Jamurad yangiboyevich, amirov


II.4.5 Qishloq xo‘jalik parrandalarini oziqlantirish



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/438
Sana09.08.2021
Hajmi4,04 Mb.
#143177
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   438
Bog'liq
Чорвачилик асослари

II.4.5 Qishloq xo‘jalik parrandalarini oziqlantirish
 
Parrandalar o‘ziga xos hayot xususiyatliriga    ega, ularda hayot  jarayonlari  
tez  kechadi,  shuning  uchun  ularning  tana  harorati  yuqori  (42◦S  )  va  1  kg  tirik 
vazni uchun ko‘proq kislorod iste’mol qiladi, hamda nafas olishi va yurak urishi 
tez  kechadi.  Modda  almashinuvining  tezligi  parrandalar  sermahsulligi  asosi 
hisoblanadi. Tovuq, o‘rdak va kurkalar har xil oziqalarni yeyivchilar, g‘ozlar esa   
o‘txo‘rlar toifasiga  kiradi. 
Oziq  hazm  qilish  a’zolari  parrandalarda  boshqa  qishloq  xo‘jalik 
hayvonlaridan keskin farq qiladi. Oziq hazm  qilish a’zolari kalta, ulardan oziqa 
qisqa  vaqtda o‘tadi, hazm jarayoni tez  tugaydi, jo‘jalarda va tovuqlarda ushbu 
jarayon  hammasi  bo‘lib  4-5  soat  davom  etadi.  Oziqalarni  maydalab  berish  bu 
jarayonni tezlashtiradi. 


 
117 
 Parrandalar  jadal  o‘sadi, broylerlar  va  o‘rdak  jo‘jalari  dastlabki  50  kunda 
tuxumdan  chiqqan  vazniga  nisbatan  40,  g‘oz  jo‘jalari  35  barobar  vaznini 
oshiradi. 
Parrandalarning og‘iz bo‘shligida tishi bo‘lmaydi, oziqani tumshug‘i bilan 
olib, sulak bilan biroz ho‘llab yutadi. 
Og‘iz  bo‘shlig‘idan  oziqa  qizilungachga  tushadi.  Don  yeyuvchi 
parrandalarda  u  ko‘krakka  kirish  oldidan  kengayib  jig‘ildonni  tashkil  etadi,  u 
yerda  oziqalar  yumshab,  oziqa  fermenti  va  mikroorganizmlar  yordamida  biroz 
parchalanadi. 
Jig‘ildondan  oziqa  qizilungachga  oxirida  joylashgan  bezli  oshqozonga 
tushib  pepsin  va  xlorid kislotasi    ta’siriga  uchraydi,  shundan  keyin  u  muskulli 
oshqozonga  tushib  oshqozon  devori  va  toshchalar  yordamida  obdan 
maydalanadi va bezli oshqozondan tushgan shira bilan aralashadi.  Oshqozonda 
oziqa ichaklarga o‘tadi, u yerda kislotali muhit hukm suradi. 
Oshqozon-ichaklarni  butun  don  va  un  oziqalarni  hazm  qilish  ancha  sekin 
kechadi.  
Parrandalar  kletchatkaga  boy  organik  moddalar  kovshovchilar  va 
cho‘chqalarga  nisbatan  yomon  hazm  qiladilar,  yoki  kletchatkani  hazmlanish 
darajasi 0-25% ni tashkil qiladi. Shu bois tovuqlar ratsionida esa 6-10 dan ortib 
ketmasligi  kerak,  aks  holda  parrandalar  mahsuldorligi  pasayib  cho‘kish  ro‘y  
beradi. 
Barcha  to‘yimli  moddalar  manbai  oziqa  hisoblanadi.  Parranda  oshqozon-
ichaklarida  organik  moddalar  parchalanadi:  oqsillar  –  aminokislotalarga, 
uglevodlar – monosaharidlarga, yog‘lar esa gliserin va yog‘ kislotalariga. 
Bu  moddalar  organizmda    yangi  hujayralar,  ferment,  gormon,  vitaminlar 
hosil bo‘lishi, hamda organik moddalar parchalanishi natijasida energiya ajralib 
chiqadi  ,  u  tana  haroratini  ushlab  turishi,  muskullar  faoliyatini  ta’minlash  va 
yangi  moddalar hosil bo‘lishiga sarflanadi. 
Parrandalarning  to‘yimli  moddalarga  talabi  qator  ko‘rsatkichlar  bo‘yicha 
inobatga  olinadi,  ulardan  eng  zaruriy  energiya  bo‘lib  energetik  birlik 
hisoblanadi. Bu narsa oziqalar energiyasining ko‘payishi, ularning energiyasi va 
energo-protein  nisbatini nazorat qilib borishni  taqozo etadi. 
Proteindan  samarali  foydalanish  belgisi  ratsionning  kalloriyaligini  
proteinga  nisbati  hisoblanadi.  Energo  protein  nisbati  1%    proteinga  qancha 
almashinuvchi  energiya  to‘g‘ri  kelishi  bilan  aniqlanadi.  Buni  aniqlash  uchun 
ratsiondagi almashinuvchi energiya (kkal)  miqdorini xom proteinga (%) bo‘lish 
bilan  hisoblanadi.  Parrandalarni  oziqlantirishda  protein  nisbati    alohida  o‘rin 
tutadi, yoki parrandalar mahsuldorligining 20-25% shunga bog‘liq. 
Proteinni  faqat  me’yorda  berish  kerak,  kam  bo‘lsa  mahsuldorlik  va 
saqlanuvchanlikka salbiy  ta’sir qiladi, ko‘p bo‘lsa behudaga energiyaga aylanib 
ketadi, 
bunday 
ratsion 
qimmat 
bo‘lib 
parrandachilik 
mahsulotlarini 
samaradorligini pasaytirib yuboradi. 


 
118 
Oziqalarning  protein  to‘laqimmatligini  nafaqat  xom  protein,  balki  ular 
tarkibidagi  aminokislotalar  bilan  baholanadi.  Ko‘pincha  metionin,  lizin  , 
triptofan kabi aminokislotalar yetishmasligi seziladi. 
 Parrandalarni 
proteinga 
bo‘lgan 
talabining 
 
40-45% 
 
o‘rni 
almashmaydigan,  qolgan  qismi  esa    o‘rni  almashadigan  aminokislotalarga 
to‘g‘ri keladi. 
Parrandalar  oziqlantirishda  vitaminlarning  me’yor  darajasida    bo‘lishiga 
alohida  e’tibor  beriladi,  aks  holda  modda  almashinuvi  buzilishi  asnosida 
mahsuldorlik pastlab, parrandalarning salomatligi yomonlashadi. 
Parrandalarning  barcha  turlari  ratsionlari  mineral  moddalar  bilan 
tenglashtirilishi shart. 
Barcha  turdagi  parrandalar  me’yorlari  talablariga  binoan  omixta  yYemlar 
tayyorlanadi,  ular to‘laqimmatligi asosiy oziqa manbalari hayvonot dunyosi va 
oziqa qo‘shimchalari evaziga ta’minlanadi. 
Tovuqlarni  oziqlantirish    quruq  to‘laqimmatli  omixta  yYemlar  bilan 
amalga oshiriladi. 
Tovuqlar  tuxumlashi 50%  bo‘lganda 1 kg oziqada 1% proteinga 200-207 
kkal, tuxumlash 70% bo‘lganda 180-190 kkal , 90% bo‘lganda esa 176-183 kkal 
ni  tashkil  qiladi.  Ratsionda  xom  proteinning  nisbati    6%  dan  oshib  ketmasligi 
kerak. 
 
2.4.5.6.Jadval 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   438




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish