Sinf rahbari: S.Raxmonova
26-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4- “D” sinf rahbarining
oktabr oyi davomida olib borilgan ishlari
H I S O B O T I
1-bandi bo`yicha: O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yilligi bayrami doirasida “Aziz va yagonasan, mustaqil O’zbekistonim!” shiori ostida “Bilimlar kuni” tadbirini o‘tkazishda sinf o‘quvchilari bilan faol ishtirok etildi.
2-bandi bo`yicha: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunni qabul qilingan kuniga bag‘ishlangan “Ona tilim - jonu dilim” mavzusida davra suhbati va uchrashuv tashkil etildi.
3-bandi bo`yicha: Xalqaro kutubxonalar kuniga bag‘ishlangan “Kitobdan olgan taassurotim” mavzusida suhbat o‘tkazildi.
MAKTAB MIQYOSIDA DOIMIY OLIB BORILADIGAN ISHLAR BO`YICHA:
- O‘quvchilarga Davlat ramzlariga hurmat, qonunlarga itoatkorlik, yurtimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, ayniqsa ta’lim tizimidagi islohotlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning mazmun-mohiyatini singdirish borildi.
- Maktabda qolaversa ko‘cha-kuyda o‘quvchilar tomonidan ta’qiqlangan buyumlar (pichoq, xanjar, pakki, bita, dubinka, bigiz, kastet, o‘yin kartasi hamda o‘quvchilarning hayoti, sog‘ligiga ta’sir etuvchi kimyoviy va pirotexnik moddalar, maxsus sachratguvchi gaz, elektr toki o‘tkazuvchi jihozlar, ma’naviyati va hulqiga havf solishi mumkin bo‘lgan boshqa predmetlar)ni olib yurilishi mumkin emasligi haqida doimiy tushuntirish ishlarini olib borilmoqda.
- O‘quvchilarning olgan bilimlarini mustahkamlash maqsadida “Ochiq dars” mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda.
- Ijtimoiy muhofazaga muxtoj va yakka tartibda ta’lim olayotgan o‘quvchilarga e’tiborni kuchaytirish, ularning bilim saviyasini nazoratga olindi, shuningdek, nafaqadagi pedagog xodimlar hamda qarovsiz yolg‘iz qariyalar xolidan xabar olish, uy yumushlarida ko‘maklashilmoqda.
- Har bir o‘quvchini fan va qiziqishlari bo‘yicha to‘garaklarga to‘liq jalb etish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, oyda bitta badiiy kitob o‘qishi, sportning biror turi bilan shug‘ullanishi va oilaviy madaniyat maskanlariga tashriflari bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish, monitoring yuritish, olgan taassurotlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘rtasida davra suhbatlari tashkil etildi.
- Qobiliyatli va iste’dodli o‘quvchilar haqidagi ma’lumot bazasini shakllantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish va rag‘batlantirish maqsadida o‘quvchilarning ota-onalari nomiga “Minnatdorchilik” xatini yuborishni tizimli amalga oshirildi.
- Hafta kunlarini nomlanishi tartibi asosida ishlar tashkil etildi, jumladan, dushanba kuni – “Iqtisodiy bilimlar kuni”; seshanba kuni – “Sport va sog‘lomlashtirish kuni”; chorshanba kuni– “Huquqiy savodxonlikni oshirish kuni”; payshanba kuni–“Ota-onalar kuni”; juma kuni–“Ma’naviyat kuni”; shanba kuni– “Ozodalik kuni” borasida ishlar tashkil etildi.
- O‘quvchilar davomatini ayniqsa, maktabning ichki hamda ichki ishlar profilaktika nazoratiga olingan o‘quvchilarning nazorat qilish, sababsiz dars qoldiradigan o‘quvchilar bilan yaqindan ishlash, darsga kelmaslik sabablarini o‘rganib, ularga ularga faol o‘quvchi, to‘garak rahbari, mahalla faoli va profilaktika inspektorini biriktirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, tadbirlarga keng jalb etish, yakka tartibda ishlash, qo‘llab-quvvatlash, monitoring yuritish, “Davomat” va “O‘quvchi” reydlarida faol ishtirok etish va hafta yakunida maktab rahbariyatiga ma’lumot kiritildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |