Jamol Kamol 1938 yili Buxoro viloyati, Shofirkon tumanidagi Chikaron qishlogʻida, dehqon oilasida tavallud topdi. Ota-onadan erta ayrilgan Jamol togʻasi qoʻlida tarbiya koʻrdi



Download 48,3 Kb.
bet8/9
Sana31.12.2021
Hajmi48,3 Kb.
#199674
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jamol Kamol 1938 yili Buxoro viloyati

Manbalar


U 1950 yilda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug‘ilgan.

1972 yilda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. U dastavval jurnalist sifatida turli gazeta-jurnallar va nashriyotlarda hamda respublika radiosida ishlagan. Ma’lum vaqt Respublika Prezidenti Devonida Davlat maslahatchisi (yoshlar bo‘yicha) vazifasini ham bajargan. Hozirgi kunda adib, asosan, ijod bilan mashg‘ul.

Usmon Azim 1979 yilda chop etilgan «Insonni tushunish» ilk she’riy kitobi bilan adabiy jamoatchilikning e’tiborini qozongan.

Usmon Azim - O‘zbekiston xalq shoiri (2000) unvoni, shuningdek, yilning eng yaxshi she’riy asarlari nominatsiyasi bo‘yicha «Ofarin» mukofoti, Gruziyaning "V.Mayakovskiy" nomidagi Davlat mukofoti (1982) ga sazovor bo‘lgan.

Milliy teatrimiz sahnasida qo‘yilgan «Kunduzsiz kechalar» spektakli Andijonda bo‘lib o‘tgan xalqaro teatr festivalida «Eng yaxshi spektakl» degan mukofotga sazovor bo‘ldi.

Milliy teatrimiz sahnasida qo‘yilgan «Kunduzsiz kechalar» spektakli Andijonda bo‘lib o‘tgan xalqaro teatr festivalida «Eng yaxshi spektakl» degan mukofotga sazovor bo‘lgandan so‘ng uning «Holat» (1979), «Oqibat» (1980), «Ko‘zgu» (1983), «Surat parchalari (1985), «Dars» (1985), «Ikkinchi aprel» (1987), «Baxshiyona» (1989), «G‘aroyib ajdarho» (1990), «Uyg‘onish azobi» (1991), «G‘ussa» (1994), «Uzun tun» (1994), «Bor ekan-da, yo‘q ekan» (1995) she’riy va «Jodu» (2003) nasriy to‘plamlari bosildi.

Shoir 1995 yilda «Saylanma» she’riy kitobini nashr ettirdi. Bu kitob adabiyot jamoatchiligi tomonidan zo‘r qiziqish bilan kutib olindi va Usmon Azimning XX asr o‘zbek adabiyotining eng yorqin iste’dodlaridan biri ekanligi ayon bo‘ldi. 2001 yilda nashr etilgan «Kuz» she’riy kitobi esa she’riyatimizning so‘nggi yillardagi yuksakliklaridan biri deb baholanmoqda.

U yaratgan o‘nlab to‘plamlarga kirgan she’rlar, dostonlar yorqin tuyg‘ularga, ifodalarga boyligi, jo‘shqin va jozibadorligi, shiddatkor va da’vatkorligi, goh g‘amgin, goh beg‘ubor erkalovchi ohanglari bilan kitobxon qalbidan chuqur joy oladi.

Shu bilan birga hayotiyligi, o‘tkir dramatizmi va fojiaviyligi bilan o‘quvchini hayajonga soladi, uyqudagi tuyg‘ularini junbushga keltiradi. Usmon Azimning she’rlari frantsuz, nemis, ingliz, polyak, eston, gruzin, makedon, litva, turk, tojik, rus, qozoq, qirg‘iz va boshqa tillarga tarjima qilingan. O‘z navbatida, Usmon Azim Elyuar, Dog‘larja, Voznesenskiy, Vatsiyetis, Marsinkyavichus kabi o‘nlab shoirlarning ijodidan namunalarni o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Shoirning ko‘plab she’rlari taniqli hofiz va xonandalar tomonidan qo‘shiq qilib, ijro etiladi.

Ijodining ilk davrida radiodramaturgiyada («Baxtli bo‘laylik», «Hujjatli film uchun syujet», «Bahodir va malika» pesalari) o‘zini sinab ko‘rgan shoir, keyingi yillarda drama yoza boshladi. Uning «Kunduzsiz kechalar» (1998), «Alpomishning qaytishi» (2000), «Bir qadam yo‘l» (2002), «O‘tgan zamon hangomalari» (2003), «Adibning umri» (2005) dramalari sahnalashtirilgan.

«Alpomishning qaytishi» uchun muallif 1999 yilning «Eng yaxshi dramaturgi» deb e’tirof etildi. Shoir kino san’atida ham o‘z kuchini sinab ko‘rmoqda. «Sevgi» (1998) filmining stsenariysini o‘z hikoyasi asosida yozgan. Uning stsenariysi asosida ikki qismdan iborat «Alpomish» (2000) filmi suratga olindi. «Alpomish» dostonining kinotalqini uchun muallif Buxoroda o‘tkazilgan kinofestivalda maxsus mukofot oldi.

Mahmud toir

Mahmud Toir 1952 yil 31 avgustda Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi Parkent qishlogʻida tavallud topdi. Nizomiy nomidagi oʻrta maktabni bitirgach (1959–1969), Toshkent davlat universiteti filologiya fakultetining kechki boʻlimiga oʻqishga kirdi. Ayni paytda talabalar shaharchasidagi qurilish tashkilotida duradgor boʻlib ishladi.

Harbiy xizmatdan soʻng oʻqishni davom ettirdi. Respublika radiosining bolalar va oʻsmirlar uchun eshittirishlar bosh tahririyatida ishladi. “Parkent tongi” gazetasiga muharrir etib tayinlandi (1984). 1999 yildan eʼtiboran Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimini boshqarib keladi.

Shoirning birinchi sheʼri oʻrta maktabning 7-sinfida oʻqib yurgan kezlari “Tannoz kelur” nomi bilan Parkent tumani gazetasida eʼlon qilindi. “Ayt endi yuragim” nomli ilk toʻplami 1991 yilda Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etildi. Shundan soʻng shoirning “Biz nechun uchrashdik” (1992), “Muhabbat shevasi” (1995), “Oqib ketgan armonlar” (1996), “Barmoqlar bodasi” (1998), “Haqni tanib” (1999), “Yuz toʻrtlik” (2002) toʻplamlari, “Saylanma” (2002), “Ogoh boʻl, dunyo” (2005), “Otamning oʻkinchi” (2006), “Sheʼriy hikmat” (2008), “Yangi Toshkentnoma” (2012), “Bedorlarga bering dunyoni” (2012) majmualari nashr qilindi va oʻz samimiyati bilan oʻquvchilar eʼtiborini qozondi. Bir qator sheʼrlari respublikamizning taniqli xonandalari ijrosida kuylanib kelinmoqda.

Mahmud Toirning ijodi hukumatimiz tomonidan munosib taqdirlanib, unga 2001 yilda “Mehnat shuhrati” ordeni, 2005 yilda “Oʻzbekiston xalq shoiri” unvoni berilgan.

 

Shoir Mahmud Toirov 1952-yilning 31-avgustida Toshkent viloyatining Parkent qishlog’ida tavallud topgan. Mahmud Toirov 1959-yil Nizomiy nomidagi o’rta maktabga o’qishga kirib, uni 1969-yili tamomlaydi. Huddi shu yili Toshkent Davlat universiteti filologiya fakultetining kechki bo’limiga o’qishga kiradi. Ayni paytda talabalar shaharchasidagi qurilish tashkilotida duradgor bo’lib ishlaydi. Kechki bo’limda o’qigani bois, 1971-1973-yillarda harbiy xizmatda bo’ladi. 1973-yili xizmatdan qaytib o’qishni davom ettiradi. Sobiq “Yosh gvardiya” nashriyotida musahhih va musahhihlar bo’limi boshlig’i bo’lib ishlaydi. 1977-yili universitetni tugatib, Respublika radiosining bolalar va o’smirlar uchun eshittirishlar bosh tahririyatida mehnat faoliyatini davom ettiradi. 1984-yilda “Parkent tongi” gazetasiga muharrir etib tayinlanadi. 1999-yil iyun oyidan boshlab O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Toshkent viloyat bo’limining mas’ul kotibi lavozimida ham ishlab kelmoqda. Mahmud Toirovning birinchi she’ri o’rta maktabning 7-sinfida o’qib yurgan kezlari “Tannoz kelur” nomi bilan Parkent tumanining “Sur’at” gazetasida e’lon qilingan.  Ilk to’plami “Ayt endi, yuragim” esa 1991-yilda G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida chop etildi. Shundan so’ng shoirning “Biz nechun uchrashdik” (1992-yil), “Muhabbat shevasi” (1995-yil), “Oqib ketgan armonlar” (1996-yil), “ Barmoqlar bodasi” (1998-yil), “Haqni tanib” (1999-yil) kabi to’planma va saylanmalari nashr etilgan. Shoirning “Oqib ketgan armonlar” va “Otamning o’kinchi” nomli dostonlari o’z samimiyati bilan o’quvchilar e’tiborini qozongan. Mahmud Toirov she’rlari respublikamizning o’nlab taniqli xonandalari ijrosida kuylanib kelinmoqda. Mahmud Toirov ijodi, mehnat faoliyati munosib taqdirlandi. 2001-yilda “Mehnat shuhrati” ordeni bilan mukofotlandi. 2005-yilda unga “O’zbekiston xalq shoiri” unvoni berildi.



 "Qirq yoshimga qadar sobiq tuzum azobu uqubatlarini, g‘araz niyatu kirdikorlari­ni ko‘rganim uchun 1991 yil 31 ­avgust — Prezidentimiz tomonidan Mustaqillik e’lon qilingan kun shu Vatan farzandi sifatida faxru iftixorim boshlanishi bo‘l­di. Shundan buyon har onimda iftixor bor. Iftixor vujudimda quyoshdek balqib turibdi. Yetmish ikki tomirimda qonim bilan birga oqayapti. Yuraging erku saodatdan entikib ursa, xalqing tinch, elu yurting farovon bo‘lsa, diyoring kundan-kun yashnab, Vataning ravnaqi, davlating obro‘-e’tiborini, qudratini butun dunyo ahli e’tirof etib tursa faxrlanmay, iftixor qilmay bo‘ladimi?!

Mustaqillik — mening taqdirimda tillodek tovlanib turgan nur, ulug‘ imkoniyatlarga, qutlug‘ nazarlarga, she’riyat atalmish bo‘ston bag‘riga ochilgan eshik. Boisi mening birinchi she’riy to‘plamim aynan mustaqillikning ilk yili — 1991 yili chop etilgan. Tug‘ilgan kunim — 31 avgust Mustaqillik e’lon qi­lingan kunga to‘g‘ri kelishi ham taqdirimdagi saodatning sadosidir.

El-yurtimiz kelajagi haqi­da o‘ylaganda, beixtiyor Prezidentimizning «Mamlaka­timizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» yodimga tushadi. Chunki bu muhim hujjat ertangi taraqqi­yo­timizning dasturilamali. O‘zi­mizga xos, o‘zimizga mos taraqqiyot yo‘lidan og‘ishmay borayotganimiz uchun O‘zbekistonimiz mana-man degan davlatlar bilan bo‘y­lashmoqda. Ha, biz tinch va oso­yishta, go‘zal va farovon, baxtli-saodat­li yashashga munosib ­xalqmiz. Chunki biz o‘zimizga ra­vo ko‘r­gan barcha ezguliklarni o‘z­galarga ham ravo ko‘ramiz.

Mahmud Toirov 1952 yil 31 avgustda Toshkent viloyatining Parkent tumani, Parkent qishlog‘ida tug‘ilgan. O’zbekiston xalq shoiri (2005). ToshDUning filologiya fakultetini tugatgan (1977). Dastlabki she’riy to‘plami — «Ayt endi, yuragim» (1991). Shundan keyin shoirning «Biz nechun uchrashdik» (1992), «Muhabbat shevasi» (1995), «Oqib ketgan armonlar» (1996), «Barmoqlar bodasi» (1998), «Hakni tanib» (1999), «Yuzto‘rtlik», «Saylanma» (2002) kabi she’riy to‘plamlari nashr etilgan. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan (2001).


Tafakkur Tafakkur asarlari


Sirojiddin sayid

Sirojiddin Sayyid 1958 yilning 30 oktyabrida Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanidagi Kundajuvoz qishlogʻida tugʻildi. Bolalik chogʻlaridan boshlab matalgoʻylik, dostonxonlik muhitida, ertak va afsonalar olamida ulgʻaydi. Oybibi momosi, Saidumar amakisi, Islomiddin togʻasidan eshitgan xalq qoʻshiqlari, Abduvahob bobo, Vahob shoirning sheʼrlari, onasi Xolbibi Nasriddin qizi aytgan naqlu hikoyatlar uning shoirlik qismatida muhim oʻrin tutadi. Sirojiddin Sayyid ToshDU (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida (1974–1979) tahsil oldi. Izlanish va qizgʻin mutolaa yillariga aylangan talabalik davrining sinov va imtihonlari, taqlid va takrorlari, ayriliqlariyu hijronlari uning oʻz yoʻli va ovozini topishida, shaxs va shoir sifatida shakllanishida alohida ahamiyat kasb etdi.

“Xayrullaning komandasi” nomli ilk hikoyasi 1972 yilda – sakkizinchi sinfda oʻqib yurganida respublika bolalar gazetasida bosilgan edi. “Orzu” va “Istak” nomli birinchi sheʼrlari 1975 yilda “Toshkent universiteti”, undan soʻng “Sevgi” va “Orzu” nomli sheʼrlari “Sariosiyo haqiqati” gazetalarida chop etildi. “Ruhim xaritasi” nomli ilk kitobi 1985 yilda Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida bosilib chiqdi. Piyoz poʻstiday yupqa va koʻrimsiz, “iqtisod qilingan qogʻoz hisobiga bosilgan” bu toʻplam tez orada ancha “mashhur” boʻlib ketdi. Mustabid tuzum mafkurasi kitobchadagi sheʼrlarni gʻoyasizlikda aybladi. Shundan soʻng koʻp oʻtmay “Yoshlik” jurnalida bosilgan “Saksoninchi yillar” dostoni Sirojiddin Sayyidni shoir sifatida keng tanitdi.

Shundan keyin uning “Salqin xarsanglar kaftida” (1986), “Sevgi mamlakati” (1987), “Asragil” (1990), “Mehr qolur, muhabbat qolur” (badialar, maqolalar, 1992), “Kuydim” (1994), “Uyingdagi beshiklar” (1996), “Vatanni oʻrganish” (1996), “Egasi bor yurt” (2001), “Qaldirgʻochlarga ber ayvonlaringni” (2005), “Dil fasli” (2007), “Yashasin yomgʻirlar” (badialar, suhbatlar, adabiy maqolalar, 2007) “Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur” (doston, 2011), “Bugʻdoyboʻy Vatan” (sheʼrlar, badialar, maqolalar, 2011), “Ochil, ey gul, ki boʻston vaqti boʻldi” (2014) singari kitoblari bosilib chiqdi.

2008 yili “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati shoirning “Soʻz yoʻli” nomli ikki jildlik tanlangan asarlarini nashrdan chiqardi.

 Yurtim, menga zar kerakmas zarlaringdan,




Download 48,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish