Xalqaro jamoat birlashmalari deyilganda - o`z ustaviga va O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq O`zbekiston hududida hamda bitta yoki undan ko`proq chet el davlati hududida faoliyat olib borishi mumkin bo`lgan jamoat birlashmalari tushuniladi.
Chet elda tuzilgan va faoliyat ko`rsatayotgan xalqaro jamoat birlashmasining O`zbekiston Respublikasi hududidagi vakolatxona yoki filiali ham xalqaro jamoat birlashmasi hisoblanadi.
Respublika jamoat birlashmalariga o`z ustavida belgilangan maqsad va vazifalarini butun O`zbekiston Respublikasi hududida amalga oshiradigan jamoat birlashmalari tushuniladi.