Jamurad yangiboyevich, amirov


Qoramollar go‘sht mahsuldorligiga ta’sir qiluvchi omillar



Download 4,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/438
Sana09.08.2021
Hajmi4,04 Mb.
#143177
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   438
Bog'liq
Чорвачилик асослари

Qoramollar go‘sht mahsuldorligiga ta’sir qiluvchi omillar 
 
Qoramolning  go‘sht  mahsuldorligiga  ta’sir  qiluvchi  asosiy  omil 
hayvonning  zoti  hisoblanadi.  Ayniqsa  go‘sht  yo‘nalishidagi  qoramollar  yuqori 
go‘sht mahsuldorligiga ega bo‘ladi. Ular o‘zlarining tez yetiluvchanligi, so‘yim 


 
144 
chiqimining yuqori bo‘lishi va ajoyib go‘sht sifati bilan ajralib  turadi. 
Ularnig  tirik  vazni  600-1000  kg,  so‘yim  chiqimi  65%  bo‘lib,  yaxshi 
bo‘rdoqilanib, 1kg vazn ortishi uchun kam oziqa sarflaydi. 
O‘zbekistonda  asosiy  go‘sht  yo‘nalishidagi  zotlar  qozoqi  oqbosh,  santa-
gertruda, aberdin anguss zotlari  bo‘lib,  ularning go‘shtining to‘yimliligi yuqori 
bo‘lib mazaligi jihatdan yuqori baholanadi. 
Ko‘pgina  sut  va  ayniqsa  sut-go‘sht  yo‘nalishidagi  qoramollarning  ham 
yuqori go‘shtdorlik imkoniyatlari borligi aniqlangan. 
Jadal  o‘stirilgan  yosh  qoramollar  15  oyligida  450-500  kg  vaznga  ega 
bo‘lishi  va  1kg  tirik    vazni  ortishiga  6,5-7,0  oziqa  birligi  sarflaydi.      Bu 
imkoniyatlardan oqilona foydalanish go‘sht yetishtirishni ko‘paytirishda  asosiy 
omil bo‘lib hisoblanadi. 
Qoramollarning  go‘sht  mahsuldorligiga  ularning    yoshi  ta’sir  qiladi. 
Buzoqlar  nimta  go‘shti  tarkibida  suyak  va  biriktiruvchi  to‘qimalar    nisbati 
yuqori    bo‘lib,  muskul  to‘qimasi    kamroq  bo‘ladi,  yosh  ortishi  bilan  bu  nisbati 
muskul  va  yog‘  to‘qimasi    foydasiga  hal  bo‘ladi.  Bundan      tashqari  voyaga 
yetgan  hayvonlar  go‘shtining  tarkibida  suv  kam  bo‘lib  yog‘ning  Ko‘p  bo‘lishi  
uning  to‘yimlilik  darajasi yuqori bo‘lishini  ta’minlaydi. Yosh qoramollar 12- 
15  oyligigacha  muskul  to‘qimalari    yaxshi  rivojlanadi,  shu  davrda    jadal 
o‘stirilib,  bo‘rdoqilanib    so‘yilgan  hayvonlar    muskul  va  yog‘  to‘qimalarining  
nisbati  talablar  darajasida  bo‘ladi.  Yosh  ulg‘ayishi  bilan  muskul  to‘qimasi  
nisbati kamayib, yog‘ to‘qimasi nisbati ortib boradi, bu esa go‘sht sifatiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatib,  1 kg sYemirish uchun Ko‘proq  oziqa  sarflashga olib keladi. 
Qoramollar   go‘sht mahsuldorligiga oziqlantirish va saqlash sezilarli ta’sir  
qiladi.  Yetarli  oziqlantirilmagan,  yomon  saqlangan  hayvonlar  o‘sishdan  qoladi, 
yaxshi rivojlanmaydi bo‘rdoqilash muddati  uzayib, 1kg sYemirishga oziqa sarfi 
keskin ortib boradi. 
Jadal  o‘stirilgan    yosh  qoramollar    tez  yetilib  ular  yuqori  go‘sht 
mahsuldorliga ega bo‘libgina qolmay, go‘sht tarkibida ijobiy nisbatga, kimyoviy 
tarkibga ega bo‘ladi, hamda nimtada qimmatli bo‘laklar ko‘payadi. 
Yosh  qoramollarni    yoshligidan  hajmli  oziqalar-  dag‘al,  shirali  oziqalarga 
o‘rgatish  ulardan  ko‘proq  samara  olish,    sifatli  qoramol  go‘shti  olishni 
ta’minlaydi.  Bu holda  qoramollarning  18-20  oyligiga  bo‘rdoqilab vaznini 500-
550 kg ga yetkazib go‘shtga so‘yish maqsadga muvofiq. 
YYem  oziqlarni    ko‘p  foydalanib  go‘shtga    boqish  hayvonlarni  yetilish 
davrini  qisqartiradi,  bu  usulda  ularni  14-15  oyligida  go‘sht  uchun  so‘yish 
mumkin.  Qoramol  go‘shti  yetishtirishda  hayvonlarni  yaylovda  sYemirtirish 
alohida o‘rin tutadi. Bunday hayvon go‘shti sifati bilan ajralib turadi va u ancha 
arzonga tushadi. 
Ko‘pchilik  hollarda  qoramollar  go‘sht  mahsuldoligiga  biostimulyatorlar   
ta’sir qiladi. Ular asosan  su’niy erkak gormoni mahsulotlari, insulin va to‘qima  
preparatlari  hisoblanadi.  Bunday  moddalarni  qo‘llash  albatta  to‘la-to‘kis 
oziqlantirish  bilan    olib  borilishi  shart.  Qoramol  go‘shti  sifati  ularning    jinsiga 


 
145 
bog‘liq. Go‘sht yetishtirish uchun  podani to‘ldirishdan ortiqcha yosh qoramollar 
va puchaklangan hayvonlar foydalaniladi.  Sifat jihatdan  axtalangan  novvoslar 
(bichmalar) go‘shti ancha sifatli bo‘ladi,  chunki ular go‘shtining muskul tolalari 
nozik va mazali bo‘ladi. 
Ko‘pgina  tajriba  va  ishlab  chiqarish  jarayoni  bichilmagan  novvoslar 
axtalanganlariga  nisbatan  10-15%    ko‘p  tirik  vaznga  ega  bo‘ladi.    Agarda 
xo‘jalikda  go‘sht  uchun  qoramolarni  guruhlab,  yaylov  sharoitida  o‘stiriladigan 
bo‘lsa ularning 3-5 oyligida bichish maqsadga muvofiq. Bichilmagan novvoslar 
albatta bog‘lab bo‘rdoqilash tavsiya etiladi. 
 

Download 4,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   438




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish