1. Kelib chiqishiga qarab tanlash;
2. Yosh nasldor erkak hayvonlar o‘sish jadalligi, rivojlanishi,
konstitutsiyasi va pushtdorligi bo‘yicha tanlanadi;
3. Oxirgi pirovard bosqich genotipik baholash bo‘lib, erkak nasldor
hayvonlar avlodlarining sifati bo‘yicha tanlanadi.
Hal qiluvchi 3 bosqich hisoblanadi, lekin 1,2 bosqichlar ham 3 bosqich
ma’lumotlari (5 yosh) olinguncha ishlatiladi.
Avlodlarning sifati bo‘yicha erkak nasldor hayvonlarni tanlashda o‘zidan
tashqari qator omillar ta’sir etadi: onasining ta’siri, o‘stirish va oziqlantirish,
uning barcha avlodlarini baholash, olingan avlodlar soni, juftlanayotgan
hayvonlar yoshi, erkak va urg‘ochi hayvonning mosligi, avlodni kompleks
baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |