Жамоатчилик назорати ва давлат органлари фаолиятининг очиқлиги



Download 0,74 Mb.
bet1/3
Sana06.06.2022
Hajmi0,74 Mb.
#642520
  1   2   3
Bog'liq
targ’ibot FAN VA TALIM

Targ’ibot-tashviqot ishlarini rivojlanishida fan, ta`lim, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va axborot texnologiyalarining o`rni

  • Reja:
  • Fan va ta`lim tushunchalari
  • Targ’ibot-tashviqot ishlarini rivojlanishida fan va ta`lim.
  • Ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va axborot texnologiyalarining o`rni,
  • Fan va ta`limga oid targ`ibot-tashviqot ishlari,
  • Ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga oid targ`ibot-tashviqot ishlari.
  • Targ’ibot-tashviqot jarayonini tashkil etishdagi tashkiliy tamoyillar.
  • Fan yoki ilm-fan ilmiy metod bilan toʻplangan bilimlarning tartibli tizimidir.
  • FAN – dunyo xaqidagi bilimlar sistemasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri.
  • Fan yangi bilimlarni egallash bilan bogʻliq faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli — olamning ilmiy manzarasi asosini tashkil etuvchi bilimlarni ham oʻz ichiga oladi; inson bilimlarining ayrim sohalarini ifodalaydi.
  • Fanning bevosita maqsadi oʻzining o`rganish predmeti hisoblangan voqelikning qonunlarini kashf etish asosida shu voqelikning jarayon va hodisalarini taʼriflash, tushuntirish, oldindan aytib berishdir.
  • Fanning ilk kurtaklari kishilik jamiyatining paydo boʻlishi bilan boglik holda maydonga kelgan. Dastlabki bilimlar amaliy xarakterga ega boʻlgan. Tafakkur sistemasining kurtaklari mifologiya sifatida qadimgi Sharq va Yunonistonda paydo boʻla boshlagan.
  • Mifologiya Fanga oʻtish boʻsagʻasida maʼlum bosqich vazifasini bajargan.
  • Dunyoni bir butun, deb ifodalovchi tushunchalar, isbotlash usuli paydo boʻldi. Ellinizm davrida Yevklid, Arximed, Ptolemey tomonidan geometriya, mexanika, astronomiya sohasida dastlabki nazariy sistemalar yaratildi.
  • Oʻrta asrda Sharq olimlari Fanga ulkan hissa qoʻshdilar. Ular qad. fan yutuqlarini, ilmiy asarlarni saqlash, tarjima qilish va ularni tarqatish masalasiga katta eʼtibor berdilar.
  • Ayni vaqtda Fanni yangi yutuqlar bilan boyitdilar, yangi kashfiyotlar qildilar.
  • Oʻrta Osiyoning buyuk olimlari ilmfanning yangi tarmoqlarini yaratdilar va yangi qonun-qoidalarni kashf etdilar.
  • Muhammad al Xorazmiy tenglamalar haqidagi Fan sifatida algebra va toʻngʻich algoritmparni yaratdi, astronomiya sohasidagi bilimlarni algoritmik usulda ifodalab berdi.
  • Axmad al Fargʻoniy astronomiyaga sistema tarzini berdi, matematik geogr. va geodeziyaga oid stereografik proyeksiyalar nazariyasini yaratdi.
  • Hamid Xoʻjandiy (10-asr) kub tenglamalar nazariyasini chuqurlashtirdi.
  • Mahmud Koshgʻariy oʻz davrining qomusi boʻlgan "Devonu lugʻotit turk"ni yozdi.
  • Abu Rayhon Beruniy geodeziya, mineralogiya, farmakognoziyani yaratdi.
  • Abu Ali Ibn Sino tabobatning ilmiy zaminini qoʻydi (11-asr)
  • Ulugʻbek, Gʻiyosiddin Koshiy, Ali Qushchi sonlar nazariyasiga muhim hissa qoʻshdilar va kuzatish astronomiyasini yuqori pogʻonaga koʻtardilar (15-asr).
  • Yevropada Uygʻonish davri arafasida, 12-asr boshlaridan alXorazmiy, Ibn Sino, alKindiy, Ibn Rushd va boshqalarning asarlari lotin tiliga tarjima qilina boshladi. Leonardo da Vinchi, R.Bekon, T.Gobbs, N.Kopernik, J. Bruno, G.Galiley, I.Kepler, R.Dekart kabi olimlar tabiat haqidagi F.larni rivojlantirdilar. Astrologiya oʻrnini astronomiya, alkimyo oʻrnini kimyo egalladi.
  • Fan sohalari uch katta qismga ajratilib koʻrsatiladi:
  • Aniq fanlar;
  • Tabiiy fanlar;
  • Ijtimoiy fanlar.
  • Fan empirik yoʻl bilan olingan maʼlumotlarni (faktlarni) kuzatiladigan u yoki bu hodisani izohlash uchun tartiblaydi, bunday tartib gipoteza deyiladi. Gipoteza hodisani izohlash uchun yetarli boʻlsa hamda tegishli isbotlar bilan tasdiqlansa, u nazariyaga aylanadi.
  • Mustaqillik sharoiti O`zbekistonda Fanning rivojiga katta ijobiy taʼsir koʻrsatdi. Avvalo, Fanimiz strukturasi keskin oʻzgardi:
  • maʼnaviy fanlar hisoblanuvchi tasavvuf ilmi tiklandi, hadis bilimlariga yoʻl ochildi, binobarin, ziyolilarimiz, talabalarning ruhiy dunyosi ancha boyidi, yangi oliy oʻquv yurtlari, universitetlar tashkil qilindi; ilm ahli chet eldagi olimlar bilan mustahkam ijodiy aloqalar oʻrnatdi.
  • Buning natijasida tabiat va texnikatexnologiya haqidagi fanlarimiz xam jahon andozasi darajasiga koʻtarila boshladi. Olimlarimiz ilmfanning dolzarb sohalarida tadqiqotlar olib borishga kirishdilar.
  • Tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni matematik modellash, informatika va hisoblash texnikasi qamda ehtimollar nazariyasi sohasidagi, geologik jarayonlarning qonuniyatlarni, molekulyargenetik, genhujayra sohasidagi, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi, paxta seleksiyachiligidagi, moddalarning kompleks fizikaviykimyoviy xossalarini oʻrganish bilan bogʻliq, energiyaning noanʼanaviy turlarini yaratish — Quyosh energiyasini kompleks va samarali suratda boshqa turdagi energiyaga aylantirish borasidagi tadqiqotlar ana shular jumlasidandir.
  • Taʼlim - bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi.
  • Taʼlim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi.
  • Taʼlim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi.
  • Taʼlimning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy, madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi.
  • Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, taʼlim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida taʼlimning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib borgan.
  • Ta`lim haqida turli nazariyalar mavjud. Baʼzi nazariyalar ta`limni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishiga bogʻliq boʻlmagan hodisa sifatida baholasalar, baʼzisi ta`limning sinfiy xarakterga ega ekanligini, u jamiyatning har bir aʼzosida muayyan siyosiy, falsafiy, axloqiy, huquqiy qarashlarni shakllantirish maqsadi sari karatilganligini taʼkidlaydi.
  • Ta`limning maqsadi obʼyektiv hayot talablariga muvofiq holda oʻzgarib borgani kabi, ta`limning xarakteri, yoʻnalishi ham uning maqsadiga muvofiq oʻzgarib boradi.
  • Ta`lim dialektik tarzda taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatlar jarayonidir. Ta`lim bilish qobiliyatlari, his-tuygʻular, idrok, shaxsni tarkib toptiruvchi kuchli omildir.
  • Ta`lim jamiyat qurilishining muhim muammolarini hal qilish — jamiyatning moddiy-texnika bazasini yaratish, ijtimoiy munosabatlarni tarkib toptirish, yangi kishini tarbiyalashga yordam beradi.
  • Ta`lim mazmuni uning maqsadiga muvofiq, ijtimoiy shart-sharoit, fan va texnika, sanʼat holati va shu kabini hisobga olgan holda belgilanadi.
  • Ta`lim mazmuni oʻquv reja va dasturlari, darslik va boshqalarda yoritiladi.
  • Ta`limda qoʻyilgan maqsadga erishish uchun turli metod, vosita, tashkiliy tizim va shakllar (maʼruza, suqbat, tajribalar oʻtkazish, koʻrgazmali qurollarni qoʻllash, kuzatish, mashq va shu kabi)dan foydalaniladi. Oʻquv jarayonida texnik vositalar (kino, televideniye, radio, kompyuter, EHM va boshqalar)ni keng qoʻllash ta`lim metodini ishlab chiqishga katta taʼsir koʻrsatadi.
  • Ta`limni tashkil etishning umumiy taʼlim, alohida (individual) taʼlim, tashkiliy taʼlim, sinfdars taʼlimi, kurs tizimi taʼlimi va boshqa turlari mavjud.
  • Hozirgi sharoitda ijtimoiy talablar, oʻquvchilarning imkoniyati va ehtiyojlariga muvofiq ta`lim tobora takomillashtirilib, yangi metod va shakllari ishlab chiqilmoqda.
  • Xususan, ta`limning keng umumiy maʼlumot asosida kasbiy ixtisoslashishning ahamiyati tobora oshmoqda, ommaviy kommunikatsiya vositalari — radio, televideniye, kino, kompyuter, vaqtli matbuotdan, shuningdek, oʻz ustida ishlashning turli shakllaridan foydalanilmoqda.
  • Mustaqillik yillarida mamlakatimizda jamiyat hayotining ma’naviy-ma’rifiy asoslarini mustahkamlash, milliy g‘oyaning asosiy tushuncha va tamoyillarini hayotga joriy etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik va mas’uliyat hissini oshirish, yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga yo‘naltirilgan targ‘ibot tizimi shakllandi. Bu jarayonda Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, uning joylardagi tuzilmalari hamda Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etish lozim.
  • Bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi tahdid va xatarlar tobora ko‘payib bormoqda. Bunday murakkab va tahlikali vaziyat sohada amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy baholab, uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda.
  • Xususan, oila, mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar tarbiyasi, chekka hududlar va mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan maqsadli g‘oyaviy-tarbiyaviy ishlarning yuzaki tarzda olib borilayotgani, jinoyatchilik, diniy ekstremizm va terroristik harakatlarga adashib qo‘shilib qolish, milliy qadriyatlarga e’tiborsizlik, erta turmush qurish, oilaviy ajralishlar kabi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlarining aksariyat hollarda kutilgan natijani bermayotgani bu masalalarga jiddiy e’tiborni talab etmoqda.
  • Mamlakatimizda qabul qilingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida eng avvalo, davlat boshqaruvi organlarining quyi bo‘g‘inlari faoliyatini tubdan yaxshilash, ularning xalq bilan muloqot qilishini ta’minlash, bu borada samarali ijtimoiy hamkorlik mexanizmini mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‘yilgan.
  • Ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga oid targ`ibot-tashviqot ishlari .
  • Jarayon- bu biror yo`nalishga ega harakat, faoliyatdir
  • Ijtimoiy jarayonlar madaniyat va ijtimoiy tashkilotlarning o'zgarishi yoki saqlanishining turli xil usullarini qamrab oladi. Ular jamiyat yoki ijtimoiy institut ichidagi izchil tarixiy o'zgarishlar, odamlar o`rtasidagi ijtimoiy o'zaro munosabatlarning o'ziga xos usullari.
  • Ijtimoiy o'zaro ta'sirlar odamlar o`rtasidagi ijtimoiy munosabatlarda muhim ahamiyatga ega.
  • Ijtimoiy o'zaro ta'sirlar bu o'zaro aloqalar bo'lib, ular nafaqat o'zaro aloqada bo'lgan shaxslarga, balki munosabatlar sifatiga ham ta'sir qiladi.
  • Ijtimoiy o'zaro ta'sirlar har qanday turdagi ijtimoiy munosabatlarni anglatadi; guruhlar yoki shaxslar o'rtasida mavjud bo'lgan dinamik ijtimoiy munosabatlarni qamrab oladi.
  • Ijtimoiy o'zaro ta'sirlar - bu ikki yoki undan ortiq odam o'rtasidagi umumiy jarayonlar bo'lib, unda muhim aloqa o'rnatiladi va natijada ularning xatti-harakatlari o'zgartiriladi yoki o'zgartiriladi. Odamlar va ularning munosabatlari ishtirok etganda, jarayon ijtimoiy bo'ladi.
  • Ijtimoiy-siyosiy jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganishda ko‘p omilli progress va regression tahlildan foydalanish hamda bu borada yuzaga kelayotgan muammolarni atroflicha muhokama qilish.
  • Jamiyat ijtimoiy guruhlar, qatlamlar, individlar, tabaqalar, sinflar birlashuvidan, jipslashuvidan tarkib topar ekan, uni boshqarish uchun ma’lum siyosatni olib borishni taqozo etadi. Chunki ma’lum tanlab olingan siyosatni yurgizish orqali ijtimoiy subyekt hisoblangan davlatda ijtimoiy tartib, barqarorlik, ijtimoiy bahamjihatlik, tinchlik, adolat kabi qoida-qonunlar o’rnatiladi.
  • Siyosat tushunchasi bir butun ijtimoiy hayotning obyektiv rivojlanish qonuniyatlarini o’zida aks ettiradi. Bunda jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida sodir bo’layotgan barcha voqea-hodisalarni qamrab olishi ko’zda tutiladi. Chunki mazkur sohalarda yuz berayotgan voqea-hodisalar ma’lum siyosiy yo’nalish, tahlil qilish bilan bog’liq ekanligini ijtimoiy hayot taqozo etadi.
  • Siyosat quyidagi funksiyalarni bajaradi:
  • 1. Jamiyatdagi hamma guruh va tabaqalarning asosiy manfaatlarini hokimiyat nuqtayi-nazardan himoya qiladi;
  • 2. Siyosat fuqarolar va davlat o’rtasidan vujudga kelgan ziddiyatlarni mu’tadillash, sivilizatsion yo’l bilan hal etishni bajaradi;
  • 3. Siyosat aqolining u yoki bu qatlami yoki butun ijtimoiy hayot manfaatini kuzlab siyosiy va ijtimoiy jarayonlarini boshqarish kerak;
  • 4. Siyosat ijtimoiy sistemaning butunligini, barqarorligini va jamoat tartibini saqlash funksiyasini bajaradi;
  • 5. Siyosat shaxsning ijtimoiylashuv muhitini yaratadi va murakkab ijtimoiy munosabatlar dunyosiga uni olib kiradi. Shunday ekan, inson siyosat orqali ijtimoiy sifatlarni o’zida shakllantiradi;
  • 6. Siyosat guruhlar manfaati va fuqarolarning individual ehtiyojlarini qondirish imkonini yaratib, ijtimoiy hayotda vorisiylikni vujudga keltirishi lozim.
  • Siyosat shunday ko’p qirrali va keng faoliyat hisoblanadiki, u jamiyatning barcha sohalariga u yoki bu darajada ta’sir ko’rsatadi. Uning asosiy yo’nalishlariga quyidagilar kiradi:
  • a) ijtimoiy siyosat; b) iqtisodiy siyosat; v) milliy siyosat; g) huquqiy siyosat; d) madaniy sohadagi siyosat; ye) demografik siyosat; j) ekologik siyosat.
  • Axborot texnologiyalari maʼlumotlarni boshqarish va qayta ishlash texnologiyalaridir. Odatda bu atama ostida kompyuter texnologiyalari tushuniladi. Axborot texnologiyalari sohasida turli axborotni EHM va kompyuter tarmoqlari orqali yigʻish, saqlash, himoyalash, qayta ishlash, uzatish kabi amallar ustida ishlar olib boriladi.
  • Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari – telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo’llaniladi.
  • Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo'lsa-da, xozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o'ziga xos xususiyati shundaki, sivilizatsiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xomashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida yetakchi o'rinni egallamoqda.
  • Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan boglik faoliyat soxalari tashkil kiladi.
  • Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda "saqlovchi, ratsionallashtiruvchi, yaratuvchi" turlarga ajratish mumkin.
  • Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Ratsionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mexmonxona xisob-kitoblari tizimlari misol bo’ladi.
  • Yaratuvchi (ijodiy) axborot taxnologiyalari axborotni ishlab chiqaradigan, undan foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o'z ichiga oladigan tizimlardan iborat.
  • Axborot texnologiyalarining xozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha soxalarini axborotlashtirish zarurligini ko’rsatmoqda. 
  • Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan-taxnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatidafoydalanish tushuniladi. Darxaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish—inson xayotining barcha jabxalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan boglik ob’ektiv jarayon xisoblanadi. 
  • Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini 5 asosiy yo`nalishga ajratish mumkin:
  • Mehnat, texnologik va ishlab chiqarish jarayoni vositalarini kompleks avtomatlashtirish.
  • Ilmiy tadqiqotlar, loyixalash va ishlab chiqarish axborotlashtirish.
  • Tashkiliy- iqtisodiy boshqarishni avtomatlashtirish.
  • Axoliga xizmat ko’rsatish soxasini axborotlashtirish.
  • Talim va kadrlar tayerlash jarayonini axborotlashtirish.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish