Jamurad yangiboyevich, amirov



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/438
Sana09.08.2021
Hajmi4,04 Mb.
#143177
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   438
Bog'liq
Чорвачилик асослари

Parrandalarning 
biologik 
xususiyatlari. 
Parrandalar 
sermahsul 
hisoblanadi,  leggorn  zotli  tovuqlar    bir  yilda  o‘rtacha  260-280  dona  tuxum 
beradi,  broyler  jo‘jalari  50-60  kunda  1,5-2,0  kg  nimta,  o‘rdak,  g‘oz,  kurka 
jo‘jalari mo‘l go‘sht berish qobiliyatiga ega. 


 
264 
Ularning  tez  yetiluvchanligi  alohida  ahamiyat  kasb  etadi,  ya’ni  qisqa 
muddatlarda  mahsulot  olish  mumkin. Leggorn  zotli  mokiyon  jo‘jalar  5 oylikda 
tuxumga  kirsa,  broyler  va  o‘rdak  jo‘jalari  50-60  kunda  go‘sht  uchun  so‘yish 
mumkin. 
Parrandalarni tez ko‘paytirish imkoni bor, yoki bir tovuqdan yiliga 250-300 
bosh  jo‘ja  o‘stirsa  bo‘ladi.  Parrandalarda  embrion  tanadan  tashqarida 
rivojlanishi  munosabati    bilan  yilning  xohlagan  fasl  va  paytida  jo‘ja  ochirib 
ularni o‘stirish  mumkin. Ayniqsa  jo‘ja  ochirishni sanoat asosida-inkubatorlarda 
tashkil qilish xohlagan payt, xohlagan miqdorda jo‘ja olish imkonini beradi. 
Parranda  tuxumi  po‘choq  bilan  o‘ralgan  bo‘lib,  u  tabiiy  hisoblanadi,  shu 
boisdan uni uzoq muddat saqlash va tashish imkoniyatlari mavjud. 
Parranda mahsulotlari boshqa chorva mahsulotlariga nisbatan arzon, chunki 
1 kg mahsulot ishlab chiqarishga eng kam oziqa sarflaydi, yoki 10 dona tuxum 
uchun 2-3 kg, 1 kg semirish uchun ham 2-3 kg yem sarflaydi. 
Parrandalarning biologik xususiyatlaridan biri ularning tana harorati yuqori  
42ºS,  hamda  yurak  urishi,  nafas  olishi  ancha  tez,  bu  hol  ularda  modda 
almashuvining jadalligini ko‘rsatadi. 
Parrandalarning  ajoyib  xususiyatlaridan  biri  ularni  chegaralangan 
maydonlarda-qafaslarda  saqlab  yuqori  mahsuldorlikka  erishish  mumkin.  Bu 
holat  barcha  parrandachilik  mahsulotlarini  sanoat  asosida  ishlab  chiqarishni 
tashkil qilish imkonini beradi. 
Parrandalar  galalarini  tez  almashtirish  imkoniyati  mavjud  bo‘lib,  bu  hol 
parrandalar  mahsuldorligini  muttasil  oshirib  borish  imkonini  beradi.  Tuxum 
yo‘nalishidagi sanoat galasi har yili almashtirilib boriladi. 
Parrandalarning  boshqa  qishloq  xo‘jalik  hayvonlaridan  ustunlik  tomoni 
ularning so‘yim chiqimining yuqoriligi hisoblanib, 75-80% tashkil etib; olingan 
nimtaning 65-70% esa yeyishga yaroqli hisoblanadi. 
Suvda  suzuvchi  voyaga  yetgan  parrandalar  bo‘rdoqilanganda,  ular 
go‘shtida yog‘ nisbati 40% gacha yetib, kalloriyaligi yuqori bo‘ladi. 
Parrandalarning  yana  bir  xo‘jalik  uchun  foydali  xususiyati  ular  har  xil 
oziqalarni yeyish va hazm qilish hususiyatiga ega. 
Evolyusion  jarayonda  parrandalar  suyaklari  ingichkalashib,  qattiqlashgan, 
ularning orasida havo bo‘shliqlari bo‘lib yengil. Bu hol ularda gaz almashinuvi 
va nafas olishni kuchaytiradi. 
Ovqat  hazm  qilish  tizimi  ham  boshqa  qishloq  xo‘jalik  hayvonlaridan 
farqlanib ularda tish bo‘lmasligi natijasida oziqalarni chaynamay yutadi. Ularda 
oziqalar  qizilo‘ngach  orqali  jig‘ildonga,  undan  keyin  bezli  oshqozonga  o‘tadi. 
Ushbu  oshqozonda  me’da  shirasi  bilan  obdan  ishlagan  oziqa  aralashmasi 
muskulli oshqozonga tushadi va eziladi, hazmlangan oziqalar ichaklarga o‘tadi. 
Parrandalar  ichaklari  hayvonlar  ichaklariga  nisbatan  bir  necha  marta  qisqa 
bo‘lib, oziqalar faqat 6-8 soat davomida turadi. 


 
265 
Embrion  rivojlanish  davrida  ikki  tuxumdon  ham  rivojlanib,  voyaga 
parrandalarda  tuxum  asosan  chap  tuxumdonda  paydo  bo‘lib  ajraladi,  o‘ng 
tuxumdon va tuxum yo‘llari rivojlanmay qolaveradi. 
Tuxum  sarig‘i  tuxumdonda  shakllanadi,  ovulyasiya  natijasida  u  tuxum 
yo‘liga tushadi, tuxumning qolgan qismlari (oqsili,po‘chog‘i) tuxum yulida hosil 
bo‘ladi,  ushbu  jarayonga  22-24  soat  vaqt  sarflanadi,  tuxum  tashqariga 
chiqarilganda 0,5 soatdan keyin navbatdagi ovulyasiya  ro‘y berib tuxum sarig‘i 
tuxum  yo‘liga  tushadi,  jarayon  yana  takrorlanadi.  Tuxum  hujayrasi  tuxum 
otalanib, murtak tuxum  sarig‘i  o‘rtasida  joylashgan  bo‘ladi. Parrandalar  siydik, 
jinsiy  va  tezak  chiqarish  a’zolari  birlashgan  bo‘lib  tashqi  chiqaruv  teshigiga 
(kloaka) ochiladi. 
Erkak  parrandalarda  urug‘don  qorin  bo‘shlig‘ida  joylashgan  bo‘lib 
eyakulyat  chiqaruv  a’zosiga  tashlanadi.  Xo‘rozlar  o‘rtacha  eyakulyat  hajmi  0,3 
mm  bo‘lib,  xo‘rozdan  ajratilgan  tovuqlar  yana  10  kun  mobaynida  otalangan 
tuxum berishlari mumkin. 
Parrandalarda  kurk  bo‘lish  instinkti  bo‘lib  tuxum  bosib  jo‘ja  ochishga 
imkon  beradi.  Ushbu    xususiyat  madaniy  zotlarda  yo‘qotilgani  uchun  yil  bo‘yi 
tuxum beradi. 
Parrandalar  tana  tuzilishi  xususiyatlari,  mahsuldorlik  va  xo‘jalik  uchun 
foydali belgilariga qarab quyidagicha tavsiyalanadi: 
Tuxum yo‘nalishidagi parrandalar; 
Tuxum –go‘sht yo‘nalishi parrandalar; 
Go‘sht yo‘nalishidagi parrandalar. 
Tuxum  yo‘nalishidagi  parrandalar  jussasi  nozik,  suyaklari  ingichka  va 
qattiq, muskul to‘qimalari kuchli rivojlanmagan, patlari qalin  va mayin  bo‘lib,  
tanasi uchburchakni eslatadi. 
Go‘sht  yo‘nalishidagi  parrandalar  jussasi  yirik,  qo‘pol  bo‘lib,  suyaklari 
ingichka  va  bo‘sh,  muskullari  kuchli  rivojlangan,  tana  tuzilishi  doira  shaklini 
eslatadi. 
Tuxum  go‘sht  yo‘nalishidagi  parrandalarda  ikki  yuqoridagi  parrandalar 
xususiyatlari  mavjud  bo‘lib  oraliq  o‘rinni  egallaydi, tanasi  to‘rtburchak  shaklni 
eslatadi. 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   438




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish