130
Sohani rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri yosh qoramollarni
to‘g‘ri o‘stirish muammolari hisoblanadi. Buning uchun sigirlarni o‘z vaqtida
qochirish, bo‘g‘oz sigirlarni oziqlantirish va saqlash, ularni tug‘dirishni tashkil
qilish, buzoqlarni sut davrida va undan keyingi o‘stirishni me’yorlar darajasida
tashkil qilishni taqozo qiladi. Buning uchun tug‘ilgan buzoqni podani
to‘ldiruvchi, go‘sht uchun o‘stiriladigan guruhlarga ajratib maqsadga muvofiq
qilib o‘stirishni tashkil qilish kerak. Ayniqsa, podani to‘ldirish uchun ajratilgan
urg‘ochi buzoqlarni alohida ratsionlar asosida boqib, oqilona saqlashni tashkil
qilib ularni 16-18 oyligida 340-350 kg vaznga yetganda qochirishni tashkil
qilish, sigirlar podasini birinchi tuqqan sigirlar hisobiga to‘ldirish
imkoniyatlarini beradi. Buning uchun g‘unajinlarni tu`g‘ishga to‘g‘ri tayyorlash,
tug‘ish ularning 27- 28 oyligida o‘tishini ta’minlash, 1 to‘g‘im sigirlarni
mahsuldorligi 100 kun sog‘in davridagi sutining miqdoriga qarab tanlashni
tashkil qilish, podani asl sigirlar bilan to‘ldirish imkoniyatlarini beradi.
Sigirlar sut mahsuldorligini ko‘paytirishda ularni tug‘ish oldidan o‘z
vaqtida sutdan chiqarish, bo‘g‘oz sigirlarni tug‘ishdan oldin dam olishini tashkil
qilish, sigirlarni tug‘dirishni maxsus bo‘limlarda tashkil qilish ularni 90-100 kun
mobaynida iydirish (razdoy) alohida o‘rin tutishi kerak.
Sigirlarni oziqlantirishni ularning tirik vazni, mahsuldorligi asosida tashkil
qilish sigirlar imkoniy sut mahsuldorligini ro‘yobga chiqarishda asosiy qurol
bo‘lishi kerak.
Qoramol go‘shti ishlab chiqarishni ko‘paytirish barcha mulk shaklidagi
xo‘jaliklarda tashkil etish mumkin. Ayniqsa, bu sohada go‘sht ishlab chiqarishga
ixtisoslashgan xo‘jaliklarni o‘rni ajralib turishi kerak.
Bu borada ixtisoslashgan go‘sht qoramolchiligi bilan shug‘ullanuvchi
xo‘jaliklar sonini ko‘paytirish ijobiy natijalar beradi.
Buning uchun tabiiy o‘tloqzorlar, yaylovlar mavjud hududlarda katta-
kichik, turli mulk shaklidagi xo‘jaliklar tashkil qilish mumkin. Bu xo‘jaliklarda
qator O‘zbekiston sharoitiga mos qoramol zotlari mavjud.
Go‘sht yetishtirishni ko‘paytirish ko‘p jihatdan buzoqlarni to‘g‘ri o‘stirish,
tanalarni yetiltirish va bo‘rdoqilash ishlarini me’yorida tashkil qilish kerak.
Buzoqlarni o‘stirish davrida ularning kunlik vazni qo‘shishi 600-700
gramm, tanalar yetishtirish va bo‘rdoqilash davrida esa 800-1000 grammni
tashkil qilishi maqsadga muvofiqdir, buning natijasida bir bosh qoramolniig
o‘rtacha vazni 450-500 kg bo‘lganda go‘shtga topshirish mumkin.
Barcha xo‘jaliklarda puchlangan buqa va sigirlarni albatta
bo‘rdoqilashdan keyin go‘shtga topshirish, qo‘shimcha har bir bosh hayvondan
80-100 kg vazn olish imkonini beradi. Umuman olganda sohaning
samaradorligi hozirgi kun talablari darajasida Yemas, shuning uchun sohani
rivojlantirishning yaxlit tadbirlar majmuasini amalga oshirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: