Jamurad yangiboyevich, amirov


VII. 7. Sanoat asosida parranda go‘shti ishlab chiqarish



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet330/438
Sana09.08.2021
Hajmi4,04 Mb.
#143177
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   438
Bog'liq
Чорвачилик асослари

VII. 7. Sanoat asosida parranda go‘shti ishlab chiqarish
 
Hozirgi  zamon  parranda  go‘shti  yetishtirish  duragay  parrandalardan 
foydalanish, ularni to‘laqiymatli quruq omixta yYemlar bilan oziqlantirish, jadal 
texnologiyalarni joriy qilish, mo‘’tadil saqlash sharoitlarini yaratish. 
Yil  davomida  to‘xtovsiz  parranda  go‘shtini  katta  korxonalar  yetishtirib 
beradi.  Davriy  ravishda  to‘xtovsiz  parranda  go‘shti  yetishtirish,  yil  davomida 
ota-ona  galasini  o‘z  vaqtida  to‘ldirish  asosida,  inkubatsiya  tuxumini  uzluksiz 
olish va go‘sht jo‘jalarini o‘stirishdan iborat. 
Parranda  go‘shtini  sanoat  negizida  ishlab  chiqarish  o‘ziga  xos 
xususiyatlarga  ega.  Bular  ishlab  chiqarish  vositalarini  umumlashtirish,  yil 
davomida  bir  me’yorda  go‘sht  ishlab  chiqarish  ta’minlash  uchun  texnologik 
jarayonlarni jadallashtirish; yirik binolardan samarali foydalanish; parrandalarni 
asrashda 
me’yor 
talablari 
ta’minlash 
uchun 
mexanizatsiya 
va 
avtomatizatsiyadan  keng  foydalanish;  parrandalarning  biologik  xususiyatlarida 
to‘la  foydalanish asosida kam oziqa va mehnat harajati bilan mo‘l, sifatli, arzon 
go‘sht ishlab  chiqarishdan iborat. 
Parranda  go‘shti  ishlab    chiqarishga  ixtisoslashgan  korxonalarda  ishlab  
chiqarish tugallangan texnologik jarayonlarga asoslanadi. 
Uning  tarkibida  ota-ona  galasi,  inkubatoriya,  yosh  nasllik  parrandalarni 
o‘stirish,  jo‘jalarni  go‘sht  uchun  o‘stirish,  so‘yish  sexlari  va  qo‘shimcha 
bo‘limlarni  o‘z  ichiga  oladi.  Ushbu  tizim  yagona  texnologik  harita  asosida 
o‘zviy bog‘liqlikda ishlaydi. 
Ota-ona  galasi  sexi  inkubatsiyalash  uchun  duragay  tuxumlar  ishlab 
chiqaradi.  Bu  sexda  har  8  tovuqqa  1  xo‘roz  berkitilib  birga  saqlanadi.  Yil 
davomida  bir  tekis  jo‘ja  ochirish  ta’minlash  uchun  ota-ona  galasi  kamida  4 
marta  nasldor  yosh  parrandalar  bilan  to‘ldiriladi.  Ba’zi  yirik  korxonalarda  bu 
tadbir 10 martagacha amalga oshiriladi. 
 Nasldor  mokiyonchalar  150  kunlikda  ota-ona  galasi  tovuqxonasiga 
ko‘chiriladi,  bir  oydan  keyin  ro‘yi-rost  shu  guruhga  hujjat  bilan  o‘tkaziladi. 
Ulardan  8  oylikdan  14-15  oyligigacha, 6-7  oy  davomida  inkubatsiya  tuxumlari 
olinadi. Kerak bo‘lsa to‘llashdan keyin, ikkinchi davrga tuxum olish mumkin. 
Ba’zi    korxonalarda  ota-ona  galasi  tovuqlari    yirik  kataklarda  guruhlab 
saqlanadi.  Bir  katakda  30-40  tovuq  va  4-5  xo‘roz  asraladi.  Ushbu  binolarda 


 
287 
qishda  harorat  14-18  ºS,  yozda  esa  25ºS  dan  oshmasligi  kerak.    Nisbiy  namlik 
qishda 65-75%, yozda 55-65% tashkil etadi. 
Yorug‘lik  darajasi  oziqa  oxiri  tomonda  25-35  lyuks.  Eng  yuqori 
mahsuldorlik  paytida  yoritish  sutkasiga  14-15  soatdan    16-17  soatgacha 
yetkazladi. Tuxum berish jadalligiga qarab bir bosh tovuqqa 130-160 gr omixta 
yYem beriladi.  
Kurka go‘shti ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar ota-ona galasiga 
kurka  jo‘jalari  120  kunligida  sog‘ligi  va  rivojlanganligiga  qarab  tanlab  olinadi. 
Ularning  erkak  va  urg‘ochilari  alohida  saqlanib  tabiiy  urug‘lantirishda  1:10 
nisbat sun’iy urug‘lantirishda 1:50 nisbat qo‘llaniladi. 
Kurka go‘shti ishlab chiqaruvchi korxonalar ota-ona galasi 12x96, 18x72 m 
o‘lchamdagi  kurkaxonalar  bo‘lib,  ularda  barcha  mikroiqlim  sharoitlari  yaratib 
beriladi.  Kurkalar  ushbu  binolar  ichida  200-250  boshdan  qalin  tushamalardan 
guruhlab  saqlanadi.  1  m²  maydonga  1,5  bosh  kurka  to‘g‘ri  kelib,  xonada  16ºS 
harorat  va  60-70%  nisbiy  namlik  tashkil  etiladi.  Kurkalarni  sim  kataklarda 
saqlash  ularning  kurk  bo‘lish  instinktini  kuchaytirishi  mumkin.  Ota-ona  galasi 
kurkalari alohida omixta bilan oziqlantiriladi. 
O‘rdak  go‘shti  ishlab  chiqarishga  ixtisoslashgan  korxonalarning  ota-ona 
galasi  yaxshi  rivojlangan,  sog‘lom  150-160  kunlik    yosh  o‘rdaklardan 
shakllantiriladi.  Jinsiy    nisbat  1:4  bo‘lib,  erkak  va  urg‘ochi  o‘rdaklar  birga 
saqlanadi. Inkubatsiya  tuxumi kurkalardan 6 oylikdan boshlab olinadi. Ota-ona 
galasi yiliga 6 marta to‘ldirib turiladi. 
Jo‘jalar  qalin    tushamalarda  1  m²  maydonda  8  boshdan  saqlanadi.  Havo 
harorati  8-12  ºS,  havoning  nisbiy  namligi  75-80%,  yoritish  davomiyligi  14-16 
soatni tashkil etadi. Maxsus omixta yYem bilan oziqlantiriladi. 
G‘oz go‘shti ishlab chiqarish korxonalarining ota-ona galasida g‘ozlar 5 yil 
davomida  foydalaniladi,  lekin  oxirgi  yillari  g‘ozlar  tuxumdorligining  pasayishi 
ko‘zatiladi. 
Shuning  uchun  galada  35%bir,  30%  ikki,  25%  uch,  10%  to‘rtinchi  yilgi 
g‘ozlar  bo‘lishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunday qilganda yil davomida 
bir tekisda inkubatsiya tuxumlari olishni  ta’minlash mumkin.  
Ota-ona  galasi  180 kunlik    g‘ozlar bilan  tashkil  etiladi. Og‘ir vaznli  zotga 
mansub  g‘ozlar  uchun  jinsiy  nisbat  1:3,  yengillari  uchun  1:4  qilib  belgilanadi. 
Birinchi yili faqat tabiiy yorug‘lik bilan  kifoyalansa, ikkinchi yili dekabr oyidan 
yoritish  har hafta cho‘zib sun’iy   yoritiщ evaziga 14-15 soatga yetkaziladi.  
G‘ozlar  derazasi,  qalin  tushamalardan  100-150  boshdan  saqlanib,  2-3 
g‘ozga  1  ta  tug‘ish  uyasi  qo‘yiladi.  Tushama  sifatida  qirindi,  somon  yoki 
maydalangan poxoldan foydalanish mumkin.  
Havo harorati  qish paytlarda 7-14ºS namligi 70-80% bo‘lishi talab etiladi. 
1m²  bino  yuzasiga  1-2  boshdan  g‘oz  to‘g‘ri  keladi.  Maxsus  quruq  omixta 
yYemdan har boshiga 300-350 gramm beriladi. 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   326   327   328   329   330   331   332   333   ...   438




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish