Go‘sht uchun broyler jo‘jalarini o‘stirish muhim soha bo‘lib
hisoblaanadi.
288
Go‘sht uchun duragay, tez o‘sish qobiliyatiga ega, oziqadan samarali
foydalanadigan jo‘jalar kerak. Duragay broyler jo‘jalari 8 haftalikda 1,5-1,7kg,
o‘rdak jo‘jalari 7-8 haftaligida 3 kg; urg‘ochi kurkalar 7-8 haftaligida 3,5-4 kg,
erkaklari 5 kg; g‘oz jo‘jalari 8-9 haftaligida 4,5 kg, sesarka jo‘jalari 10-11
haftaligida 1 kg, bedona 9 haftaligida 110-120 gramm tirik vaznga erishadi.
Broyler jo‘jalari 1 kg vazn qo‘shishi uchun 2,2-2,6 kg yYem, kurka jo‘jalari
3,0-3,6 kg, o‘rdak jujlari 3 kg oziqa sarflaydi. Davlat andozasi bo‘yicha
go‘shtga topshirilganda jo‘jalar 0,6 kg, broyler jo‘jalari 0,8 kg, kurka jo‘jalari 2
kg, o‘rdak jo‘jalari 1,3 kg, g‘oz jo‘jalari 2 kg, sesarka 0,6 kg vazndan kam
bo‘lmasligi talab etiladi.
Broyler jo‘jalari yirik korxonalarning bir qismi, fermer, kichik korxona
shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda qalin tushamalar ustida o‘stiriladi. Ba’zi
ixtisoslashgan broyler go‘shti ishlab chiqaradigan fabrikalarda kataklarda
o‘stiriladi. Broyler jo‘jalari to‘shamalar ustida 1m² yuzada 12-20 boshdan
saqlanadi.
Parrandaxonaga 1 kunlik jo‘jalar keltirilgandan keyin 50-56 kundan keyin
to‘liq go‘shtga so‘yiladi.
Broyler jo‘jalari o‘stirish xonasida harorat 24-25ºS dan past bo‘lmasligi,
bruderlar ostida esa 33-35ºS bo‘lishi ta’minlanadi. Keyinchalik harorat 20ºS ,
undan ham pasaytiriladi, nisbiy namlik 60-70% tashkil qiladi. Yoritish butun
o‘stirish davomida 24 soatni tashkil qiladi.
Broyler jo‘jalarini 2 xil omixta yYem bilan o‘stiriladi. Birinchisi 30
kunlikkacha, ikkinchisi 30 kundan 55 kungacha qo‘llanib tarkibi bilan
farqlanadi.
Kurka jo‘jalarini go‘sht uchun o‘stirishda sanoat asosida yopiq binolarda,
yayratmasdan o‘stiriladi. Ular ko‘pro‘q oziqalar bilan boqilib, 120 kunlikda
go‘shtga so‘yiladi. Yerga tushalgan qalin tushamaning har bir 1m² maydoni
yuzasiga 4-5 bosh kurka jo‘jasi to‘g‘ri keladi.
O‘rdak jo‘jalari qalin tushamalarda yoki katakli batareyalarda o‘stiriladi.
Ular bruderlar tagida o‘stirilganda 1m² yuzaga 10 kunlikda 14-16 bosh, 20
kunlikda 12 bosh, keyingi davrda esa 6-7 boshdan joylashtiriladi.
G‘oz jo‘jalarini go‘sht uchun o‘stirishda qalin tushamalardan, ba’zan
sanoat asosida ishlaydigan korxonalarda katakli batareyalardan foydalaniladi.
Ular 60 kun jadal o‘stirilib so‘yiladi. Shu davrda ular 3,7-4,2 kg vaznga yetib, 1
kg vazn qo‘shishiga 3,0-3,5 kg oziqa sarflaydi.
Katta parranda go‘shti ishlab chiqarish korxonalari berk doirada ishlaydi.
U inkubatsiya tuxumini olishdan boshlab, tayyor go‘sht mahsulotini sotish bilan
tugaydi. Bunday xo‘jaliklarda 4-4,5 marta jo‘ja boqilishi nazarda tutiladi.
Ota-ona galasi yil davomida ishlab chiqarilishi lozim bo‘lgan broyler
go‘shti hajmidan kelib chiqadi. Bunda yana albatta ota-ona zotlardan bittasida
oq tusning dominantligiga e’tibor beriladi, chunki oq tus broyler go‘shtining
tovar xususiyatini ta’minlaydi.
289
Inkubatsiya tuxumi go‘sht tovuqlaridan 8 oyligidan 16 oyldikkacha yoki
7-8 oy tuxum olinadi, shundan tuxumlashning birinchi 5 oyida tuxum berish
ko‘proq bo‘ladi. 16 oylikdan katta yoshdagi tovuqlar tuxumi broyler jo‘jalari
olishga yaroqsiz hisoblanadi.
Ota-ona galasi yerda saqlanadi, ma’lum qatorga mansub 150 kunlik
parrandalar guruhlanadi. 2m² maydonga 7 ta tovuq joylashtiriladi. Harorat 15-18
ºS, nisbiy namlik 60-70% bo‘ladi. Yosh mokiyonlar 210 kunligida voyaga
yetgan tovuqlar toifasiga o‘tadi.
Ota-ona galasi uchun yosh jo‘jalar, jinsi bo‘yicha ajratilib, asllari
o‘stirishga qoldiriladi. 63 kungacha broyler jo‘jalari kabi o‘stiriladi, yoki 1 m²
maydonga 16-17 bosh 1 kunlik jo‘ja to‘g‘ri keladi, 63 kunda tanlab yaxshi
rivojlanganlari qoldiriladi. 70 kunlikdan boshlab 250 kkal energiya va 16% xom
proteinga ega omixta yYem bilan oziqlantiriladi.
Yoritish 24 soatdan 8 soatga tushiriladi, natijada jinsiy balog‘at yoshiga
yetish biroz orqaga suriladi. Asosiy galaga o‘tkazishda yana baholanib, talabga
javob bermaydigan parrandalar puchak qilinadi.
Broyler jo‘jalari asosan yerda 10000-20000 boshdan qilib boqiladi.
Shuning uchun keng tovuqxonalarda “broyler 10”,“ broyler 20” jihozlari
o‘rnatilib unda barcha jarayonlar mexanizatsiyalashgan va qisman
avtomatlashgan. Ular bunkerli oziqa tarqatgich, oziqa tarqatish yo‘lagi, vakuum
so‘g‘orgich, silindrsimon osma oxurlar, elektr bruderdar va ular to‘siqlar bilan
ta’minlagan.
Yangi jo‘jalar olishdan oldin bino obdan tozalanib, dezinfeksiya qilinib,
yuzasiga sundirilgan ohak sepiladi (0,5kg 1 m² ga) va 12-15 sm qalinlikda tekis
qilib tushama solinadi. O‘stirish davomida 1 bosh broyler uchun 2,2-2,5 kg
to‘shama sarflanadi. Har bir parrandaxona bir kunda bir kunlik ikki jinsdagi
jo‘jalar bilan to‘ldiriladi. Broylerlarni joylashtirish ularning yoshi va vazniga
qarab 1 m² yerga 13-14 boshni tashkil qiladi. Har bir bruder tagiga 500 jo‘ja
qo‘yiladi. Bruder atrofiga 40 sm balandlikdagi to‘siqlar o‘rnatiladi, shunday
qilganda 1 chi hafta jo‘jalar to‘liq issitgich tagida bo‘ladi.
Birinchi besh kunlikda harorat 26-25ºS, bruder tagida esa 33-35ºS,
keyinchalik u sekin pasaytirib boriladi va o‘stirish oxirida 18 ºS bo‘ladi.
Bruderlar 3-4 haftada foydalanilib keyin uchirib qo‘yiladi.
Dastlabki 3-4 kun jo‘jalarga mayin yYem beriladi, keyin kichik oxurlar
olinib katta oxurlar qo‘yiladi.
Jo‘jalar osma suv oxurlaridan foydalanishga o‘rganadi.2 haftaligidan
boshlab jo‘jalar oziqa tarqatgichlar yordamida oziqlantiriladi. Bunda 1 broyler
jo‘jasiga 5-6 sm yYem va 3-4 sm suv oxur uzunligi ajratiladi. Respublikamizda
broyler jo‘jalari 63 kunlikgacha o‘stiriladi(chet elda 49 kundan 56 kungacha).
Jo‘ja go‘shti ishlab chiqarish samarasi ularning qanchalik jadal o‘sishiga
bog‘liq. Barcha qishloq xo‘jalik parrandalari go‘sht uchun so‘yish muddatlari,
davrlar bo‘ylab o‘sish tezligi, nimta va go‘sht sifati, 1 kg sYemirishi uchun
sarflangan oziqa miqdori bilan baholanadi.
290
Broylerlarni o‘stirishda alohida yoritish tizimi qo‘llaniladi. Birinchi 3-4
hafta yoritish 24 soat , 40 kunlikdan 17 soat qilib belgilanib o‘stirish oxirigacha
shunday qoldiriladi. 1 o‘n kunlikda yoritish darajasi 1m² ga 4 Vt, keyinchalik 2
Vt ga tushiriladi, tunlari esa yoritish 0,5 Vt/ m² bo‘lsa yetarli bo‘ladi.
Hozirgi paytda broyler jo‘jalari katakli batareyalarida o‘stirilish natijasida
mehnat unumdorligi 3-4 barobar ortadi. Broylerlarni o‘stirishda asosiy e’tibor
oziqlantirishga qaratilishi kerak, oziqa to‘laqiymatli, ko‘pro‘q va har doim
oxurlarda turishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |