Kalsiy, natriy, xlor. Bu elYementlar hayvon tanasida suyuqliklarda va
yumshoq to‘qimalarda uchraydi; ular hujayralarda osmatik bosimni saqlab
turadi, qon va limfa faoliyatini boshqarish, hamda tanada suv almashinuvida
qatnashadi.
Kaliy hujayra protoplazmasida bikorbonat, fosfat yoki xlorid tuzlari holida
bo‘ladi. Uning yetishmasligi o‘sishni kechiktiradi, ishtaha yo‘qoladi; hayvonlar
tez qo‘zg‘aluvchan bo‘lib, yurak faoliyati buziladi, qon bosimi pasayadi, jigar,
buyrak faoliyati susayib, otalanish yomon kechadi.
Amalda hayvonlar oziqalar hisobiga kaliy bilan to‘liq ta’minlaydi, u ko‘k
o‘t, ildizmevalarda ko‘p bo‘ladi.
Ortiqcha kaliy osongina siydik bilan chiqib ketadi.
Natriy – qon va limfada kislotalarni neytrallovchi asosiy vosita-kation
hisoblanadi; kovshovchilarda natriy bikorbonat so‘lakning tarkibiy qismi
hisoblanadi. Kovshovchilarda old oshkoqonda ximus kislotaligini (pH 6,5-7) bir
maromda saqlab turadi; natriy xlorid tanada osmatik bosimni ushlab turadi,
kraxmalni parchalovchi amilaza fermenti faoliyatining kuchaytiradi, ichaklarda
glyukoza shimilishini kuchaytiradi, oshqozonda xlorid kislotasi hosil bo‘lishi
uchun manba hisoblanadi.
Natriyning yetishmasligi organizmda fiziologik jarayonlarining buzilishiga
olib kelib, hayvon sog‘ligi yomonlashib, mahsuldorligi pasayadi.
Natriy oziqalar tarkibida qariyib uchramaydi shuning uchun oziqa
qo‘shimchasi sifatida osh tuzi yoki natriy biokorbonat tuzi beriladi.
Xlor ham oziqalar tarkibida kam uchraydi; faqatgina sho‘rrok yerlarda
o‘sgan o‘tlarda uchraydi. Hayvon organizmida oshqozon shirasi, qon, limfa, teri
va teri osti kletchatkasida uchraydi. Hayvonlarga osh tuzi sifatida beriladi.
Magniy . U kalsiy va fosfor almashinuvida ishtirok etadi; 70% magniy
skeletda, qolganlari tana yumshoq to‘qimalari va suyuqliklarida uchraydi.
Suyakda kalsiy ko‘p, muskul va terida magniy ko‘p.
Magniy yetishmasligi natijasida tetaniya ro‘y beradi, uning sababi qonda
magniy miqdorining pasayib ketishi bo‘ladi, sigirlar asabiy bo‘ladi, qaltiraydi,
yuz muskullari tortishadi, turtinib yuradi va tutqanoq tutadi.
Magniy manbai bo‘lib kepak, quruq achitqi, kunjara va shrot, hamda
dukkakli o‘tlar. Sog‘in sigirlarga tetaniyaning oldini olish uchun kuniga 50 g
magneziya tuzi berish kifoya.
Oltingugurt. Tanada aminokislotalar bilan bog‘langan holda uchraydi;
to‘qima oqsillari va jun tarkibiga kiradi, shu bois jun tarkibida 4% gacha
oltingugurt bo‘ladi. U biotin va tiamin vitamin va insulin gormoni tarkibiga
kiradi.
Hayvon ratsioni proteinlar bilan me’yorda ta’minlanganda, oltingugurtga
ehtiyoj sezilmaydi, u yetishmasa hayvonlarga kam miqdorda natriy yoki
ammoniy sulfat tuzlaridan qo‘shimcha berish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |