Sinf rahbari: S.Raxmonova
26-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4- “D” sinf rahbarining
Yanvar oyi davomida olib borilgan ishlari
H I S O B O T I
1-bandi bo`yicha: O‘quvchilarining qishki ta’til kunlari hamda “Yangi yil bayrami” tadbirini mazmunli tashkil etildi.
2-bandi bo`yicha: 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Harbiy vatanparvarlik oyligi” doirasida “Ajdodlar qahramonligi yoshlarga ibrat”, “Mamlakatimiz qurolli kuchlari – tinchlik va osoyishtaligimiz garovi”, “Buyuk sarkardalar hayotidan” mavzularida ma’ruza, davra suhbatlari, muloqot va uchrashuvlar turkumini tashkil etildi.
Tomirida milliy g‘urur jo‘sh urmagan, Vatanga muhabbati bo‘lmagan odamdan jasorat kutib bo‘lmaydi. Bu g‘urur, vatanparvarlik qachon paydo bo‘ladi? Harbiy xizmatni o‘taganda, albatta. Qolaversa, milliy armiya safida chinakam er yigitlar, mard o‘g‘lonlar xizmat qiladi. Aslida Vatanimiz tinchligini asrash nafaqat harbiylarimiz, mard o‘g‘lonlarimiz, balki barchamizning muqaddas burchimiz. Har yili 14-yanvar yurtimizda Vatan himoyachilari kuni sifatida keng nishonlanadi.
Xalq ta’limi tizimidagi ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, yosh avlod qalbida ogohlik tuyg‘ularini mustahkamlash, Qurolli Kuchlarimiz mamlakatimiz sarhadlari xavfsizligining ishonchli garovi ekanligi hamda mudofaa salohiyatini kuchaytirish va harbiy xizmatning nufuzini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish maqsadida quyidagilar tavsiya etiladi:
— Xalq ta’limi vazirligining 2017-yil 9-dekabrdagi «Xalq ta’limi tizimida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi 377-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash;
— ta’lim muassasalarida 2017-yil 15- dekabrdan 2018-yil 15-yanvarga qadar «Harbiy vatanparvarlik oyligi»ni e’lon qilish, oylik davomida ommaviy vatanparvarlik tadbirlarini va yanvar oyida «Tarix» va «Davlat va huquq asoslari» fanlari oyligi davomida o‘tkaziladigan tadbirlarda ajdodlarimizning buyuk merosini e’zozlash, qadriyat va urf-odatlarga hurmat, o‘quvchilarning huquqiy bilimlarini mustahkamlashga e’tibor qaratish;
— ta’lim muassasalarida Vatan himoyachilari kunini munosib kutib olish maqsadida o‘qituvchilardan iborat targ‘ibotchilar guruhini tuzish va ular ishtirokida «Ertalabki saflanish», «Tarbiyaviy soat» va «Ma’naviyat kuni»da «Men Vatanimga tayanchman» shiori ostida «Mardlik va jasorat» darslarini tashkil etish;
— ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ongida Vatanga muhabbat, mamlakat Qurolli Kuchlaridan faxrlanish, harbiylik kasbiga hurmat tuyg‘ularini kuchaytirish maqsadida harbiy xizmatchilar, Ikkinchi jahon urushi va Qurolli Kuchlar veteranlari ishtirokida «Avlodlar uchrashuvi», «E’zoz», «Ehtirom» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish;
— tadbirlar mazmunida mamlakatimiz mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati, samaralari, harbiy xizmatchilar hayoti, ularga yaratilayotgan shart-sharoitlar aks etishi;
— o‘quvchi-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiylik kasbiga yo‘naltirish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil etilishi va rivojlanish tarixi bilan tanishtirish maqsadida o‘quvchilarning harbiy qismlar, oliy harbiy ta’lim muassasalari, serjantlar tayyorlash maktablariga ekskursiyalarini uyushtirish;
Do'stlaringiz bilan baham: |