B) Geterogen (har xil) juftlash. Bu usulda bir - biriga o‘xshash
bo‘lmagan erkak va urg‘ochi hayvonlar (tana tuzilishi, yoshi, mahsuldorligi va
hokazo) juftlanadi. Har xil juftlash quyidagi hollarda qo‘llaniladi:
1. Podada belgilar har xilligini ta’minlash asosida hayvonlarda yangi
qiymatli belgilarni yaratish maqsadida;
2. Erkak va urg‘ochi hayvonning asl belgilarini mujassam qilgan avlodlar
olish uchun;
3. Geterozis natijasida avlod hayotchanligi va mahsuldorligini ko‘tarish;
4. Ayrim va guruh hayvonlarning ba’zi kamchiliklarini tug‘irlash uchun.
Bu usul mahsuldor chorvachilikda keng foydalanib, ba’zi paytlarda yangi zot
yaratishning dastlabki bosqichida qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |