VIII. Hakamlik
Hakamlarning vazifalari:
- Hakamlar “Munozara” bellashuvlariningtalab va qoidalaridan xabardor bo‘lishi shart;
- munozara mobaynida har bir notiqlarning nutqlarini diqqat bilan tinglashi va ularning kuchli va zaif tomonlarini aniqlab borishi;
- g‘olib jamoani aniqlashi va bellashuv yuzasidan chiqarilgan qarorni tushuntirishi;
- faqatgina nutq paytida aytib o‘tilgan dalil va misollarni, ularning soni va sifatini inobatga olishi;
- hakamlik bayoniga asosan notiqlarni baholashi;
- notiqlar nutqida xatoga yo‘l qo‘ygan vaziyatlarini aniqlab berishi;
- hakamlik bayonnomasini to‘g‘ri olib borishi;
- munozarada belgilangan reglament bajarilishini nazorat qilishilozim.
Shuningdek;
- noxolis yondashgan holda ma’lum bir jamoani himoya qilishi;
- munozara boshlanishidan oldin mavzuni muhokama qilishi va oldindan qaror qabul qilishi;
- qaror e’lon qilingandan so‘ng o‘z fikrini o‘zgartirish qat’iyan taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |