173
Bu masala juda muhim bo‘lib xo‘jalikda poda sonini ko‘paytirish, mahsulot
ishlab chiqarishni bir meyorda olib borishning asosiy mezoni hisoblanadi.
Urg‘ochi hayvon to‘liq pushtsizligi juda kam uchraydi, qisir qolish va urg‘ochi
tanalarning o‘z vaqtida qochmasligi ko‘p jihatdan oziqlantirish, saqlash
sohasidagi kamchiliklar, yoki kasallik natijasi bo‘lishi mumkin. Sigir va
urg‘ochi tanalarning qisir qolishi ko‘p jihatdan buqalar qochirish qobiliyatining
past bo‘lishi, urug‘lar sifatsizligi va boshqalar bo‘lishi mumkin. Qisir qolishni
oldini olishda qochirish, tug‘ish jarayonlarini o‘z vaqtida hisob-kitob qilib
borish zarur. Umuman olganda har bir qisir sigirni tekshirish, sababini aniqlash
va chora ko‘rish qisir hayvonlar sonini kamaytirish imkonini beradi.
Xo‘jaliida oziqlantirish va saqlash sharoitlari me’yorda bo‘lgan taqdirda,
qisirlik sabablarini boshqa muammolardan izlash kerak. Ular asosan buqalar
urug‘ining‘ sifatini talablar darajasida bo‘lmasligi, sigirlar jinsiy a’zolari
kasalligi, hayvonlarning genetik kasalliklari sabab bo‘lishi mumkin. Jinsiy
a’zolari kasallangan sigir va urg‘ochi tanalar ajratib davolanishi shart.
Ko‘p hollarda sigirlarni tuqqandan keyin o‘z vaqtida qochirilmasligi,
asossiz servis davrini cho‘zib yuborilishi, urg‘ochi hayvonlar bo‘g‘ozligi erta
aniqlanmaslik sigirlarni qayta qochirish va otalantirish imkoniyatini
bermaydi.
Shuning uchun sigirlarni tuqqandan keyin o‘z vaqtida rejalar asosida qochirish,
servis davrining me’yorda bo‘lishi va qochirilgan urg‘ochi hayvonlarni o‘z
vaqtida erta bo‘g‘ozlikni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Qoramollar podasini qayta tiklashga sigir va g‘unojinlarning bola tashlashi
salbiy omil hisoblanadi. Bola tashlashning bosh sabablari bo‘lib oziqlantirish,
saqlash va hayvonlardan foydalanishda yo‘l qo‘yiladigan qo‘pol hatolar sabab
bo‘ladi. Brusellyoz, vibrioz kabi yuqumli kasalliklar ham bola tashlash sababi
bo‘lishi mumkin. Bo‘g‘oz sigirlar va g‘unojinlar to‘liq ratsionlar asosida
oziqlantirilishi shart, ayniqsa bo‘g‘ozlikning ikkinchi davrida bu omil muhim
ahamiyat kasb etadi. Bo‘g‘oz hayvonlarni to‘g‘ri asrash ham bola tashlashni
oldini olishda katta o‘rin tutadi, buning uchun ular, quruq, yorug, issiq
binolarda guruhlab saqlanadi, molxonalar poliga alohida e’tibor beriladi.
Bo‘g‘oz hayvonlarga muzlagan, chirigan, mog‘orlagan oziqalar, muzlagan suv
berilishi, yoki sovuq paytlarda muzlagan o‘tli yaylovlarda boqish ham bola
tashlashga sabab bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: