Poda tarkibi. Poda tarkibi chorvachilikda muhim ko‘rsatkich bo‘lib
hisoblanadi. Podadagi turli jins va yoshdagi hayvonlarning nisbatiga uning
tarkibi deyiladi. Bu ko‘rsatkich xo‘jalikda sut va go‘sht ishlab chiqarish bilan
bog‘langan. Xo‘jalikda poda tarkibini tahlil qilib qoramolchilikning ahvoli
to‘g‘risida to‘liq fikr yuritish mumkin. Podani qayta tiklash ham ko‘p jihatdan
poda tarkibini oqilona tashkil qilinganiga bog‘liq. Qoramollar podasi asosan
quyidagi guruhlarga bo‘linadi: buqalar, sigirlar, gunojinlar, 1 yoshdan katta
175
urg‘ochi tanalar, 1 yoshgacha urg‘ochi tanalar, 1 yoshdan katta novvoslar, 1
yoshgacha novvoschalar, katta yoshdagi bo‘rdoqilar va hokazo.
Yuqoridagi guruhlar to‘la ishlab chiqarish jarayoniga ega bo‘lgan
xo‘jaliklarda bo‘lib, ixtisoslashgan xo‘jaliklarda esa ularning‘ bir qismi bo‘ladi.
Poda tarkibida sigirlar sun’iy urug‘lantirilganda buqalar bo‘lmaydi, sanoat
tipidagi sutchilik komplekslarida sigirlar va 15 kunlikkacha buzoqlar bo‘ladi,
bo‘rdoqichilik kompleksdarida esa turli yoshdagi novvoslar bo‘ladi, xolos.
Podaning tarkibi hayvonlarni, ayniqsa sigirlarni xo‘jalikda foydalanish
muddati muhim o‘rin tutadi, agar sigirlar podadan ko‘p puchakga chiqarilsa,
podada qoldirilishi lozim urg‘ochi tanalar soni ko‘paytiriladi. Naslchilik
xo‘jaliklarida sigirlarni puchakga chiqarish 10-15 %, yoki 8-10 yil foydalaniladi.
Tovar xo‘jalikdarida puchak qilish 25 % ni tashkil qilib, xo‘jalikda 4-5 yil
foydalaniladi.
Podani tezroq takomillashtirish uchun podadan sigirlarni chiqarish ko‘proq
bo‘ladi, shuning uchun podani to‘ldiruvchi urg‘ochi tanalar miqdori
ko‘paytiriladi.
Podada sigirlar nisbati xo‘jalikning yo‘nalishi, ixtisosiga bog‘liq. Sut ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan sutchilik xo‘jaliklarida ularning podadagi nisbati 80-
90 %, sutchilik xo‘jaliklarida 50-60 %, xo‘jaliklarda sigirlar podasi o‘z urg‘ochi
tanalari hisobiga to‘ldiriladi va go‘sht shlab chiqariladi. Go‘shtdor
qoramolchilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarda esa sigirlar nisbati 35-40 % ni
tashkil qiladi.
O‘zbekiston sharoitida yosh qoramollar go‘shtga 15-18 oyligida
topshirilish tashkil qilingan xo‘jalikda podada sigirlar nisbati 40-50 % bo‘lishi
maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Naslchilik xo‘jaliklarida naslli yosh qoramollar qaysi yoshda sotilishiga
qarab podada sigirlar nisbati o‘zgaradi. Agarda yosh qoramollar erta sotilsa
podada sigirlar nisbati ortadi, ular kech sotilsa sigirlar nisbati kamayadi.
Xo‘jalik sigirlar podasini o‘z hisobiga to‘ldirsa, I tug‘im sigirlarni tekshirib bir
qismini podadan chiqaradi, shuning uchun podadagi g‘unajinlar nisbati 20-25%
ga yetkazilib, shu asosida turli yoshdagi urg‘ochi tanalar nisbati ham
ko‘paytiriladi. Naslchilik xo‘jaliklarida poda tarkibi quyidagicha bo‘lishi
mumkin: buqalar 2-3%; sigirlar 50-60%; g‘unajinlar 15-18%; I yoshdan katta
urg‘ochi tanalar 18-20%; I yoshgacha urg‘ochi tanalar 20-25% ni tashkil qiladi.
Bu hisobga sotish uchun mo‘ljallangan mollar kiritilmagan.
Podani kengaytirilgan takror ishlab chiqarsh sharoitida podada turli
yoshdagi urg‘ochi tanalar nisbati ko‘paytiriladi.
Go‘shtdor qoramolchilikda esa podada go‘sht uchun o‘stiriladigan mollar
nisbati ko‘p bo‘lishi, tabiiy sigirlar nisbati kamayadi, yoki 35-40% ni tashkil
qiladi. Bu borada go‘sht uchun o‘stirilgan qoramollar qaysi yoshda go‘shtga
topshirilishiga qarab poda tarkibi o‘zgaradi. Agar 15-18 oyligida yosh
qoramollar go‘shtga topshirilsa, sigirlar 35-40% ,g‘unojinlar 20% ni tashkil
qiladi. Agar go‘shtga qoramollar 24-30 oyligida topshirilsa podada sigirlar
176
nisbati kamayadi. Naslchilik go‘shtdor qoramolchilik xo‘jaliklarida sigirlarning
podadagi
nisbati 40-50% ga yetishi mumkin, chunki yosh nasldor qoramollar boshqa
xo‘jaliklarga sotib yuboriladi.
Har bir xo‘jalikda yil boshida poda harakati tuziladi, u har bir xo‘jalikning
yo‘nalishi, mahsulot yetishtirish rejalari, podani tiklash muammolarini o‘zida
aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |