Jamol Kamol 1938 yili Buxoro viloyati, Shofirkon tumanidagi Chikaron qishlogʻida, dehqon oilasida tavallud topdi. Ota-onadan erta ayrilgan Jamol togʻasi qoʻlida tarbiya koʻrdi



Download 48,3 Kb.
bet9/9
Sana31.12.2021
Hajmi48,3 Kb.
#199674
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jamol Kamol 1938 yili Buxoro viloyati

Kipriklarim oʻpsalar bas gardlaringdan.

Men bir nasim boʻlib keldim, men bir nasim,

Aytib oʻtsam deyman koʻhna dardlaringdan.

 

Shu maʼnoda Sirojiddin Sayyidning “Kuydim”, “Vatanni oʻrganish” nomli toʻplamlariga kirgan sheʼrlarida qulf ura boshlagan goʻzal va mungli tuygʻulari yanada keng koʻlam va zalvor kasb etgan, tugʻilgan yurt, ona Vatan haqidagi sogʻinch va hayajonlari, mehru muhabbati “Vatan abadiy” (2001), “Ustimizdan oʻtgan oylar” (2003), “Koʻksimdagi zangorlarim” (2005) nomli sheʼriy toʻplamlarida bor boʻy-basti bilan namoyon boʻladi. Shoirning keyingi yillarda bosilgan “Koʻngil sohili” (“Shamnoma”, toʻrtliklar, 1995), “Dil fasli” (2007), “Bugʻdoyboʻy Vatan” (2011) kabi kitoblaridagi sheʼrlar, manzuma va dostonlarni ilmiy-adabiy jamoatchilik xayrixohlik bilan qarshi oldi. S. Sayyidning “Tanazzul” (1989), “Toʻpalondaryo bilan xayrlashuv” (1992), “Yaxshilik eskirmaydi” (Qirq hadis, 1992–2001), “Bahor Surxondan boshlanar” (2002), “Laylakqor va odamzod rivoyati” (1998), “Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur” (2010) dostonlari mustaqillik yillari epik janr qiyofasini yaratishda muhim oʻrin tutadi.



Sirojiddin Sayyid tarjima sohasida ham faoliyat yuritib, Pushkin lirikasidan namunalarni, Andrey Voznesenskiyning “Mangu rizq” (1991) sheʼrlar va nasriy kitobini, bulgʻor shoiri Lyubomir Levchev sheʼrlarini, musavvir Pablo Pikassoning sheʼriy tajribalarini, Abu Homid Gʻazzoliyning “Munojot lazzati” nomli hikmatlarini, Jaloliddin Rumiy, Hofiz Sheroziy gʻazallari bilan hikmatlarini, Roʻdakiy, Aleksandr Faynberg, Loyiq Sherali sheʼrlarini oʻzbek tiliga oʻgirdi.

Shoirning sheʼr va dostonlari rus, turkman, ukrain, belorus, tojik, qozoq va ozarbayjon tillariga tarjima qilingan.

Oʻzbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid hozir Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari hamda “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi Bosh muharriri lavozimlarida xizmat qiladi.

U 1999 yilda “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlangan. “Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur” dostoni uchun Bobur jamgʻarmasining Xalqaro mukofoti bilan taqdirlangan.

 

Iqbol mirzo



Iqbol Mirzo (Iqboljon Mirzaaliyev) 1967 yil 1 mayda Fargʻona viloyati Bagʻdod tumaniga qarashli Qoʻshtegirmon qishlogʻida ziyolilar oilasida tugʻilgan. 1974 yili tumandagi 19-oʻrta maktabga oʻqishga kirib, 1984 yili oltin medal bilan tamomlagan. Shu yili Fargʻona davlat pedagogika instituti (hozirgi FarDU)ning oʻzbek tili va adabiyoti fakultetiga oʻqishga kirgan. Talabalik yillarida harbiy xizmatni oʻtab qaytgan.

1992 yili Toshkentga kelib, “Oʻzbekiston tabiati” gazetasiga muxbir boʻlib ishga kirdi. Keyin “Vatan” haftanomasida boʻlim boshligʻi, masʼul kotib vazifalarida faoliyat koʻrsatdi. 1996 yildan Oʻzteleradiokompaniyada katta muharrir, direktor oʻrinbosari, studiya bosh muharriri boʻlib ishlagan. Ayni paytda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelyapti. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi ham Milliy estarada sanʼatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish kengashi raisi vazifalarida faoliyat olib boryapti.

Dastlabki sheʼrlari 1980 yildan boshlab poytaxt matbuotida chop etila boshlagan. 1993 yili “Yurakning shakli” toʻplami (“Kamalak” nashriyoti) eʼlon qilingan. Oʻsha yili “Koʻngil” (Choʻlpon nashriyoti), 1994 yili “Seni sogʻinaman” (Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti), 2000 yili “Meni eslaysanmi” (Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti), 2002 yilda “Tanlangan sheʼrlar” (Gʻ. Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti), 2004 yilda “Qoʻshiqlarim” (“Istiqlol” nashriyoti), “Seni bugun koʻrmasam boʻlmas” (“Istiqlol” nashriyoti), 2007 yilda “Sizni kuylayman” (“Sharq” NMAK), 2010 yilda “Agar jannat koʻkda boʻlsa…” (“Sharq” NMAK), 2014 yilda “Vatan haqida qoʻshiq” hamda “Aytgil, doʻstim, nima qildik Vatan uchun” (“Oʻzbekiston” NMIU), 2015 yilda “Seni bugun koʻrmasam boʻlmas” (Gʻafur gʻulom nomidagi NMIU) nomli kitoblari nashrdan chiqqan.

Iqbol Mirzo zamonaviy oʻzbek adabiyotining zabardast vakilidir. Uning sheʼrlari oʻziga xos nozik tuygʻular, milliy boʻyoqlar, oʻzbekona ohang va falsafa bilan yoʻgʻrilgan.

1999 yili “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. 2005 yili “Oʻzbekiston xalq shoiri” unvoniga sazovor boʻldi. Bir necha bor “Yilning eng yaxshi qoʻshigʻi” matni muallifi boʻlgan.

2009 yildan Senat aʼzosi.

2014 yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.
saviya.uz ni Telegram'da ham kuzatib bori

Mirzaaliyev, Iqboljon Mirzakarimovich — O‘zbekiston xalq shoiri, jamoat arbobi va 2010 yildan e’tiboran, O‘zbekiston Respublikasi senatori. Shuningdek, milliy estrada taraqqiyoti jamiyati uyushmasi raisi, “Assalom O‘zbekiston” teledasturi bosh muharriri, Yozuvchilar uyushmasi rais o‘rinbosari, mudofaa vazirligi huzuridagi jamiyat ittifoqi boshqaruvi raisi, mudofaa vazirligining harbiy maslahati a’zosi.

1967 yilning 1 may kuni tavallud topgan, oilada olti nafar farzandning beshinchisi (to‘rt o‘g‘il va ikki qiz). Otasi o‘qituvchi bo‘lib, bolalarining ta’limiga katta e’tibor bergan. She’riyatga qiziqishni tog‘asi, shoir Abdulla G‘ulom uyg’otgan.

Besh yoshida S.Yeseninning o‘zbek tiliga tarjima qilingan she’riy to‘plamini yod oladi. She’rlar yozishni 7 yoshdan boshlaydi va ma’lum vaqtdan so‘ng mahalliy gazetalar yosh shoirning she’rlarini chop etishni boshlashadi. U o‘z she’rlarida ozodlik, sevgi va tabiatni tasvirlagan. Iqbol Mirzo tahallusi ostida ijod qilgan.

1984 yil Farg‘ona davlat universitetiga o‘qishga kiradi va o‘qish yillari 1985-1987 yillar u Tomskda harbiy xizmatni o‘taydi. 1989 yil o‘qishni tamomlaydi.

1992 yil Toshkentga keladi va “O‘zbekiston tabiati” gazetasida jurnalist sifatida faoliyatini boshlaydi, keyinroq, “Vatan” haftaligiga muharrir etib tayinlanadi.

1993 yil uning ilk she’riy to‘plami “Yurakning shakli”, 1994 yil “Ko‘ngil”, “Seni sog‘inaman”, 2000 yil “Meni eslaysanmi”, 2002 yil “Tanlangan she’rlar”, 2004 yil “Qo‘shiqlarim” va “Seni bugun ko‘rmasam bo‘lmas”, 2008 yil “Sizni kuylayman” kabi to‘plamlari chop etiladi.

1996 yil O‘zteleradiokompaniyasi direktor o‘rinbosari lavozimini egallaydi.

Qilgan mehnatlari uchun 1999 yil “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan, shu yili ommabop tonggi teledastur “Assalom O‘zbekiston”ning bosh muharriri bo‘ladi.

2006 yil yozuvchilar uyushmasi rais o‘rinbosari etib tayinlangan.

2005 yil O‘zbekiston xalq shoiri bo‘lgan.

2010 yil Oliy Majlis senatori etib tayinlangan.

2012 yil Mudofaa vazirligi huzuridagi jamiyat ittifoqi boshqaruvi raisi.

2014 yildan Mudofaa vazirligi harbiy maslahati a’zosi.




Download 48,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish