"Jannat onalar oyog`i ostidadir" Tadbir ssenariysi
1- Boshlovchi:
Assalomu alaykum aziz mehmonlar, hamkasblar va o`quvchilar! Bugun o`lkamizda ulug` bayram. Ko`klam oftobining zarrin nurlaridan bahra olib, yam-yashil maysalar, zaminimizga fasli navbahor keldi.
Fasllar kelinchagi bo`lmish bahorni kimdir uyhonish, go`zallik fasli desa, yana kimdir yosharish fasli deb ataydi. Bahor kelishi bilan ro`yi-zamin kamalak tusiga kiradi.
2-boshlovchi Hammaning yuzida tabassum, labida kulgu! Yurtimizga hammani diliga quvonch bag`ishlagan 8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami kirib keldi. Shu munosabat bilan biz onajonlarimizni, opa-singillarimizni hamisha ezgulik va shafqat, mehr-oqibat va sadoqat timsoli bo`lgan siz, azizlarni bugungi go`zallik va nafosat bayrami bilan chin dilimizdan tabriklaymiz. " Jannat onalar oyog`i ostidadir" deb nomlangan musiqiy adabiy kechamizni tomosha qilishga taklif etamiz.
1-Boshlovchi:
Farzand ona uchun eng aziz ne'mat, onaning baxtiyorligi farzandi kamoli, baxtini ko`rishdadir. Ona farzandining birinchi o`qituvchisi, do`sti, eng yaqin kishisi hisoblanadi. Ular farzandlarini har qanday sharoitda to`g`ri tushunib, qiyin vaziyatlardan ularni himoya qiladilar.
2-boshlovchi:
Bugungi tadbirimiz bellashuv tarzida bo’lib o’tadi. 7-8-9- sinfdan bir yigit va bir qiz juftlik bo’lib ishtirok etishadi: bu juftliklar 5 ta shart bo’yicha bellashadilar:
Shartlar :
1-shart 8 mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan onani madh etuvchi sh’er qo’shiq tabrik va boshqalar yoddan aytishlari kk bo’ladi. Har bir ishtirokchi ishtirok etishi shart. Shartimiz 10 baholik sistemada baholanadi.
2 shart:
Yigitlarimiz kichik yoshdagi qizlarimizning sochlarini mayda o’rishadi, qizlarimiz esa bayramga rangli qog’ozdan gul yasashlari kerak bo’ladi. Yigitlarimiz ishlari 5 ball bilan qizlarimiz 5 ball bilan baholanadilar jami 10 bal bo’ladi
3-shart:
Qiziqarli shart hisoblanib bunda qoshiqda suv ich deb nomlanadi. Yigitlarimiz ishtirok etishadi kim birinchi to’kmasdan ichishi kk bo’ladi. 10 ballikdan tizimda baholanadi.
4-shart:
Koptokchani olib o’t deb nomlanadi. Tennis koptokchani suv yo’lakchalaridan olib o’tish kk. 10 ball bn baholanadi.
5-shart:
1-boshlovchi
Deydilarki, Bu olam ichra
qolsa hamki bir dona ayol,
Zargar zoti kunduzu kecha.
Bezagini etarmish xayol.
2-boshllovchi
Beshik emas, dunyo tebratgan,
Qo`llaringni o`psak bo`lur oz.
Oyohlaring ostida erkan.
Jannat degan eng oliy E'zoz.
Navbat 2-sinf o’quvchilariga she’rlar
Navbat 1- shartga
1-boshlovchi
Shafqatsiz hayotni qildim tasavvur,
Kolumbdek yer yuzin kezib piyoda,
Ollohga behisob qilaman shukr,
Onamning borligi uchun dunyoda.
2-boshlovchi
Ko`nglimda shoirlik, o`tli muhabbat,
Farzandlik tuyg`usin qalban anglayman.
Zangor xayolimda bir oliy ne'mat,
Onajon she'r bo`lib men jaranglayman. Navbat 2-shartga
Farhodjon ijrosida ,,Shoshiling’’ qo’shig’I
1-Boshlovchi:
Ayollar zimmasiga - oilaning qalbi, xonadonga nur va iliqlik olib kirishdek ma'suliyatli vazifa yuklangan.
2-boshlovchi
Biz onalarimizdan bir umr qarzdormiz, chunki ona mehri bizga umrbod hamroh. Shuning uchun onalarni sevib, e'zozlab ardoqlang, o`zingizni qilmishlaringiz bilan ularni dilini og`ritmang.
Navbat 8-sinf o’quvchilari she’rlariga
Navbat 3-shartga
1-boshlovchi
Tomirimni tirnar ko`hna savollar,
Yuragimda gullar shirin xayollar,
Ey siz o`zbekoyim, oftobjamollar,
Men oftobga alishmagan ayollar.
2-boshlovchi
Millatning ertasi, millatning nasli,
Siz atir nafasli, siz rayhon sasli,
Ketmas bo`lib kelgan bahorsiz asli.
Men oftobga alishmagan ayollar.
Navbat 2-sinf qizlariga atlas raqsi
1-Boshlovchi:
Onalarimizni o`rni nafaqat oilada, jamiyatdagi o`rinlari ham katta. Diyorimizda tavallud topib, o`zining ahloq-odoblari bilan barchaga namuna bo`lgan fozila, olima, shoira va davlat rahbarlarigigacha ko`tarilgan ayollarimiz. Zebuniso, Uvaysiy Mahzuna, Anbar Otin, Nodirabegim, Zulfiya kabi momolarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.
2-boshlovchi navbat 4-shartimizga
1-boshlovchi
Do'stlaringiz bilan baham: |