Ключевое слово: Спорт, популяризация, физкультура, легкая атлетика, здоровый образ жизни, бег, прыжки, метания, массовый спорт, молодежный спорт.
Key word: Sports, popularization, physical education, athletics, wellness, running, jump, throw, mass sports, youth sporti.
Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yurtimiz vakillarining Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari va chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, dunyoda O‘zbekistonning obro‘-e’tibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo etilayotgani, o‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida uch bosqichdan iborat “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport o‘yinlari ommalashib borayotgani ayniqsa e’tiborlidir.
Shu bilan birga, mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalar turibdi.1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida amalga oshirishga oid belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash, shuningdek jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro standartlarga muvofiq kompleks bilimlarga ega malakali kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash, sportda ilm-fanni jadal rivojlantirish, yuqori malakali raqobatbardosh trener-o‘qituvchilar, mutaxassislar hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash jarayonlarini yanada takomillashtirish bugungi kunning dolzarb mavzularidan biridir.2
Hozirgi zamon taraqqiyoti, bir tomondan, insoniyat turmushini yaxshilamoqda, ikkinchi tomondan esa, insonni tabiatdan yiroqlashtirm oqda. Insonning harakat faolligi susaydi, bu esa noqulay ekologik vaziyat tufayli inson organizmiga katta zarar keltirm oqda. Harakat faolligining pasayishi - bu insonning sermahsul faoliyat yuritishi uchun to‘siq bo‘luvchi ko‘pgÍna salbiy omillardan biridir. Yengil atletika insonning har tomonlama rivojlanishiga yordam beruvchi eng ommaviy sport turidir, chunki u hayotiy muhim va keng tarqalgan harakatlarni (yurish, yugurish, sakrashlar, uloqtirishlarni) birlashtiradi. Yengil atletika bilan muntazam shug‘ullanish kuch, tezkorlik, chidamlilik va inson uchun kundalik turmushda zarur bo‘ladigan boshqa sifatlarni rivojlantiradi. Hozirgi vaqtda o‘zbek xalqining o‘z-o‘zini anglash tuyg‘usi avj olganligi, milliy va madaniy qadriyatlar tiklanayotganligi, aholining ko‘p tabaqasi tomonidan urf-odatlar va marosimlar amalga oshirilishi munosabati bilan jismoniy tarbiyaga, xususan, yengil atletika mashg‘ulotlariga zamon talabi va milliy an’analar ruhida yondashish zarur. Yengil atletika yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va ko‘pkurashni o‘ziga biriktiruvchi asosiy sport turlaridan hisoblanadi. Yengil atletika bo‘yicha mashg‘ulotlar imkon qadar ochiq havoda o‘tkazilishi lozim. Ular organizm ning hamma tizimlariga yaxshi ta ’sir ko'rsatib, sogliqni mustahkamlaydi, kuch, tezkorlik, chidam lilik, m oslashuvchanlik egiluvchanlik kabi jism o n iy sifatlarni har tom onlam a rivojlantiradi, yugurish, sakrash va uloqtirish bo‘yicha amaliy ko‘nikm a va m alakalarni m ustahkamlydi. Yugurish, sakrash va uloqtirishlarning ayrim turlari yengil atletika ham da boshqa ko'pgina sport turlarida mashqlarning ajralmas qismi hisoblanadi. Yugurishlar: tekis yugirish, g‘ovlar osha, to siqlar osha, stadion yo‘lkalarida va joylarda yugurish (kross)lar, estafetali hamda sog‘Iomlashtirish turlariga boMinadi. Sakrashlar (uzunlikka, balandlikka, uch hatlab sakrash va langarcho‘pga tayanib sakrash), uloqtirishlar (bosqon, granata, nayza va yadro) tezlik-kuch, chaqqonlik, egiluvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi, ko‘pkurash (yugurish, uloqtirish va sakrash bo yicha yengil atletika mashqlari) har tom onlam a jism oniy sifatlarning o ‘sishini ta ’minlaydi ham da keng koMamdagi malakalarni egallashni talab etadi. Yengil atletikada dars (mashg‘ulot) mashg'ulotning asosiy mazmunini tashkil etadi. Yengil atletika mashg‘uIotlari joylarda, manejlarda, sport zallarida va stadionlarda o‘tkazi!adi. H am m a holatlarda ham xavfsizlik qoidalariga amal qilish shart (asosan uloqtirish va sakrash mashg‘ulotlarida). Yengil atletikachining kiyimi mayka, trusik va mashg‘u!ot kostyumidan iborat bo‘lishi shart. Sovuq vaqtda ochiq havoda o4kaziladigan mashg‘uIotlarpaytida issiq m ashg‘ulot kostyumini kiyish kerak. Yengil atletikachilaming maxsus oyoq kiyimi — tishli sport poyabzali kiyiladi. Yugurish, sakrash va uloqtirishlar maxsus m o‘ljallangan sektorlarda o ‘tkaziladi. Aynan shu m asalalar ushbu darslikda batafsil bayon qilingan bo‘lib, muallif uni tayyorlashda asosan jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining zamonaviy yutuqlaridan, yengil atletika sohasidagi ilmiy tadqiqot materiallaridan va maktablarda ko‘p yillik pedagogik va murabbiylik faoliyatidan, tajribalaridan keng foydalangan. Hozirgi zamon yengil atletika sporti qoidalari boshqa m am lakatlarga nisbatan Angliyada oldinroq am al qila boshladi. 1837 yili bu yerda 2 km ga yaqin masofaga yugurish b o ‘yicha Regbi shahri kolleji o ‘quvchilarining dastlabki m usobaqalari o ‘tkazildi. K o‘p vaqt o ‘tm asdan boshqa shaharlarning kollej o ‘quvchilari ham ularning tashabbusiga q o ‘shildilar. Shundan keyingi m usobaqalar dasturiga qisqa m asofaga yugurish, g ‘ovlar osha yugurish va og‘ir narsalarni uloqtirish kiritilgan b o ls a , 1851 yiidan boshlab musobaqalar dasturiga yugurib kelib balandlikka va uzunlikka sakrash turlari kiritiidi.
Hozirgi vaqtda o’zbek xalqining o’z-o’zini anglash tuyg’usi avj olganligi, milliy va madaniy qadriyatlar tiklanayotganligi, aholining ko’p tabaqasi tomonidan urf-odatlar va marosimlar amalga oshirilishi munosobati bilan jismoniy tarbiyaga, xususan, yengil atletikaga zamon talabi va milliy an’analar ruhida bilim berish va tarbiyalashga asoslanib yondashish zarur. Chunki, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning jismoniy sog’lom avlodga qaratayotgan e’tibor va ma’naviy sog’lom yosh avlodni voyaga etkazish, yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzi va sportga intilishni kuchaytirishni, bu ishlarning g’oyat muhim sharti sifatida bolalar ommaviy sportini rivojlantirishni ko’zda tutdi. Bunda yengil atletikaning ulushi juda ulkandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |