuvchilari uyushmasi raisi o‘rinbosari lavozimida mehnat qildi .
1-boshlovchi: Muhammad Yusuf buyuk qalam sohibi, o‘zbekning ko‘ksini kuydirgan shoir edi. U o‘z millatini, o‘z Vatanini, uning har bir giyohi, hatto xasini ham o‘zidan-da ortiq suyardi. U she’r qidirmasdi, she’r uni izlab kelardi.
2-boshlovchi: Muhammad Yusuf har soha va hamma mavzuda she’r yoza oladigan betakror qobiliyat egasi edi. Uning bunday iste’dod egasi ekanligini nafaqat ijodkorlar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov “Muhammadjon noyob iste’dod egasi, odamlarga mehribon, sofdil, mard va kamtarin inson edi”,- deb baho bergan edilar.
1-Boshlovchi:
Bobolar kalomi tilimda doim,
Sen ushun yuragim qo‘limda doim.
Sog‘inaman yo‘limda doim,
Vatan yagonasan dilimda doim
2-Boshlovchi:
Bahorlar o‘tadi, yozlar o‘tadi,
Osmonni to‘ldirib, g‘ozlar o‘tadi.
O‘zingdan o‘zga so‘z-sozlar o‘tadi,
Vatan yagonasan dilimda doim
Do'stlaringiz bilan baham: |